1-Ma’ruza: Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming maqsadi, vazifalari, ta'lim- tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ulaming amaliy va ekologik yo‘nalishi



Yüklə 25,45 Kb.
səhifə1/9
tarix16.05.2023
ölçüsü25,45 Kb.
#114033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Ma’ruza Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming maqsadi


1-Ma’ruza: Tabiatshunoslikdan sinfdan tashqari mashg‘ulotlaming maqsadi, vazifalari, ta'lim- tarbiya jarayonidagi ahamiyati, ulaming amaliy va ekologik yo‘nalishi. Tabiatshunoslik to‘garaklarning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmuni va mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi. 3 sinf Tabiatshunoslik» darsligi bilan tanishish va tahlil
REJA:

  1. Tabiatshunoslikka doir sinfdan tashqari mashg’ulotlar mazmuni.

  2. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish.

  3. Individual ishlar va guruh mashg'ulotlari

  4. Ommaviy mashg’ulotlar va klub ishlarining mazmuni


Tabiatshunoslikka doir sinfdan tashqari mashg’ulotlar mazmuni. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish, o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilmaxil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslarni takrorlamasUgi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e'tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi va o'quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko'cha va maktabni ko'kalamzorlashtirish, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblarni o'qish bilan birga olib borilishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko‘ngillilik asosida tashkil qilinadi.
O‘quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o‘zlarini qiziqtiradigan mashg‘ulotlarni tanlab olishadi a ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Garchan mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo‘lsa-da, o‘sha maktablarning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko‘rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor.
Bolalar kutubxonalari maktablarning boshlang’ich I-IV sinflari o‘quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o‘qiy oladigan bolalarga xizmat ko‘rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o‘rganishda o‘quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.

Yüklə 25,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin