Titrimetrik tahlil neytrallash usuli



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə1/3
tarix16.11.2022
ölçüsü58,5 Kb.
#69408
  1   2   3

Titrimetrik tahlil neytrallash usuli

Titrimetrik tahlil. neytrallash usuli

Titrlash

Eritmalar konsentratsiyasini aniqlashning ko’pgina usullari mavjud. Bu usullarni analitik kimyoning miqdoriy tahlil qismi o’rganadi. Tibbiy kimyoda shu usullar ichidan hajmiy tahlilning titrlash usuli keng qo’llaniladi. U tekshirilayotgan eritma tarkibidagi moddaning to’liq reaksiyaga kirishishi uchun zarur bo’lgan konsentratsiyasi aniq eritmadan qancha hajm sarflanishi aniqlashga asoslangan. Konsentratsiyasi aniq bo’lgan eritmalar titrlangan yoki ishchi eritmalar deyiladi.

Titrlash jarayoni deb konsentratsiyasi aniq eritmani noma’lum konsentratsiyali eritma ustiga tomchilatib quyib turishga aytiladi. Titrlash ekvivalent nuqtagacha davom etadi.


  • Ekvivalent nuqta shunday holatki, bunda titrlash vaqtida reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar bir biri bilan ekvivalent miqdorda o’zar tasirlashadi. Shuning uchun reaksiya oxirini bilish yoki ekvivalent nuqtani aniq topish katta ahamiyatga ega . Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikatorlardan foydalaniladi.

  • Indikatorlar shunday moddalarki ular reaksiya vaqtida ishtirok etib ekvivalent nuqtaga yetganda ko’z bilan seza oladigan ( rangini o’zgartirish, cho’kma hosil bo’lishi va h.k) biror o’zgarish hosil qilish xususiyatiga ega . Ba’zan indikatorlar vazifasini reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri bajarishi mumkin

  • Suvdagi eritmalarda kislota-asosli indikatorlar kuchsiz kislota yoki kuchsiz asos xossalarini mamoyon qilib, ularning dissotsiatsiyalanmagan molekulalari bir xil rangda, disotsiatsiyalanganda hosil bo’ladigan ionlar boshqa rangda bo'lish xususiyatiga ega

  • Ishqorning ozgina ortiqcha miqdorda qo’shilishi eritma rangini indikator ionining rangiga aylanishiga olib keladi. Demak indikator rangining o’zgarishi eritmaning pH qiymatiga nog’liq

Indikatorlar o’z rangini asta-sekin o’zgartirishi mumkin bo’lgan pH qiymatining ikki oralig’ishu indikatorning o’tish oralig’I deyiladi. Indikatorning rangini o’zgartirish oralig’ida bo’lgan va titrlash tugagan nuqtasini ko’rsatuvchi pH qiymati indikatorning titrlash nuqtasi deyiladi ( titrlash ko’rsatkichi ). Quyida titrlashning har xil holatlarida eritmaning kislotaligi va asosligining o’zgarishini ko’ramiz


  • Indikatorlar o’z rangini asta-sekin o’zgartirishi mumkin bo’lgan pH qiymatining ikki oralig’ishu indikatorning o’tish oralig’I deyiladi. Indikatorning rangini o’zgartirish oralig’ida bo’lgan va titrlash tugagan nuqtasini ko’rsatuvchi pH qiymati indikatorning titrlash nuqtasi deyiladi ( titrlash ko’rsatkichi ). Quyida titrlashning har xil holatlarida eritmaning kislotaligi va asosligining o’zgarishini ko’ramiz

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin