Texnosfera xavfsizligi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#111718
  1   2
3. i.ch. baxtsiz hodisalar

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “TEXNOSFERA XAVFSIZLIGI” kafedrasi

KAFEDRA TELEGRAM GURUHI: https://t.me/hfx456

“HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”

(TRANSPORTDA)

FANIDAN MA’RUZALAR

MA’RUZACHI: katta o’qituvchi Medeshev B.E.

TOSHKENT


Ma’ruza mavzusi va mazmuni:
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni aniqlash va hisobga olish
reja:
1. Jarohatlanish, kasbiy kasalliklar va zaharlanish, jarohatlarning tasnifi, ularning ko‘rsatkichlari;
2. Temir yo‘lda mehnat muhofazasini tashkil qilish yo‘riqnomasi;
3. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi sohasida nazorat organlari;
4. Temir yo‘llardan texnikaviy foydalanish qoidalarida mehnat muhofazasi masalalari.
Adabiyotlar
1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida NIZOM//Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilanTASDIQLANGAN;
2. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida NIZOM//O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010 yil 23 dekabrdagi 202-B-son buyrug‘iga ILOVA;
3. Mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risida NIZOM//[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 7 yanvarda 870-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan].
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib bo‘lishiga yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga o‘tkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishiga yoxud vafot etishiga sabab bo‘lgan hodisaga aytiladi.
Quyidagi holatlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi:
  • tabiiy o‘lim;
  • o‘zini o‘zi o‘ldirish;
  • jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan shikast etkazishi;
  • jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida shikastlanishi. Izoh: (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko‘ra)


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin