Texnologik jarayonlarni matematik modellashtiri va optimallashtirish asoslari



Yüklə 402 Kb.
səhifə1/4
tarix16.09.2023
ölçüsü402 Kb.
#144377
  1   2   3   4
1-ma\'ruza“Texnologik jarayonlarni matematik modellashtiri va optimallashtirish asoslari” faniga kirish


1-mavzu. “Texnologik jarayonlarni matematik modellashtiri va optimallashtirish asoslari” faniga kirish.
Reja:
1. Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtirish asoslarining tarixi va rivojlanish tendensiyalari.
2. Sanoat korxonalarida ishlatiladigan kompyuterli modellar to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
3. Texnologik jarayonlarni modellashtirish sohasidagi respublikamizdagi islohotlar natijalari, ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari, modellashtirish sohasida intellektual tizimlarning qo‘llanilishi.
4. Fanning vazifalari. Matematik modellashtirish masalasini umumiy qo‘yilishi.
5. Modellashtirish – bilish usuli sifatida. Modellashtirishning falsafiy masalalari.

Kalit so’zlar: Texnologik jarayonlarni modellashtirish, optimallashtirish, kompyuterli modellashtirish, matematik modellashtirish


Mamlakatimizning rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun zamonaviy matematik modellar asosida kompyuter texnologiyalarini qo’llab, texnologik jarayonlarni mumkin bo’lgan ko’p sondagi xolatini taxlil qila oladigan matematik modellashtirish sohasida bilimga ega bo’lgan mutaxassislarga ehtiyoj ortmoqda. Bu o’rganilayotgan ob'ektlar holatini tadqiq qilishga, ularning rivojlanishini bashoratlashga va shu asosda chegaralangan resurslardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga qodir kadrlar tayyorlashni talab etadi.
Texnologik jarayonlarni modellashtirish:

  • tadqiq qilinayotgan ob'ekt, korxona yoxud tarmoqning deterministik va stoxastik modellarini tuzishga imkon berib, ushbu jarayonlarni sifat va son jihatidan tizimli boshqara oladigan va bashorat qila oladigan modellarini yaratadi;

  • tadqiq qilinayotgan ob'ektni samarali boshqarish uchun o’tkazilgan tadqiqotlar asosida maslahat beruvchi takliflar yoki boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beradi.

Kuzatilayotgan ob'ektlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning uchun ob'ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to’g’risida dastlabki tushunchalar hosil bo’ladi. Bu tushunchalar oddiy so’zlashuv tilida, turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar model deb aytiladi.

Yüklə 402 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin