Tishlar jag da joylashishiga ko 'ra, o'z ajratish belgilari va o'z
xususiyatlariga ega. Tishlarni farqlashning 3 ta belgilari mavjud:
1. Toj burchak belgisi. Medial yuza bilan kesuv qirrasi hosil
qilgan burchak, lateral yuza bilan kesuv qirrasi hosil qilgan
burchakdan o'tkirroq bo'ladi;
2. Toj egrilik belgisi. Tish toji vestibular yuzasining eng bortiq,
qabariq qismi medial yuzaga yaqin joylashadi;
3. Ildiz egrilik belgisi. Tish ildizlari kesuv va qoziq tishlarda
lateral tomonga, premolar va molarlarda medio-distal tomonga
egilgan bo 'ladi
tish belgilari
Har bir tishning quyidagi yuzalari bor
Vestibulyar (lab va lunj)
Oral (tanglay va til)
Kesuv (frontal tishlarda)
Chaynov (chaynovchi tishlarda)
Approksimal (medial va distal)
Tishlarning formulasi
Har bir tish o’z o’rniga ega bo’lib bular har xil bo’ladi
Doimiy tishlar adabiyotlarda va tibbiyot hujjatlarida arabcha
raqamlar bilan belgilanadi.
Doimiy tishlaming anatomik formulasi
3212/2123
3212/2123
Doimiy tishlaming klinik formulasi
87654321/12345678
87654321/12345678
VOZ bo' yicha tishlarning klinik formulasi indekslar yordamida ifoda etiladi:
Doimiy
Sut
Tishning ichki qismida tish bo'shlig 'i bo'lib, unda pulpa joylashadi. (cavum dentis) 2 qismga bo'linadi: toj qismi (covum coronale), ildiz qismi (cavum radicis dentis). Ildiz uchi ingichka ildiz teshigi bilan tugaydi (foramen apices dentis).
Tish bo'shlig' ining toj qismi quyidagi qismlarga ajratiladi:
Tomi;
Do'ngliklari;
Devorlari;
Tubi.
Tishning ildiz qismlari quyidagicha:
Kanal;
Cho'qqi teshigi;
Deltasimon yoriqlar.
.
Tish bo'shlig'i ikki: toj va ildiz qismlarga bo 'linadi. Tish bo'shlig i
turli konfiguratsiyada bo'lishi mumkin:
Itip -ildizda 1 kanal, 1 apikal teshik,
II tip - ildizda 2 kanal, 2 apikal teshik
III tip - ildizda 3 kanal, 3 apikal teshik
Kurak va qozią tishlarning ildizlari 1, kanallari ham 1. Pastki
premolarlarda ham 1 ildiz, 1 kanal. Yuqori premolarlarning
birinchisida 72% - 2 ildiz, 2 kanal bor, ikkinchi premolarda 24% 2
ta ildiz, 2 kanali bor.
Yuqori molarlarda 3ta ildiz, 3 kanal, pastkilarida 2 ta ildiz, 3 ta
kanal mavjud. Deltasimon shoxlanishlar 50-93% uchraydi.