Toshkent moliya instituti mustaqil tadqiqotchisi Mamadiyorov Olimjon Umarovichning



Yüklə 17,2 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü17,2 Kb.
#194735
növüReferat
Урганч тақриз (8)


Toshkent moliya instituti mustaqil tadqiqotchisi Mamadiyorov Olimjon Umarovichning 08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi va 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ixtisosliklari bo‘yicha “Milliy iqtisodiyotda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajarilgan dissertatsiya ishi avtoreferatiga
TAQRIZ
O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi turmush farovonligini oshirish, ularning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish mamlakat mustaqqiligining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda aholini kerakli darajadagi safatga ega bo‘lgan, iqtisodiy jihatdan olish imkoniyati cheklanmagan oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ravishda ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohada bir qator muammolar mavjud bo‘lib ular quyidagilar:
- aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan minimal darajada ta’minlashning chegaraviy ko‘rsatkichlari va miqdorlari ishlab chiqilmagan va tasdiqlanmagan;
- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, saqlash, yetkazib berish kabi xizmatlarni o‘z ichiga olgan yaxlit tizim shakllantirilmagan;
- mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlanganlik yoki ta’minlanmaganlik darajasini aniqlash va ularni baholash indekslari mavjud emas.
Xalqaro darajada oziq-ovqat xavfsizligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib aholi iste’moli uchun zarur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini mamlakatdagi mavjud zahira evaziga ta’minlay olish kunlari hisoblanadi . Hozirgi kunga kelib, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va to‘yimliligi hamda shaxsiy hohishlarni ham inobatga olish jarayonida u iqtisodiy kategoriya sifatida kengayib bormoqda. Jumladan, tuyib ovqat yemaslik, ochlik, semizlik, mahsulotlarning ozuqaviy tarkibi, GMO kabilar oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga qo‘shilib bormoqda.
Yuqorida bayon etilgan muammolarni masalani tadqiq etish va tegishli xulosa hamda takliflarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan Toshkent moliya instituti mustaqil tadqiqotchisi Mamadiyorov Olimjon Umarovichning iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun “Milliy iqtisodiyotda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish” mavzusida bajarilgan dissertatsiya ishi dolzarb hisoblanadi.
Dissertasiyaning kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi va ahamiyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi va asosiy vazifalari, ob’ekti va predmeti tavsiflangan, ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilish, nashr etilgan ishlar va dissertasiya tuzilishi bo‘yicha bayon etilgan.
Tadqiqot ishining birinchi bobida iqtisodiy xavfsizlikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi nazariy qarashlar evolyusiyasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning xorijiy tajribalari va ularning milliy xo‘jalik uchun amaliy ahamiyati o‘rganilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning o‘ziga xos xususiyatlari va bu borada olib borilayotgan davlat siyosati ochib berilgan hamda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash darajasi tahlil qilingan.
Tadqiqotning uchinchi bobida bozor iqtisodiyotining oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ta’sirini yumshatish yo‘llari, oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi omillar optimalligini ta’minlash va O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil etilib, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya ishining xulosa qismida amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga sohada yangidan faoliyat yuritishni boshlayotgan sub’ektlar uchun infratuzilma bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini davlatning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplab berish orqali erishish taklifi asoslangan;
respublikada go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxi barqarorligini ta’minlashga turdosh tovarlarni mamlakat hududiga olib kirish hamda ularni realizasiya qilishda barcha egri soliqlardan ozod qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslangan;
respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlarning BHMning 200 baravarigacha bo‘lgan qismini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan subsidiya berish orqali takomillashtirish taklifi nazariy jihatdan asoslangan;
respublika qishloq xo‘jaligida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda aholi soni o‘sishining korrelyatsion-regression bog‘liqligi asosida ko‘p omilli ekonometrik modelini yaratish asosida 2023-2030 yilgacha oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha elektron platforma yaratish taklifi ishlab chiqilgan;
mamlakatda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida foydalanishda bo‘lgan ochiq turdagi sug‘orish tarmoqlari (ariq va kanallar)ni Davlat tomonidan mablag‘ ajratish va fermer dehqon xo‘jaliklariga imtiyozli kreditlar ajratish orqali zamonaviy va kam xarajatli trubalarga almashtirish zarurligi asoslangan;
mamlakat hududidagi lalmi yerlardan samarali foydalanishni oshirish maqsadida, past rentabelli bug‘doy va arpa o‘rniga, bog‘lar va tokzorlar barpo etish orqali oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
bog‘lar va tokzorlarga suv yetkazib berish va doimiy ravishda xosil olish evaziga aholining ushbu turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Mamadiyorov Olimjon Umarovichning “Milliy iqtisodiyotda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi 08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi” va 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha iqtisodiyot fanlaridan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining barcha talablariga javob beradi va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.01.11 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik kengashga himoya uchun tavsiya etiladi.
Urganch davlat universiteti
Iqtisodiyot kafedrasi professori v.b.,
Iqtisodiyot fanlari doktori: D.Xudayberganov
Yüklə 17,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin