O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGIMUHAMMAD AL-
XORAZMIY
NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI QARSHI
FILIALI
“KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI
2-BOSQICH
TT-14-22 (s) GURUH TALABA
‘‘Kibrxavfsizlik asoslari ” fanidan
1-MUSTAQIL ISHI
Bajardi:
Shomurodov Shahboz
Reja:
1.
Kiberxavfsizlikka oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy xujjatlar tahlili
2.
Axborotni himoyalashning kriptografik usullari
3.
Enigma shifrlash mashinasi va uning bardoshliligi
4.
Axborotni foydalanuvchanligini ta’minlash antivirus, IDS, IPS, TE
vositalarining o’rni
5.
Zararli dasturiy vositalarni klassifikatsiya va himoya usullari
6.
Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar
Bajarish:
1.
Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy
hujjatlar tahlili.
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari»
O‘zbekiston Respublikasining qonuni.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga
rioya etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish,
tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek
axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot
borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: axborot — manbalari
va taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar,
hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborot mulkdori — o‘z
mablag‘iga yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi,
undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborotni
muhofaza etish — axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va
ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari… hakazolar.
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi»
O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 1994 yil, may.
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish,
ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog`liq munosabatlarni
tartibga soladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar
bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston
Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Ushbu Qonunda qo`llaniladigan asosiy tushunchalar:
ma’lumotlar bazasi - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda еlektron hisoblash
mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo`ladigan tarzda
bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;
EHM uchun yaratilgan dastur - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan
natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter
vositalarining ishlashi uchun mo`ljallangan ma’lumotlar va ko`rsatmalar majmui;
boshlang`ich matn - birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta
ishlamagan matn;
ob’ekt kodi - boshlang`ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida
yuzaga kelgan dastur;
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilyatsiya qilish - EHM uchun yaratilgan
dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o`rganish maqsadida ob’ekt kodini
boshlang`ich matnga aylantirishni o`z ichiga oladigan texnikaviy usul;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi - yuzaga
kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar
bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda
(dekompilyatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang`ich matni o`zgarishiga olib
kelmaydigan qo`shimchalar kiritish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta
ishlash) - ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang`ich matn
o`zgarishiga olib keladigan har qanday tarzda o`zgartirish;
“Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti
veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi
huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir.
Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi
boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi
xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin
faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga
tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni
shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni
joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining uzviy
hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy
bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu
orqali, mamlakatda “xavfsiz axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |