An’anaviy lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 46 Kb.
səhifə1/13
tarix09.08.2023
ölçüsü46 Kb.
#138999
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ananaviy tahlil metodlari 222]




Qarshi davlat universiteti


Lingvistika: o'zbek tili yo'nalishi

  1. kurs magistranti Abdiyeva Mohinurning

An’anaviy lingvistik tahlil metodlari” mavzusida yozgan
KURS ISHI

Topshirdi: M.Abdiyeva


Qabul qildi: prof. B.Bahriddinova

Qarshi -2022


An’anaviy lingvistik tahlil metodlari
Reja:
Kirish
I BOB. FALSAFIY METODLAR

    1. Dialektik metod

    2. Fenomenologik metod

    3. Sinergetik metod

II BOB. AN’ANAVIY METODLAR TASNIFI
2.1 Sinxronik formal tavsifiy metod, qiyosiy-chog`ishtirma tavsifiy usul
2.2 Mantiqiy grammatika usuli, qiyosiy-tarixiy metod
2.3 Struktural (sistemaviy)tahlil usuli, tipologik umumiylik (lingvistik universaliy)lar tahlil usuli
2.4 Transformatsiyalash (aylantirish)usuli, eksperimental (instrumental) fonetik tahlil usuli


Kirish
Faraz qilamizki, ko`z oldimizda turgan ( bevosita kuzatishda berilgan) bir xarsang tosh yoki qoyani o`rganmoqchimiz - bizni bu toshning butun tarkibidagi o`rni, tarixiy taraqqiyoti, abadiy yoki muvaqqatligi, atrofidagi narsa-hodisalar bilan aloqadorliklarini emas, balki toshning tabiiy xususiyatlarini bilish qiziqtiradi. Boshqacha qilib aytganda, bizni shu xarsang tosh haqida fahmiy bilimlar qiziqtiradi. Bu xarsang tosh serqirra bir narsadir - unga vazn, ko`lam, shakl, tarkib, holat kabi o`nlab belgi-xususiyat xos bo`lib, ulardan har biri o`ziga xos vosita yordamida aniqlanishi va tavsiflanishi mumkin. Masalan, vaznni o`lchash va belgilash vositalari ( tarozu, tortish kuchi, bosim v. h. ) yordamida ko`lamni aniqlah va tavsiflash mumkin emas - vazn va ko`lam bir-biriga o`xshash bo’lmagan alohida mezon va usullar bilan o`lchanadi. Mana shu mezon va usullar xarsang toshning turli qirralarini o`rganish metodlaridir. Masalan, vaznni belgilashning eng oddiy usuli - tarozu va toshlar, o`lchov birliklari hozirgi kunda jamiyatimizda obyektiv tabiatga ega va hamma, dunyoqrashidan qat`iy nazar, ulardan bemalol foydalanadi. Tadqiq metodlari ham shunday - ulardan bir- biriga zid duhyoqarashlarda turgan, turli maqsadlarni ko`zlagan tadqiqotchlar amaliyotda bir xil foydalanishi mumkin. Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Tilshunoslik fanining o’rganish sohasi bo’lgan tilni har tomonlama tahlil qilish fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo etadi.
1. Metod obyektiv bo’lmog’i kerak . Metodning qo’llanish vaqti va o’rnidan qat’iy nazar , natija bir xil bo’lishi lozim. Subyektiv yondashuvlar metod qiymatiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi .
2 . Metod izchil bo’lishi , aniq tushunchalarga asoslanishi lozim .
3 . Metod universal bo’lishi , ya’ni sohaning asosiy bo’limlanishi (kamida to’rtta) tahlil qila olishi kerak .
4 . Metod foydalanish mumkin bo’lgan darajada sodda bo’lishi lozim .
Tilshunoslikda talab darajasida bo’lgan bir necha metod qo’llanadi . Bu metodlar xarakteriga ko’ra ikki xil :

  1. umumiy metodlar .

  2. lingvistik tahlil metodlari .

Ushbu metodlar bir – biriga bog’liq holda ish ko’radi va muayyan xulosalarni bayon etadi . Umumiy metodlar ijtimoiy sohaning barcha ko’rinishlari uchun amal qiladigan metodlardir . Jumladan , umumiydan xususiyga , xususiydan umumiyga , analiz – sintez , oddiydan murakkabga tomon tahlil qilish metodlari deyarli barcha sohalarda amal qiladi .
Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o’zi uchungina xos bo’lib , shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi

Til o`ta serqirra ijtimoiy-ruhiy-fiziologik hodisadir. Uning minglab qirralari, rang-barang ijtimoiy, tabiiy (biologik, fizik, genetik v. b. ), ruhiy hodisalar bilan juda murakkab aloqa-munosabatlari bor. Tilning o`zi ham behad murakkab butunlik bo`lib, uning lisoniy va nutqiy tomonlari, ularning har birining fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis, so`z yasalishi, stilistik qo`llanilish kabi tarkibiy qismlari bor. Tilshunoslik yo`nalishlari (maktablari, oqimlari)ning farqlanishi bevosita shu bilan bogliqdir.Tilshunoslik bo`limlari (sohalari, qismlari - ruscha - разделы, отрасли языкознания) deganda tilning qurilish (struktur) birliklari va ularning o`zaro munosabatlarini o`rganuvchi, tilshunoslik tarkibiga kiruvchi


Odatda, lingvistik tadqiq metodlari tilshunoslikning barcha bo`limlari uchun umumiydir, ya`ni ayni bir usul bilan tilning fonetik qurilishi ham, leksik, morfologik v. b. tomonlari ham tadqiq qilinadi. Chunonchi, tarixiy tilshunoslikda tarixiy fonetika, tarixiy fonologiya, tarixiy morfemika, tarixiy sintaksis, tarixiy stilistika v. b. bo`limlar mavjud. Shu bilan birga tilning ayrim sath birlik (bo`lim, soha)larini o`rganishga ixtisoslashgan tadqiq usullari ham bor. Chunonchi, eksperimental fonetika, semantik sintaksis, lingvistik semantika.


Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin