I Bob. Falsafiy metodlar 1.1.Falsafiy metodlarning eng qadimgisi dialektik va metafizik metodlar sanaladi. Har bir falsafiy konsepsiya metodologik funksiya bajarib, tafakkur faoliyatining o‘ziga xos usuli hisoblanadi. Shuning uchun falsafiy metodlar yuqoridagi ikki metod bilan chegaralanmaydi. Hozirgi kunda ular qatorida analitik (bugungi analitik falsafaga xos), fenomenologik, germenevtik, sinergetik singari falsafiy metodlar qo‘llanilmoqda.
Hozirgi tilshunoslikda yuqorida sanab o‘tilgan falsafiy metodlardan foydalanilmoqda. Shuning uchun ular haqida qisqacha fikr yuritamiz.
Dialektik metodtabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini eʼtiborga oluvchi metoddir. U XVIII asrdan boshlab tabiiy fanlarda ro‘y bergan katta o‘zgarish va bu o‘zgarishning shu kunga qadar borliqni metafizik o‘rganishga zarba berishi natijasida maydonga keldi. Tabiatshunoslikda metafizik tasavvurga Kantning tabiiy nazariyasi, Lomonosovning moddaning saqlanish va harakat qonuni qattiq zarba berdi. Mazkur kashfiyotlar tabiatda o‘zgarmaydigan hech narsa yo‘qligini isbotladi. Ayni paytda, ular falsafiy qarashlarga ham o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida falsafa tarixida Gegel dialektik taraqqiyot nazariyasini olg‘a surdi.Gegelning rivojlanish va o‘zgarish haqidagi nazariyasi dialektika va dialektik metodning shakllanishiga zamin yaratdi. Gegel dialektikasi butun tarixiy va ruhiy olamning jarayon, yaʼni uzluksiz harakatda rivojlanishda, o‘zgarishda, yangilanishda ekanini eʼtirof etdi. Bu o‘zgarishlar, rivojlanishlar, yangilanishlarning manbai ichki zidlanishlar deb qaraldi.
Tabiat va jamiyatning ana shunday rivojlanish, o‘zgarish, yangilanish jarayonlarini ochib berishda, yaʼni dialektikani o‘rganishda qo‘llaniladigan metod dialektik metod sanaladi.
Dialektik metod quyidagi muhim belgilari bilan xarakterlanadi:
1) olamga o‘zaro munosabatda bo‘lgan uzvlardan tashkil topgan butunlik sifatida yondashadi;
2) obʼektga doimiy o‘zgarish holatida, harakatda, rivojlanishda, yangilanishda deb qaraydi;
3) dialektik metod tabiat rivojlanishini sezilmas va sekin-asta ro‘y
beruvchi miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlariga olib keluvchi jarayon sifatida baholaydi.
Dialektik metod metodologik asos bo‘lgan tilshunoslik, eng avvalo,o‘rganilayotgan obʼektda mavjud umumiylik-xususiylik dialektikasini til-butunlik ekanini uzviy tahlil metodini qo‘llagan holda, ichki tarkibiy qismlari o‘rtasidagi ziddiyatlarni oppozitiv metodni qo‘llagan holda ochib beradi. Tilga doimo rivojlanishda, o‘zgarishda bo‘lgan butunlik-sistema sifatida qaraydi.