Qiyosiy-chog`ishtirma tavsifiy usul Tilshunoslik tarixidan ma`lumki, bu fanning rivoji qadimgi hindlarda ham, yunon-u rimliklarda ham, arablarda ham qonunlashtirilgan (muqaddaslashtitilgan, ilohiy) asarlarni (yunoniylarda Homer asarlari, hindlarda vedalar, islomiy o`lkalarda Qur`oni karim) to`g`ri - diniy odat talab qiladigan - shaklda o`qish-uqish bilan bog`liqdir. Bu esa me`yoriy imlo va talaffuz bilan, bir tomondan, sheva (jonli so`zlashuv) nutqi farqlarini aniqlash va tavsiflashni, ikkinchi tomondan, o`zga xalqlar va o`z (diniy) tillarini qiyoslashni talab etardi. Cunki bu dinni o`zga xalqlar qabul qilgach, bu xalqlarga o`z ona tillarida din asoslarini ommalashtirish vazifasi turardi. Bu esa,o`z navbatida, bu xalqlar tilini o`z (diniy) tillari bilan qiyoslashni, lug`at va qo`llanmalar tuzishni talab qilar edi. Qadimgi hindlarda eramizdan oldingi V–IV, yunonlarda e. o. IV–I, arablarda eramizning VIII-IX asrlarida qiyosiy-tavsiviy usulning rivojlanish sababi shunda. Bu usulning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
- Til ilohiy (g`ayritabiy) hodisa bo`lib, uning yashash va rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari bilan uzviy bo`gliqdir.
- Me`yoriy talaffuzni akustik-artikulasion, kombinator, pozitsion o`zgarishlar jihatlardan mufassal tavsiflash va sharhlash, har bir mustasno holatlarni va variantlilikni qayd etish va tushunturishga, asoslashga imtilish,
- so`zlarning turli-tuman qoshimchalar bilan birikishlarini tavsiflash, so`z va qo`shimchalarni farqlash,
- sheva va o`zaro yaqin bo`lgan tillar orasida tovush almashinuvlari va mos kelishlarini tavsiflash,
- qat`iy belgilangan adabiy til me`yorlarini ishlab chiqish va ularga rioya qilish va o`rgatish metodikasini shakllantirish,
- rasmiy diniy til,talaffuz, imlo bilan shevalar va boshqa tillar orasidagi farqlarni ilg`ay olish va chog`ishtirma - bir tilda ifodalangan ma`no yoki vzifani boshqa tilda qanday usul va vosita bilan berilishi mumkinligi aniqlash ustida izlanishlar olib borish,
- bir tilli (izohli) va ko`p tilli tarjima lug`atlari tuzish.
Bu tadqiq va tavsif usulidan foydalanishda arab (islom) tilshunosligi VIII–IX asrlarda juda katta yutuqlarni qo`lga kiritib, Yevropa tilshunosligi lingvistik tahlilga XIX asrning o`rtalarida olib kirgan p a r a d i g m a tushunchasini Y111 asrdayoq ochdi va arab tilining morfologik tavsifida undan juda keng foydalandi Arab tilining murakkab morfologik tizimi 5–6 ta fe`lning formalari siralari sifatida tavsiflandi. Arab tili morfologiyasini sodda va ixcham jadvallar sirasi sifatida berish an`anasi o`sha davrlarda shakllandi va hozirgacha arab tilshunosligida amaldadir. XX asrda shunday paradigmalar asosida struktural tilshunoslikning eng asosiy tushunchalaridan biri - paradigma va paradigmatik munosabatlar rivojlantirildi. Arab tilshunosligida asosan shaklga ko`p e`tibor berilgan bo`lsa, structural tadqiqotlarda asosiy diqqat mazmun va vazifaga qaratildi.
Bu tadqiq usulining metodologik asosi fahmiy-nominalistik-materialistik bo`lib, paradigmalarni ajratish va tavsiflashda idrokiy bilimlardan keng foydalaniladi. Tilning kelib chiqishi masalalarida bu usul diniy-ruhoniy nuqtayi nazarda turadi.
Arab tilshunosligi yutuqlari va an`analarida ta`lim olgan Mahmud Koshg`ariy, Mahmud Zamahshariy, Abu Hayyon, Ibn Muhanna kabi turkiyshunoslar ham asarlarida shu tahlil usulidan foydalanishgan, shu asosda turkiy tillar tavsiflarini berishgan94.
X-XIV asrlarda arab (islom) tilshunosligi doirasida shakllangan va rivojlangan eronshunoslik va mo`g`ulshoslikda ham yetakchi tadqiq usuli qiyosiy-chog`ishtirma metod edi.
XIX-XX asrlarda turkiy xalqlar va ularning tillari rus davlati va tili bilan yaqin munosabatlarga kirishgach,tirkiy va rus tillarining qiyosiy-chog`ishtirma o`rganish jarayonida bu metod zamonaviy (o`z davri) tahlil va tavsif talablari bilan mukammallashtirildi va sovet chog`shtirma tilshunosligida ma1lum bir taraqqiyot bosqichini belgiladi - 1930-70-yillarda rus tilshunosligida rus va muayyan turkiy tillarni, milliy turkiyzabon tilshunosliklarda (o`zbek, totor, boshqird, qozoq, ozorbayjon, chuvash v.h. tilshunosliklarida) nilliy turkiy tillar va rus tili qurilishini chog`shtirma o`rganish yo`nalishlari rivojlandi.