International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
27
th
Jan. 2023
77
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI ILG‘OR VA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH.
Qodirova
Muborakxon Umarovna
Farg’ona viloyati Toshloq tumani
1-son kasb-hunar maktabi
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
muborakqodirova494@gmail.com
tel: 91 650 64 18
Annotatsiya:
ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarini samarali
tashkil etish uchun
foydalaniladigan ilg‘or pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
ona tili, mazmun va mohiyat usuli, bilim, ko‘nikma, malaka,
axborot
texnologiya, kompyuter, tilshunos, o‘zbek tili, internet tarmog‘i.
Hozirgi davrda o‘quvchisi fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlariga tayangan holda o‘z bilim
va iqtidorini oshirib borishi lozim. Jumladan, eng so‘nggi axborot texnologiyalari: kompyuter,
undagi internet tizimi bilan bemalol tillasha oladigan bo‘lmog’i lozim. Negaki, yurtimizdagi
umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim tarmoqlari yil sayin axborot texnogiyalari bilan
ta’minlab borilmoqda. Bunday dars turini ushbu ma’ruzada o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf
“Ona tili” darsligining birinchi “Til va nutq” mavzusi mazmunini
kompyuter yutuqlaridan
foydalangan holda yoritishga bao‘ishlangan bir soatlik dars misolida ko‘rsatmoqchimiz.
Dars quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
I. Ushbu dars yangi o‘quv yilidagi ilk saboq bo‘lganidan kirish suhbati o‘tkaziladi.
Shundan so‘ng sinf o‘quvchilarini 4 kichik guruhga bo‘ladi:
1-guruh: “Tilshunos”
2-guruh: “O‘zbek tili”
Gururhlarga berilgan vazifa quyidagicha:
1.“Tilshunos” guruhi a’zolarining vazifasi tilning jamiyatda tutgan o‘rni, tilshunoslik fani
o‘rganadigan
masalalar, til haqidagi maqol, hikmatli so‘zlarni bayon qilib berishdan
iborat
bo‘ladi.
2. “O‘zbek tili” gururhi a’zolari o‘zbek tilining tarixi,
uning rivojlanishi, bugungi kundagi
ravnaqi haqida fikr yuritadilar.
Topshiriqqa 15 daqiqa vaqt ajratiladi.
Vaqt tugagach, bajarilgan ishlarning taqdimoti
o‘tkaziladi. “Tilshunos” guruhi a’zolari topshiriqni alohida-alohida
kompyuterlarda
bajarishadi.
1- kompyuterdagi o‘quvchi til so‘zi bilan boo‘liq so‘z birikmalari tuzgan va bu so‘z birikmalari
orqali kichkina matn yaratgan. Topshiriqning bajarilishi quyidagicha: