An’anaviy lingvistik tahlil metodlari


Transformatsiyalash (aylantirish)usuli



Yüklə 46 Kb.
səhifə12/13
tarix09.08.2023
ölçüsü46 Kb.
#138999
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ananaviy tahlil metodlari 222]

2.4Transformatsiyalash (aylantirish)usuli
Distributiv tahlil usuli doirasida shakllangan bo`lib, oddiy sintaktik qurilmalardan murakkabroqlarini, bir turdagi sintaktik qurilmadan boshqa turdagisini ma`lum qoidalar asosida hosil qilish yo`l va vositalarini tadqiq va tahlil etishga mo`ljallangan. Bu tahlil usulida markaziy (asosiy, ilk sodda) birlik (odatda aniqlik mayli, umumiy zamon, umumiy shaxs va son shakl va ma`nolaridagi gap yoki, masalan, aniq nisbatli qurilma v. h. ) tanlanib, shu qurilmadan boshqa ma`noli va vazifali qurilmalarning hosil qilish chizmalari (chunonchi, ko`chirma gapli qurilmalardan o`zlashtirma gapli qurima hosil qilishchizmasi) aniq belgilanadi, kodlashtirib, modellashtiriladi. Bunday model (qurilma,chizmalar) samarasi avtomatik (mashina, kompyuter) vositasida ma`lum bu dastur asosida bir qurilmadan ikkikinchisini to`g`ri hosil qila olish bilan belgilanadi.

Bu tahlil usuli mashina tarjimasida, matnlarni avtomatik tahlil jarayonlarida keng qo`llaniladi, ko`p holda injener (kompyuter) lingvistikasi va matematik lingvistika bilan qorishib ketadi. Bu tahlil usuli bilan fanimizda qisman Sobirjon Muhammedov (injener lingvistikasi yo`nalishida ) va Sattor Mahmatqulov shug`ullanishgan



Komponent tahlil usuli
Mohiyatan kimyo fanida moddalarni ularni tashkil etuvchi kimiyoviy unsurlarga ajratish bilan o`xshash bo`lib, tilshunoslikda asosan, deskriptiv va funksional lingvistika ichida shakllangan tahlil usulidir. Bu usul ma`noli lisoniy birliklar (morfema va leksemalar)ning ma`nolarini tarkibiy qismlarga (semalarga) ajratib, bu birliklar ma`lum lisoniy paradigmalarda qaysi tarkibiy qismi (semasi) bilan kirishi va qaysi semasi bilan farqlanishining tahlil va tavsifini beradi. Ma`lum paradigmani tuzuvchi, birlashtiruvchi semalar integral (birlashtiruvchi, umumiy), paradigmalarda har bir birlikni ajratuvchi semalar esa differensial (farqlovchi) sema deyiladi. Chunonchi, siralari qarindoshlikni atovchi ma`noli bo`lagi (semasi) asosida birlashib, erkak/ayol jinsiga mansublik semasi bilan farqlanadi.
Bir lisoniy birlik turli semalari asosida turli-tuman paradigmalardan o`rin egallashi sababli (chunonchi, ona-xola, ona-buvi, ona-qiz, ona-opa v. h. ) bu lisoniy birlikning turli paradigmalardagi differensial semalari uning umumiy lisoniy ma`nosida birlashtiriladi (komponent sintez) va kontekstual tahlil usuli vositasida har bir semaning kuchayish va zaiflashish o`rinlari (relevant va irrelevant pozitsiya va holatlari), minimal, qulay va noqulay kontekstlari (voqelanish sharoitlari) aniqlanadi.Bu usul idrokiy-dialektik-idealistik metodologiyaga tayanadi.
Statistik usul
Bu usul asosan har xil katta-kichiklikdagi matnlarda ayrim-ayrim lisoniy hodisalsrning ( tovush, harf, bo`gin, so`z, olinma va o`zlashmalar, yangi va eskirayotgan so`z-u qo`shimchalar, har xil qurilmalar v. h. ) qo`llanilish miqdorini aniqlash uchun qo`llaniladi. Bu usul tadqiqotchini qiziqtirgan hodisa, uning xillarining ma`lum bir turdagi matnda ishlatilish miqdorini sanash va mutanosiblik (proporsiya) asosida qo`llanilish chastotasini aniqlashga xizmat qiladi. Uning natijalari til ta`limida lisoniy birliklarning berish tartibini va bosqichlarini belglashda, lug`at, qo`llanma va mashina tarjimasi dasturlarini tuzishda juda ham foydalidir.
Bu usul fahmiy-nominalistik-materialistik metodologiyaga tayanadi.
O`zbek tilshunosligida statistik tahlil usullari bilan jiddiy shug`llangan olimlar Ilya Kissen (adabiy nutqda faol so`zlar chfstotasi), Bahrom Bafoyev (Mir Alisher Navoiy asarlari leksikasi) va Sunnatilla Rizayevlardir (harf, tovush, so`zlar chastotasi). O`zbek tili tarixiy yodgorliklarining, ayrim adiblar asarlarining lisoniy xususiyatlari tavsifiga bag`ishlangan kopgina ishlarda statistik usuldan keng foydalaniladi.

Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin