Termiz davlat pedagogika instituti magistranti Salimova Norbodom Muxtorxon qizining 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi bo’yicha ,,Ona tili va oʻqish savodxonlik darslarini takomillashtirishda Orfografik mashqlar oʻtkazish ʼʼ mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyasiga T A Q R I Z Jahonda o’quvchilarning iqtisodiy bilimlarini shakllantirish va rivojlantirish bilan bog’liqlikda o’qitishning samarali mexanizmlari o’quv jarayoniga tadbiq etilmoqda. Janubiy Koreyada “Incheon” deklaratsiyasida qabul qilingan 2030 yilgacha mo’ljallangan ta’lim kontseptsiyasida “ta’lim taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlariga yetkazuvchi muhim faoliyati” sifatida belgilangan. Bu esa sifatli ta’lim berish, o’zlashtirish natijalarini, baholash usullarini takomillashtirish va o’quvchilar intellektual darajasini rivojlantirishning samarali usullaridan, interfaol ta’lim metodlaridan keng foydalanishga bo’lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda. Bu esa, boshlang’ich sinf o’quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantiruvchi ta’lim jarayonini tashkil etishga yo’naltirilgan metodik tizimni yaratish zaruriyatini izohlaydi.
Respublikamizda umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarining erkin, mustaqil fikrlash, atrofdagi voqelikka ongli munosabatda bo’lish, daxldorlik va ijtimoiy faollik kabi sifatlarini shakllantirish, iqtisodiy tafakkuri va tasavvuri shakllangan o’quvchilarni kamol toptirishning moddiy-texnik bazasi yaratilgan. Bunda “yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirish” masalasi muhim vazifalar sifatida belgilangan. Bunda o’quvchining intellektual sifatlarini rivojlantirish, ta’lim va tarbiya resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan magistrant Salimova Norbodom Muxtorxon qizining ,,Ona tili va oʻqish savodxonlik darslarini takomillashtirishda Orfografik mashqlar oʻtkazish ʼʼmavzusidagi 70110501-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistr darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Dissertatsiya kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, ob’ekti va predmeti aniqlangan, tadqqotning ilmiy yangiligi, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar keltirilgan.