Tijorat banklari faoliyatida ipoteka krediti va takomillashtirish yòllari Reja
Tijorat banklari faoliyatida ipoteka krediti va takomillashtirish yòllari Reja: 1. Valyuta munosabatlari tizimida banklarning o’rni 2. O’zbekiston Respublikasida valuta bozori faoliyati va tartibga solish 3. Tijorat banklarining valuta operatsiyalari 4. Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. 5. Valyuta munosabatlari tizimida banklarning o’rni Valyuta - jahon bozorida, davlatlar orasida pul vazifalarini bajaruvchi, davlatlarni milliy pul birliklari.
O’zbekiston Respublikasida valuta bozori faoliyati va tartibga solish "O'zbekiston Respublikasi hududida valuta munosabatlarini tartibga solish qonuni" va 1994 yil oktabr oyida "So'mni ichki konvertatsiyasi haqida qonun" qabul qilingan. Xalqaro kreditlash tizimi Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, regional va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi. Ipotekaviy kreditlashning rivojlanish davri. Bank xizmatlarining mazkur yangi shakli mahalliy aholi tomonidan darhol ijobiy baholandi. Aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni ijtimoiy himoyalashni ko'zda tutuvchi ushbu manba O'zbekiston Respublikasi “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi Qonunlari orqali mustahkamlandi. O'zbekiston Respublikasining“Iste'mol krediti to'g'risida”gi Qonuni iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonun turar-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash borasida aholining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, binobarin, banklarda iste'mol kreditlash hajmining sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. 2006 yilning oktyabr oyida esa O'zbekiston Respublikasi “Ipoteka to'g'risida”gi qonuni kuchga kirdi. Ko'chmas mulkni xarid qilish uchun kreditlar ajratishning huquqiy mexanizmini o'zida mustahkamlagan ushbu qonun hujjati bank ipotekaviy kreditlash rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Undan ko'zlangan asosiy maqsad ko'chmas mulkka garov qo'yishda yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga solishdan iborat edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 16 fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori doirasida uy-joylar qurilishini uzoq muddatli ipotekaviy kreditlash tizimida bir qator mexanizmlar joriy etildi.
Adabiyotlar ro`yxati:
O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. - T.: 1998, 1999.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. Bank tizimini isloh qilish chora tadbirlari to’g`risida. T.: 1999 yil 15 yanvar.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g`risidagi Qonuni. - T.: Sharq,1997. - 47 b.
Banklar va bank faoliyati to’g`risida. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. T. Sharq, 1997. 48b.