Testni òtkazish va uning natijalarini qayta ishlash. Òtish ballarini belgilash. Test topshiriqlarining statistik tahlili



Yüklə 370,31 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.10.2023
ölçüsü370,31 Kb.
#160148
Pardayeva Xolida



DENOV TADBIRKORLIK VA 
PEDAGOGIKA INSTITUTINING 
BOSHLANĢICH TA'LIM YÒNALISHI 4-
KURS 8-BT GURUH TALABASI 
PARDAYEVA XOLIDANING B.T.P.I.I 
FANIDAN TAYYORLAGAN SLAYDI.


TESTNI ÒTKAZISH VA UNING NATIJALARINI
QAYTA ISHLASH. ÒTISH BALLARINI BELGILASH. 
TEST TOPSHIRIQLARINING STATISTIK TAHLILI


DTM Kun.uz’da e'lon qilingan intervyuga munosabat bildirdi. 
Munosabat yangi savollar tug‘ilishiga sabab bo‘ldi
O‘zbekistonda umumta'lim maktablari bitiruvchilarining yakuniy
davlat attestatsiyasi va oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini
unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish rejalashtirilayotgani
haqida
xabar bergan edik
.
26 iyul kuni Kun.uz muxbiri ta'lim dasturlari, pedagogika va testologiya
bo‘yicha ekspert
Komiljon Jalilov
bilan
intervyu tashkil qildi
va
kiritilayotgan ushbu yangi tizim bo‘yicha paydo bo‘layotgan bir
qator savollarga javob oldi.
Jumladan, ekspert intervyu davomida o‘zi ham kiritilayotgan yangi
tizimni yoqlashini aytib, endilikda o‘quvchilardagi ortiqcha
stresslarning oldi olinishi hamda maktab bitiruvchilari bilimini obektiv
solishtirish imkoni paydo bo‘layotgani haqida gapirdi.
Komiljon Jalilov
o‘z fikrida davom etar ekan, shuningdek, yangi
tizimning kelgusida bo‘y ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qator muammoli
jihatlarini ham ta'kidlab o‘tdi.




Unga ko‘ra, yangi tizimda test sinovlarini o‘tkazishga mas'ul tashkilot – Davlat test
markazining test savollarini (testologiyada, ya'ni baholash haqidagi fanda «test
topshiriqlari» deyiladi) tuzishga bo‘lgan yondashuvi tizimdan kutilayotgan natijaga
to‘la erishish imkonini bermasligi ham mumkin.

«Shu soha mutaxassisi sifatida menda shunday taassurot paydo bo‘ldiki, Davlat test
markazi uchun test topshiriqlarining testologiyada qabul qilingan talablar,
standartlarga javob berishi, ularning validligi, ishonchliligi – o‘ninchi, boringki,
yigirmanchi darajadagi masala. Asosiysi – jarayonni «silliqqina» o‘tkazib olish va
hisobot berish: «shuncha abituriyent qatnashdi, o‘rtacha ball shunchani tashkil etdi».
Biroq test topshiriqlarining yaratilishi, aprobatsiyasidan boshlab, test natijalarining
qayta ishlanishi va e'lon qilinishigacha – biron-bir bosqich testologiyaning hatto eng
oddiy talablariga javob bermaydi», – degan edi ekspert.

Mazkur intervyu saytda e'lon qilinganidan bir kun o‘tib, Davlat test markazi o‘zining
dtm.uz saytida ekspert va jurnalistga nisbatan e'tirozli
munosabati
ni bayon qildi.

«Afsus bilan e'tirof etamizki, bu kabi fikrlarni yurtimiz ommaviy axborot vositalari ichida
katta obro‘ga ega saytda berishdan avval, bevosita faoliyati tanqid qilinayotgan
muassasa bilan bog‘lanish, real holat bilan tanishishdek jurnalistikaning eng muhim
tamoyili hisobga olinmadi.




Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan aprobatsiya va test sinovlarining statistik
tahlillari, testologiya tili bilan aytganda, validatsiya jarayoni bilan bog‘liq
hisobotlarning matbuotda e'lon qilinmagani bu borada ilmiy tadqiqotlar olib
borilmasligini anglatmaydi. Vaholanki, testologiya, pedagogik o‘lchovlar va ilmiy-
metodik bo‘lim tomonidan muntazam ravishda test topshiriqlari aprobatsiyasi
natijalari klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha tahlil qilinadi hamda test
topshiriqlarini rivojlantirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib boriladi. Bu borada Davlat
test markazi mutaxassislari Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya,
Germaniya, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Pedagogik o‘lchovlar federal instituti (FIPI) bilan
bu borada yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

Shulardan kelib chiqib, jurnalist va uning suhbatdoshi e'tiboriga avvallari ham e'lon
qilib kelinayotgan statistikalardan birini rasman keltirib o‘tamiz», – deya bir qator
statistika va tahlillar keltirib o‘tilgan tashkilot munosabatida.

Albatta, Davlat test markazi tomonidan intervyuning o‘ziga bog‘liq qismiga nisbatan
tezkorlik bilan munosabat bildirilishi ijobiy holat, ammo bu munosbatda qator
tushunmovchilik va noaniqliklar ham borki, ular yuzasidan sohaning mustaqil
ekspertlari Komiljon Jalilov hamda Toshkent davlat Vestminstr universiteti katta
o‘qituvchisi Erkin Muhammedov bilan navbatdagi suhbatni uyushtirdik.




Davlat test markazida test topshiriqlarining statistik tahlili olib borilishi quvonarli hol, albatta. Faqat
berilgan statistik tahlil, nazarimda, testologiyadan xabardor mutaxassisda bir qancha savollarni
tug‘diradiki, bu savollarga qoniqarli javob olmasdan turib, testlarning validligi va ishonchliligi haqida
ijobiy xulosa shakllantirish mumkin emas (ko‘tarilayotgan masalalar umumiy gap yoki navbatdagi
«injiqlik» emasligi tushunarli bo‘lishi uchun testologiya bo‘yicha fundamentar hujjatlar va ishlarga
havolalar berildi - ishonamanki, ular DTM mutaxassislari uchun yangilik emas).

1. Testning ishonchliligi validlikning muhim sharti, lekin yagona sharti emas, ya'ni testning ishonchlilik
talablariga javob berishi test natijalari asosida chiqariladigan xulosalarning validligini bildirmaydi.

DTM hozirgi zamon testologiya fanida qabul qilingan validlikning yana qanday dalillarini (AERA – APA
– NCME Standards, 2014; Newton and Shaw, 2014; Ovendahl, 2011) keltira oladi? Xususan, «Kecha va
kunduz»dagi aravakashning ismi haqidagi, «Shum bola»ning kimga qorxat yozganligi haqidagi, qaysi
shaharda Bekzod nomidagi memorial bog‘ barpo etilganligi, «Fayzifilm» kinostudiyasi qachon tashkil
topganligi, tarixiy shaxslarni va har xil xalqlar ilohlarini rasmda tanish bilan bog‘liq bir-biridan «ajoyib»
test topshiriqlarining (bunday test topshiriqlarini DTM 2019 yilda chop etgan rasmiy qo‘llanmalarda
yetarlicha topish mumkin) test xulosalari validligiga qanday hissa qo‘shishini tahlil qilish juda ham qiziq
bo‘lardi.

2. Ma'lumki, aprobatsiyada olingan natijalarning ishonchliligi aprobatsiya uchun tanlanma
kontingentga ham bog‘liq (Crocker and Algina, 2008; Kubizsyn and Borich, 2013). Aprobatsiyada
qatnashganlar guruhi tarkibi va variativligi jihatdan haqiqiy test topshiruvchilar guruhiga qay darajada
yaqin edi?

3. 0,7dan past bo‘lgan Kronbax alfa bir necha millionlab abituriyentning taqdirini hal qiladigan, buning
ustiga, endilikda maktab rahbarlari va o‘qituvchilari faoliyatiga baho berish uchun asos bo‘ladigan
test uchun anchayin past emasmi (Green, 2013)?




Ma'lumki, Kronbax alfa (testning ichki barqarorligi) test variantida aynan qanday test 
topshiriqlari kelganiga bog‘liq. Test variantlari imtihondan oldin kompyuterda
generatsiya qilinishini hisobga olsak, haqiqiy imtihonda ishlatiladigan test varianti
aprobatsiyadagi test variantidan farq qiladi.

Haqiqiy imtihonda ishlatiladigan test variantining alfasi aprobatsiyada olingan
ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘lishiga ishonchingiz komilmi?

5. Umuman, har qanday yo‘l bilan alfani hisoblash uchun test topshiriqlari
dispersiyasini va butun test dispersiyasini bilish kerak bo‘lsa (Crocker and Algina, 2008), 
haqiqiy imtihonda har bir test topshiruvchi uchun individual variant ishlatilsa, haqiqiy
imtihonda ishlatilgan variantlarning alfasi qanday hisoblanadi?

6. Keltirilgan statistikaga ko‘ra, uchta test topshirig‘ini variantdan chiqarish yoki qayta
ishlash tavsiya etilar ekan. Agar bu topshiriqlar qayta ishlangan bo‘lsa, qayta
aprobatsiyada qanday natijalar qayd etildi?

7. Biseral korrelyatsiya test topshirig‘ining validligini ko‘rsatishiga ishonchingiz komilmi? 
Umuman, alohida olingan test topshirig‘i valid yoki novalid bo‘lishi mumkinmi? (AERA –
APA – NCME Standards, 2014; Newton and Shaw, 2014; Crocker and Algina, 2008)

8. Rash modeli bo‘yicha test topshirig‘i qiyinchilik darajasining -3 va +3 chegarasidan
chiqishi, sizningcha, normal holatmi? (Bachman, 2004)

9. Xo‘p, test topshiriqlari statistikasi Rash modeli asosida ham hisoblangan ekan, turli
variantlarni yechgan abituriyentlar natijalarini solishtirish imkoni bo‘lishi uchun ularni
shkalalashtirishda qanday model yoki modellar ishlatiladi? (Koretz, 2008)




Davlat test markazi har qanday ommaviy axborot vositasiga va har qanday
jurnalistga to‘g‘ri ma'lumot berish tarafdori ekanidan xursandmiz. Faqat, ko‘rib
turganingizday, taqdim qilingan ma'lumotlar validlik va ishonchlilik borasida
shaxsan menda DTMga nisbatan ishonch hosil qilish o‘rniga yanada ko‘proq
shubha va gumonlarni paydo qildi. Buning uchun uzr so‘rayman, lekin, afsuski
shunday. Va DTMning «raddiya»siga sabab bo‘lgan «DTM o‘z yondashuvi, ish
uslubini o‘zgartirmasa, ta'limda ikki imtihonning birlashishidan ijobiy natija kutib
bo‘lmaydi» degan fikrni yanada mustahkamladi. O‘ylaymanki, keltirilgan statistika
testologiyani tushunadigan xolis ekspertga ko‘rsatilsa, xuddi shunday (balki, 
undan ham ko‘proq) savollar va shubha-gumonlar paydo bo‘ladi.

Umid qilamanki, DTM OAV vakillarining, umuman, tahlilchilarning va
ekspertlarning vazifasi faqat tashkilot bergan rasmiy ma'lumotlarni «retranslatsiya» 
qilish emasligini, har kim davlat organlari faoliyatiga nisbatan o‘z tahlillarini berishi
mumkinligini ham, bunday tahlillar amaldagi qonunchilikka zid kelmasligini ham 
yaxshi anglaydi.

Yüklə 370,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin