O’qituvchining metoik ishlarining maqsad, vazifalari va
turlari.
Metoik ishlarining maqsadi-o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
tizimida o‘quv tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish,bo’lgusi
mutaxassislarni etuk, barkamol, raqobatbardosh
qilib tayyorlash
maqsadida o’qituvchilarning bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini
hamda mahoratlarini oshirish.
Metodik ishlarning asosiy vazifalari:
o’quv muassasidagi
o’qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari,
injener-pedagoglarning
pedagogik malakasini g’oyaviy-siyosiy darajasini, kasbiy mahoratini
oshirish; o’quvchilarga ta’lim-tarbiya
berishning yangi zamonaviy
usullarini o’quv jarayoniga qo’llash; o’quv jarayoniga ilg’or
pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini qo’llash, umumlashtirish,
tanishish va boshqalar. O’quv muassasalarida amalga oshiriladigan
uslubiy ishlar ikki turga bo’linadi: jamoaviy va shaxsiy.
Jamoaviy metodik ishlarni
o’quv muassasalaridagi:
pedagogik kengash uslubiy komissiyalar, ilg’or pedagogik va
amaliy
tajribalar manbai, muammoli seminarlar, ilmiy-amaliy
konferentsiyalar (anjumanlar), pedagogik o’qishlar
orqali
amalga oshiriladi.