Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo`nalishi 4-kurs 820-guruh talabasi Jumayev Oybek Murod o`g`lining Prokurorlik nazorati fanidan tayyorlagan mustaqil ishi topshirdi: Jumayev Oybek Qabul qildi



Yüklə 116,2 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü116,2 Kb.
#202925
  1   2
Oybek Jumayev 820


Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo`nalishi 4-kurs 820-guruh talabasi Jumayev Oybek Murod o`g`lining Prokurorlik nazorati fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI


Topshirdi: Jumayev Oybek
Qabul qildi: Xolmirzayev Doniyor

Termiz 2023

Mavzu: Viloyat Prokuraturasi va uning tizimi


Reja:
Kirish:

  1. Viloyat Prokuraturasi tizimi

  2. Viloyat Prokuraturasi faoliyati

  3. Viloyat prokurori va uning vakolatlari

Xulosa

KIRISH

Bizning havas qilsa arziydigan Buyuk tariximiz ulug` Ajdodlarimiz bor.


Shavkat Mirziyoyev
Bizning bugungi kundagi Prokuratura tizimimiz eng ajoyib va mukkammal hokimiyat organlari tizimidan biri desak mubolag`a bo`lmaydi.
Darhaqiqat, Prokuratura inson va Davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirib, qonunchilkning ijrosini ta’minlashda eng vakolati keng va qonunchilik tashabbusiga ega bo`lgan davlat organi hisoblanadi. Prokuratura organi tarixga boy Davlat hokimiyati organlaridan biri hisoblanadi. Bizning Prokuratura organlarimiz keng o`tmishga egadir.
O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g `risida” gi Qonuniga va 1992-yil 8-yanvarda qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to’g’risida”gi Prezident Farmoniga muvofiq O`zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini, davlat suverenitetini himoyalashni ta’minlash maqsadida O`zSSR prokuraturasi mustaqil O`zbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirildi.
Ushbu Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Prokuraturasiga Mudofaa vazirligida, uning joylardagi idora va bo’limlarida, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlarda qonunlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ham yuklandi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi-prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari to`g`rsida» 1992-yil 8-yanvardagi farmoni asosida ittifoq qaramog`idagi O`zbekiston SSR prokuraturasi O`zbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilishi tartibida tashkil etilgan.
O`zbekiston prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek, vakolatlari O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (118-120-moddalar), «Prokuratura to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasining qonuni (1992-yil 9-dekabr)da belgilab berilgan. «Prokuratura toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahriri (2001-yil 29- avgust) asosida O`zbekiston Respublikasi prokuraturasi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga aylantirilgan.
O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tizimini O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari, tumanlar va shaharlar prokuraturalari, viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi, tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar tashkil etadi. Bosh prokuratura huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo`linmalari faoliyat ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasi Prokuratura tizimida Viloyat prokuraturalari to`g`risida ma’lumotning asosiy manbai buO`zbekiston Respublikasining Prokuratura organlari to`g`risida” gi qonunni misol qilishimiz mumkin unda Prokuratura organlari to`g`risida ma’lumot berilgan.
O`zbekiston Respublikasining Prokuratura organlari to`g`risida” gi qonunning 16-moddasi. Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalariga va O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasiga tegishli prokurorlar boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasiga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori boshchilik qiladi. Mazkur prokurorlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadi va uning oldida hisobdordir.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari tegishincha tumanlar, shaharlar prokuraturalarining va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning faoliyatiga rahbarlik qiladi, qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan va ularni ijro etish maqsadida o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, ko‘rsatmalar, farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda boshqarmalar hamda bo‘limlar tashkil etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlarning boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining yordamchilari, boshqarmalar va bo‘limlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar hamda tergovchilar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
O`zbekiston Respublikasining Prokuratura organlari to`g`risida” gi qonunning 22-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida o‘z vakolatlari doirasida:

  • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni ko‘rishga, tekshirishlar o‘tkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati to‘g‘risidagi va uni ta’minlashga doir chora-tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni talab qilishga;

  • davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish o‘tkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar o‘tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;

  • mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida og‘zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.

Qonun buzilishi aniqlangan taqdirda prokuror ushbu Qonunda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishga majbur.
Xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi1
Xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokurorning bevosita aralashishiga, shuningdek idoraviy boshqaruv va tekshiruv organlarining vazifalarini bajarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi ustidan Viloyat prokuraturasining nazorati
Nazorat predmeti
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi.2
25-modda. Prokurorning vakolatlari
Prokuror o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib:
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar, shikoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi;
arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi;
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini ko‘radi;
ushbu Qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi. 
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qo‘zg‘atadi hamda uni sodir etgan shaxslar qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni ko‘radi.
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi ma’muriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega bo‘lgan hollarda prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atadi yoki zudlik bilan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotni va tekshiruv materiallarini ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga beradi.3
Prokurorning sudga da’vosi4
Fuqaroning sud tartibida himoya qilinadigan huquq va erkinliklari buzilsa, lekin fuqaro sog‘lig‘iga, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquq va erkinliklarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, da’voni prokuror taqdim etadi va sudda quvvatlaydi.
Jinoyatchilkka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan viloyat prokuraturasi nazorati
Nazorat predmeti5
Jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar va xabarlarni ko‘rib chiqish hamda hal qilish va tergovni olib borishning qonunchilikda belgilangan protsessual tartibi, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan nazorat predmeti hisoblanadi.
Prokurorning vakolatlari6
Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror o‘z vakolatlari doirasida:
surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv, tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qiladi;
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal etish to‘g‘risidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir marta tekshiradi;
tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to‘la hajmda amalga oshiradi;
surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i va ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalari bilan qaytaradi;
jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning bir tergovchisidan boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga o‘tkazadi;
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida, murdani eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoki jinoyat ishini amnistiya aktiga asosan tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini to‘xtatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining ishni tugatishiga rozilik beradi;
ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga yuboradi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prokurorning jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va dastlabki tergov organlari uchun majburiydir.
Prokuratura organlari tomonidan jinoyatlarni tergov qilish7
Prokuratura organlari jinoyat-protsessual qonunga binoan o‘z vakolatlariga berilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan tergov o‘tkazadilar.
Prokuror jinoyat-protsessual qonunga muvofiq har qanday jinoyatni tergov qilishni o‘z ish yurituviga olishga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi prokurorga topshirishga, shuningdek birgalikda tergov o‘tkazish uchun prokuratura tergovchilari, ichki ishlar organlari hamda boshqa organlarning tergovchilari va tezkor xodimlaridan iborat tergov guruhini tuzishga haqlidir.
Ushlab turganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog’ida qonunlarga rioya qiliishi ustidan viloyat prokuraturasi nazorati
Nazorat predmeti8
Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi;
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonunchilikka rioya etilishi;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi;
jinoyat-ijroiya qonunchiligini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi.
Prokurorning vakolatlari
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalariga, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish, shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishga;
ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarning maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga, mahkumni amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritishga;
agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga jo‘natishga, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq bo‘lsa, bu choralarni bekor qilishga va o‘z qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy bo‘linmalardan darhol ozod qilishga;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham so‘rab-surishtirishga;
ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga;
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatidan talab qilishga;
jazoni ijro etuvchi muassasa boshlig‘ining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruxsat berish to‘g‘risidagi, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish to‘g‘risidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli.
Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida:
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol ro‘yxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga rioya qilinishini;
ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko‘rsatilishi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatilishi ehtimolini;
qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart.
Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning majburiyatlari9
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart.
Sudlarda ishlarni ko’rishda viloyat prokurorining vakolatlari
Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki10
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z fikrini bildiradi.
Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi.
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart.
Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish11
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni prokuror o‘z vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning topshirig‘iga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har qanday toifasini o‘rganib chiqish huquqiga ega.
Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda ko‘rish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega.
Sud qarorlariga protest keltirish12
Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli.
Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest keltirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi.
Protestlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, chaqirib olish13
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellatsiya, kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ishni sudda ko‘rish boshlangunga qadar protest keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
Viloyat prokurorining nazorati hujjatlari

Prokuror nazorati hujjatlarining turlari14


Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.
Protest15
Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi.
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi.
Qaror16
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi.
Ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokurorning qarori kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqilishi shart. Uni ko‘rib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.
Taqdimnoma17
Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf etish vakolatlariga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.
Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oylik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim.
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Ariza18
Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Prokurorning arizasi sud tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.
Ogohlantiruv19
Prokuror fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi.
Ogohlantiruv to‘g‘risida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga), shuningdek ogohlantiruv e’lon qilingan shaxsning ish, o‘qish joyi bo‘yicha ish beruvchiga (ma’muriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum qilishga haqli.
Viloyat prokuraturasining xodimlari
Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga nisbatan qo‘yiladigan talablar20
Prokuratura organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish o‘rganuvchilar lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan, zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tayinlanadi.
Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy ma’lumotga, zarur bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslar tayinlanadi.
Prokuratura organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Prokuratura organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi21
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“O‘z xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod qilaman”.
Qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi.
Prokurorlar faoliyatini baholash22
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolatlari muddati ichida kamida ikki marta kompleks o‘rganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ta’minlanishi hisoblanadi.
O‘z faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat o‘rnatilishini ta’minlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi23
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi tuziladi.
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish, korrupsiya va egallab turgan lavozimiga noloyiq boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlash sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi.
Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlari24
Prokuratura organlari xodimlariga egallab turgan lavozimlari va mehnat stajiga muvofiq darajali unvonlar yoki harbiy unvonlar beriladi.
Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat25
Prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash, prokuratura organlari va muassasalarining xodimlariga darajali unvonlar va harbiy unvonlar berish hamda ulardan mahrum etish, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibi ushbu Qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari va muassasalarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga ega.
Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi26
Prokuror, tergovchi va surishtiruvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish va dastlabki tergov o‘tkazish prokuratura organlarining mutlaq vakolati hisoblanadi.
Prokuratura organlari xodimlarining intizomiy nojo‘ya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi.
Prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti27
Prokuratura organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, darajali unvonlar (harbiy unvonlar), ko‘p yillik xizmat uchun to‘lanadigan ustama haqlardan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
Darajali unvonlarga (harbiy unvonlarga) ega bo‘lgan prokuratura organlarining xodimlari belgilangan me’yorlar bo‘yicha bepul xizmat kiyimi bilan ta’minlanadi.
Prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi o‘ttiz kalendar kundan iborat haq to‘lanadigan yillik ta’til beriladi. O‘n yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan prokuratura organlari xodimlariga davomiyligi besh kalendar kun, o‘n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga davomiyligi o‘n kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lganlarga esa davomiyligi o‘n besh kalendar kun qo‘shimcha ta’til beriladi.
Prokuratura organlari xodimlarini hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyalash choralari28
Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasida bo‘ladi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanadi.
Davlat sug‘urta organlari quyidagi hollarda sug‘urta summalarini to‘laydilar:
prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan bo‘shatilganidan keyin halok bo‘lsa (vafot etsa), agar bu hol u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga — O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan miqdorda;
prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma besh karrasi miqdorida;
prokuratura organlari xodimiga u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini doimiy yo‘qotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida.
Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‘urtasi bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya o‘rtasidagi farq har oyda to‘lab boriladi.
Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‘lsa (vafot etsa), uning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga yetkazilgan zararning to‘lovi boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiya, xuddi shuningdek boshqa pensiya, ish haqi, stipendiya va o‘zga daromadlarni hisobga olmagan holda to‘lanadi.
Prokuratura organlari xodimining o‘z xizmat faoliyati bilan bog‘liq tarzda unga tegishli mol-mulkni yo‘q qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar unga yoki uning oila a’zolariga to‘laligicha qoplanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak O’zbekiston Respublikasining Viloyat Prokuraturalari yuqorida ta’kidlanganidek vazifa va vakolatlarga egadir. Ularning soni 12ta va 1ta shahar sudi keyinchalik esaviloyat sudlariga tenglashtirilgan transport prokuraturasi vaharbiy prokuraturalardan iboratdir.
Viloyat Prokuraturalarining vazifasi yuqorida ta’kidlanganidek qonunlarning bir xilda bajarilishi uchun joylarda qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi va Bosh prokuraturaning joylardagi bo’limlarini va tuman, shahar sudlarini boshqaradi va ularning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bu esa mamlakatimizda prokuratura tizimining markazlashganligining yaqqol misoli hisoblanadi.


Yüklə 116,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin