Provayder (ing. Provider) — kompyuterlarni internet tarmogʻiga ulash va axborotlar almashinishni tashkil qilish bilan shugʻullanadigan vositachi tashkilot. Internet axborotlari isteʼmolchilari soni koʻpaygan sari P.lar xizmatiga ehtiyoj ham ortib bordi. Telefon aloqadan tashqari optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali internet bilan bogʻlanish mumkin boʻldi.

. Oʻzbekistonda internet bilan ulanishga doir axborot xizmatlari (P.lar) 1997-yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab, Naytov (http:// www.naytov.com), Istlink (http:// www.eastlink.uz) va boshqa koʻplab provayd-kompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekiston Respublikasining deyarli barcha hududlarida xalqaro internet tarmogʻiga ulanish OʻzPAK Davlat kompaniyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Oʻzbekistonda 50 dan optik, internet P.lar roʻyxatga olingan (2004). Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir.