Hozirgi kunda «Termin» so’zi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» so’zlari ham ayni ma’noda qo’llanmoqda.Ular «Termin» so’zining hozirgi ma’nosini to’liq ifoda eta olmaydi. «Atama» so’zi keng ma’noda bo’lib, geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qo’llanadi. «Istiloh» so’zini esa termin ma’nosida tarixiy mavzulardagi matnlar (masalan, adabiyot, tarixi, Sharq falsafasi
va boshqalar)da bemalol qo’llash mumkin.
Demak, “atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Shu ma’noda kasb-hunarga oid so’zlar atamalardan farqlanadi. Bu haqda quyiroqda to’xtalamiz.
Topshiriq. Maqollar juftligini o’qing. Ularning bir- birini inkor etishi yuzasidan “Fikrlar jangi” ni tashkil qiling va davom ettiring.
1. Gap bilan kerilma, ish bilan keril.--- Ish bilganga bir tanga, gap bilganga ming tanga.
2. Tekin bo’lsa, mix yut. --- Tekin tomoq tish sindirar.
3. Har kim boshiga yog’gan qorni o’zi kuraydi.--- Ko’pdan quyon qochib qutulmas.
Masalan, quloq, burun, tomoq — anatomiya vatibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdo’zlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha terminlari bo’lishi bilan birga umumxalq tilida faol qo’llanadi. Sodda terminlar - tarkibida so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar bor-yo‘qligiga qaramay, yolg‘iz bir o‘zakdan yoki negizdan paydo bo‘lgan, birgina lug‘aviy ma’noli qism bo‘lgan so‘z hisoblanadi. Masalan: qo‘shin, shtab,(harbiy); panjara, yog‘och (yog‘ochsozlik); voris, guvoh (yuridik).
Topshiriq. Hudud, galofitlar, psixrometr, qum tosh, tabiiy resurslar, tayfun, lakkolit so’zlari ishtirokida matn tuzing.
Hudud- yer, maydon
Galofitlar- ( yunoncha hals- tuz va phyton- o’simlik) – sho’rlangan tuproqlarda o’sadigan o’simliklar, asosan, sho’radoshlar oilasiga mansub turlar.
Psixrometr- ( yunoncha psychros- sovuq, metreo- o’lchayman ) – havo namligini o’lchanadigan asbob.
Tayfun- ( xitoycha tayfin- katta shamol) – uzoq Sharqda tropik quyunlarda ro’y beradigan dovullar.
Lakkolit- ( lotincha lakkos- chuqurlik, litos- tosh, ya’ni chuqurdagi tosh ) – uncha chuqur bo’lmagan yer qatlamlar orasida qotib qolgan magmatik tog’ jinslari.