Pedagogik-psixologik fanlarning bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni



Yüklə 79,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü79,1 Kb.
#211905
  1   2   3   4   5
document (9)



17
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK FANLARNING BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING 
AKMEOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI 
Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o’g’li 
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7839480
 
Annotasiya: 
Mazkurmaqoladata’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning 
akmeologik kompetentligini rivojlantirishni mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik 
tizimi rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy
Kalit so’z va iboralar:
Insonparvarlik psixologiyasi, mustaqil ta’lim, zamonaviy dunyoqarash,
ijtimoiy zarurat,akmeologik kompetentlik, akmeologik pozitsiya, innovasion va raqamli, bozor 
iqtisodiyoti, Ta’lim va tarbiya, ilmiy-metodik. 
Kirish.
Bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentlik sifatini, ularda erkin, faol, mustaqil 
fikrlay olish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni modellashtira olish, shuningdek ta’lim-tarbiyaning 
yangi g‘oya va texnologiyalarini mustaqil yaratish hamda ularni tatbiq eta olish 
kompetenligini shakllantirish orqali oshirish muammosi bugungi kunda mavjud bo‘lgan 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi. Shu o‘rinda 
prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual 
va ma’naviy saloxiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada 
bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va 
jamiyatimining bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[1:14] degan fikrlari ishimizning 
maqsadiga bevosita mos keladi. 
Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining 
psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa 
o‘quvchining ruhiy dunyosidan xabardor bo‘la bilishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuzatish 
tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi. Mana shu 
yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlarni hammasini bilish o‘zo‘zicha hali ta’lim-tarbiya ishlarida 
muvaffaqiyatning garovi bo‘la olmaydi. Lekin juda ko‘p xatolarning oldini olish imkonini 
beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘rona harakat qilish zaruratidan qutqaradi. 
Demak, pedagogik psixologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagog uchun ta’lim-tarbiya 
jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur. Psixologiya va pedagogika ham ta’lim 
muassasalrining turiga qarab ijtimoiylik shartlaridan kelib chiqqan holda akemologik 
komponentlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Ular konservativ ta’lim muhiti shakllantirilgan ta’lim 
muassasalari mavjudligini ko‘rsatdilar, bunda u yerda shunday muhit yashayotgani emas
balki uni yaratayotganlari haqida gapiriladi. Shu bilan birga, kreativ fikrlashni 
rag‘batlantiradigan ta’lim muhiti yaratilgan ta’lim muassasalari ham mavjud. 
Pedagogika jamiyatning rivojlanish qonunqoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi 
kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga chiqmoqsa. Xususan, huquqiy davlat barpo etish 
yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi. 
Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi. 
Modomiki, zamon jadal sur’atlarda o‘zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu 
o‘zgarishlarga hamohang bo‘lmog‘i darkor.[2:5] 
Zamonaviy sharoitda pedagogikaning asosiy vazifalari inson turmush tarzining

Yüklə 79,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin