An’anaviy lingvistik tahlil metodlari


Eksperimental (instrumental) fonetik tahlil usuli



Yüklə 46 Kb.
səhifə13/13
tarix09.08.2023
ölçüsü46 Kb.
#138999
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ananaviy tahlil metodlari 222]

Eksperimental (instrumental) fonetik tahlil usuli
X1X asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan va fizikaning akustika, rentgenologiya bo`limlari inkishofi naijasida tovushning baland-pastligini, cho`ziq-qisqaligini o`lchaydigan ossilograf, ogiz bo`shlig`idagi nutq organlari harakatining aksini beradigan palatograf va rentgenograflarnng ixtirosi bilan uzviy bog`liqdir. Bu asboblar yordamida nutq tovushlari, urg`u va ohangning turli o`rinlarda tallaffuz xususiyatlari haqida aniq ma`lumotlar fizikaviy birliklarda olinadi. Bunday tadqiqotlar mohiyatan fizikaning akustika bo`limi tajriba-sinov uslublari asosida ish tutadi.
Bu usul fahmiy-nominalistik-materialistik metodologiyaga tayanadi.
Tilshunosligimizda instrumental fonetika bilan asosan Ahmadjon Mahmudov va Sora Otamirzayeva shug`llanish
Biz bu yerda tilshunosligimizda keng qo`llanilayotgan va qo`llanilgan ayrim tadqiq va tahlil usulini sanab o`tdik. Aytib o`tganimizdek, tilni turli jihatdan tadqiq etish usul va yo`li juda ko`p. Hozirgi kunda ikki yo`nalishdagi kompyuter lingvistikasida
1) kompyuter yordamida til ta`limi,
2) kompyuter vositasida matnlarni tadqiq qilish va mashina tarjimasi
yo`nalishlarida katta ishlar amalga oshirilmoqda, yangi-yangi tadqiq usul va vositalari ochilmoqda. Bular haqida ma`lumotni Internet tizimidan olasiz. Bu usullar bilan tanishish va ulardan foydalanish esa zamonaviy dasturlash tizimini chuqur bilishni talab etadi.

.


Xulosa
bilish ustiga qo‘yilgan nazariy bilimga asoslanadi. Bilish esa falsafa fanining asosi sanaladi. Nazariy falsafa asoschisi I.Kant uning o‘rganish predmeti narsalar (tabiat va jamiyat) emas, balki insonning bilish faoliyatini ilmiy tekshirishdan, inson aqliy faoliyatini aniqlashdan iborat ekanligini ta’kidlagan edi..
Falsafa insonning o‘z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid bo‘lgan hodisa va voqealar haqida, ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosa-lar chiqarishi demakdir. Falsafiy tafakkur olamidagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o‘zaro bog‘liqlikda va rivojlanishda o‘rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va to‘laroq bilishdir. Falsafa markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi.
Gegel tarixiy jarayonning dialektik xarakterini tadqiq qilar ekan, til taraqqiyotita alohida ahamiyat beradi. U tilni nazariy aqlning yaratuvchisi hisoblaydi, chunki til uningtashqi ifodasi sanaladi.
Insonning sezgi organlari yordamida hosil bo‘lgan bilimi hissiy yoki amaliy bilish sanaladi. Bulardan tashqari, inson xayol surish, nutq yordamida ham bylimga ega bo‘lishi mumkin. Bilishning bu yo‘li quvvai notiqa va quvvai mutahayyila deyiladi. Notiqa quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilarning) etakchisidir. Hissiy bilim bilish jarayonining markaziy nuqtasi sanalsa ham, lekin u ko‘pincha aldab qo‘yishi mumkin. Masalan, Quyosh yer atrofida aylanayotganday ko‘rinadi, aslida esa aksincha.
Shuning uchun bizning ajdodlarimiz hissiy bilish bilan idrokiy bilishni ajratganlar. Idrokiy bilish xissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy bilimlarning hosil bo‘lishiga asos bo‘lgan orazlar) (aksidensiyalar) zamirida yashiringan mohiyatni — javharni aniqlash orqali hosil qilinadi. Masalan, tanada isitmaning ko‘tarilishini aniqlash hissiy bilim sanaladi. Lekin har qanday harorat o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uning ma’lum ichki sabablari bor. Ana shu sababni aniqlash isitmaga o‘xshash, u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha hissiy bilimlarni solishtirish, qiyoslash, umumlashtirish orqali amalga oshiriladi va isitma nimaning alomati ekanligi aniqlanadi.
Solishtirish, qiyoslash, mantiqiy umumlashtirish orqali hosil qilingan bilim idrokiy, nazariy bilim sanaladi. Bu bilim orqali orazlar zamiridagi javhar belgilanadi. Har qanday fan ana shu belgilarni keltirib chiqaradi. Bundan ko‘rinadiki, hissiy (faxmiy) bilim tajriba, amaliyot, bevosita kuzatish bosqichi sanalib, haqiqiy nazariy (idrokiy) bilim amaliy bilimlarning o‘zaro mun nosabatini o‘rganish, umumlashtirish orqali hosil qilinadi va bu bilimga ega bo‘lish har qanday fanning bosh maqsadidir. Bilishning bu ikki bosqichi hozirgi davrdan barcha fan vakillari tomonidan e’tirof qilinadi. Jumladan, tilshunoslikda ham bu ikki usulga amal qilinadi. Qaysi usulga tayanishga ko‘ra tilshunoslik amaliy va nazariy tilshunoslikka bo‘linadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


1.Nazariy tilshunoslik masalalari. O`quv-uslubiy qo`llanma. – Samarqand, 2021.
2.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.
3.Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: O`qituvchi, 1972.
4. Jamolxonov N. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005.
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. –Toshkent: Universitet, 2006.
6. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo`nalishlari. – Toshkent: Ta`lim, 2009.
8. Tolipova J., G`ofurov A. Biologiya o`qitish metodikasi. – Toshkent, 2004.
9. Jalolov J. Chet tili o`qitish metodikasi. – Toshkent: O`qituvchi, 2012.
10.Qosimova.K,Matchonov.S.- Ona tili o`qitish metodikasi.- Toshkent : Nosir ,2009.
11.Ne`matov.H, B.Mengliyev, Hamroyeva .SH. Tilshunoslikning metodologik masalalari ,-Monografiya. Toshkent-2020.
Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin