Texnologik moslamalar va ularning turlari



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə1/4
tarix13.05.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#113187
  1   2   3   4
TEXNOLOGIK MOSLAMALAR VA ULARNING TURLARI


TEXNOLOGIK MOSLAMALAR VA ULARNING TURLARI

Reja:



1. Texnologik moslamalarni vazifalari
2. Texnologik moslamlarni tasnifi


Tayanch iboralar: texnologik moslamalar, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, dastgoxlar moslamalari, ishchi asboblarni o’rnatish va mahkamlash uchun moslamalar, yig’ish moslamalari, nazorat moslamalari, ishlanayotgan zagotovkalarni mahkamlab olish, siljitish va tashish va zarur xolda og’dirish uchun moslamalar.


1. Texnologik moslamalarni vazifalari


Mashinasozlikda texnologik moslamalar mexanik ishlov berish, yig’ish va detallarni nazorat qilishda keng qo’llaniladi.


Moslamalarni qo’llanishi va ishlatilishi quyidagi masalalarni ijobiy hal qiladi yoki vazifalarni bajaradi.

  1. Zagotovkalar dastgohlarda moslama yordamida qo’shimcha to’g’rilashlarsiz o’rnatiladi. Bunda anchagina mehnat sarfiga olib keluvchi zagotovkalarni ishlov yuzalarini belgilab olish amallarining zarurati qolmaydi, dastgohda ishlov berilayotgan detalni to’g’rilab olish shart bo’lmay qoladi, o’lchamlar aniqligini avtomatik ravishda olinishiga erishiladi, bular esa belgilab olish to’g’rilab o’rnatish bilan bog’liq bo’lgan, xatoliklarni kamaytiradi va ishlov aniqligi oshadi.

  2. Moslamalarda mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, tez ishlovchi yuritmalar, ko’p o’rinli, ko’p pozitsiyali uzluksiz ishlov berish usullarini qo’llash hisobiga yordamchi vaqt keskin kamayadi, bu esa o’z navbatida ish unumdorligini oshishiga olib keladi.

  3. Dastgohlarni texnologik imkoniyatlarini kengaytiruvchi maxsus moslamalar, ayrim dastgohlarda bunday dastgohda bajarish mo’ljallanmagan amallarni bajarish imkoniyati yaratiladi.

Keyingi yillarda moslamalarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi ancha oshib bormoqda, ulardan tashqari bularni normallashtirish va standartlashtirish yo’nalishida katta ishlar amalga oshirilmoqda. O’rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida ham moslamalarni keng mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yangi ikkita tamoyil asosida olib borilmoqda:


1) individual mexanizatsiyalashgan yuritmali (pnevmatik, gidravlik, elektromexanik) sozlanadigan (guruhlar uchun, universal) moslamalarni yaratish;
2) bir qator maxsus va universal moslamalarga qayta-qayta xizmat qiluvchi universal (agregatlashtirilgan) yuritmalar yaratish.
SHuni bilan birga seriyalab ishlab chiqarishda universal-yig’ma moslamalar tizimi keng qo’llanilmoqda. Sozlanuvchan va universal-yig’ma moslamalarni ishlatilishi va universal yuritmalardan foydalanish ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash muddatini va sarf-xarajatlarini keskin qisqartiradi.



Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin