An’anaviy lingvistik tahlil metodlari


Metafizik (lot. fizikadan keyin) metod



Yüklə 46 Kb.
səhifə3/13
tarix09.08.2023
ölçüsü46 Kb.
#138999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ananaviy tahlil metodlari 222]

Metafizik (lot. fizikadan keyin) metod obʼektni ajralgan holda, o‘zaro munosabatidan tashqarida o‘rganadi. Obʼektning ichki o‘zgaruvchanlik xususiyatini eʼtiborga olmaydi. Shuning uchun butunni tashkil etgan ichki aʼzolarning ziddiyatli munosabatlari, bu zidlanishlarning obʼektni rivojlantiruvchi, o‘zgartiruvchi kuch ekanini nazardan chetda qoldiradi. Tabiat barqaror, o‘zgarmas xususiyatga ega, uning taraqqiyot jarayoni miqdor o‘zgarishlari sifat o‘zgarishlariga olib kelmaydigan oddiy o‘sish deb baholaydi. Obʼektlarning taraqqiyot manbai ichki ziddiyatlar emas, balki tashqi qarama-qarshi kuchlar ekanini eʼtirof etadi.Tilshunoslikda o‘rganilayotgan obʼektning faqat o‘ziga qarab, boshqa shunga o‘xshash obʼektlarga bo‘lgan munosabatlaridan tashqarida, ichki tarkibiy qismlari o‘rtasidagi zidlanishlarni (oppozitiv munosabatlarni) eʼtiborga olmasdan tavsiflash lingvistika faniga umumiy falsafiy metafizik metodni qo‘llash hisoblanadi.


1.2 Fenomenologik metod.
Fenomenologiya (yun. phaiomenon – «mavjud”, logos – «taʼlimot”) fenomen yoki hodisalar nazariyasidir. Uning asoschisi Edmund Gusserl bo‘lib, Martin Xaydegger tomonidan rivojlantirilgan. Fenomenologiyaning tekshirish metodi fenomenologik metod sanaladi. Uning bosh maqsadi borliqdagi voqea va hodisalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha taʼriflashdir. Masalan, qalam yozuv quroli. Ayni paytda, ayollar qoshini bo‘yash uchun ham ishlatiladi. «Borliqdagi narsalar bizga qay tarzda namoyon bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish va taʼriflash” fenomenologiyaning asosiy maqsadi bo‘lganidan fenomenologik metod asosida qalamga ikki xil taʼrif berish mumkin: 1) yozuv quroli; 2) kosmetik
qurol.Fenomenologiya falsafiy taʼlimot sifatida XX asrning 20 – 30-yillarida E.Gusserl g‘oyalari taʼsiri ostida ilk bor Germaniyada shakllandi. Fenomenologiyaning tanqidiy tig‘i tabiiy fanlar tomonidan taʼriflangan hodisalarnigina haqiqat deb qarashga qarshi yo‘naltirilgan. Shuning uchun qalamni atomlarning muayyan yig‘indisi deb tushunish xato deb hisoblanadi. Fenomenologiya ko‘pincha oddiy voqealarni taʼriflaydi: don yanchish, ot taqasini qoqish, xat yozish kabi. Bular haqiqiy hayotiy olam va uning uzvlari (fenomenlari) sanaladi. Kundalik buyumlar, fikrlar, hodisalar, lingvistik hodisalar ham fenomenlar sifatida qaraladi. Fenomenologik nuqtai nazardan muayyan subʼekt tomonidan foydalanilgan til, yaʼni nutq moddiy dunyoning bir qismini tashkil qiladi. Nutq tarkibida so‘zlovchi maʼlum bir so‘zni qaysi maʼnoda ishlatgan bo‘lsa, shundayligicha izohlash fenomenologik metodning maqsadi sanaladi. Demak, so‘zlarning pragmatik amallarini belgilash fenomenologik metodning vazifasiga kiradi.Fenomenologiya bilan germenevtika uzviy aloqadordir. Har ikkisi matnni tushunish bilan bog‘liq. Demak, lingvistik pragmatika uchun har ikki metod metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin