An’anaviy lingvistik tahlil metodlari



Yüklə 46 Kb.
səhifə4/13
tarix09.08.2023
ölçüsü46 Kb.
#138999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ananaviy tahlil metodlari 222]

Germenevtik metod. Germenevtika (yun. hermeneutike, hermenio –«tushuntiraman”) matnlarni tushunish, talqin qilish sanʼati, uni talqin qilish tamoyillari haqidagi taʼlimot sanaladi. Uning tekshirish metodi germenevtik metoddir.Hozirgi kunda germenevtika gumanitar fanlarning metodologik asosi hisoblanadi. Matnda muallifning nima demoqchiligini o‘quvchi tomonidan to‘g‘ri tushuna olish germenevtikaning vazifasi.Germenevtika ildizlari antik davrlarga borib taqalsa-da, mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asrda nemis mutafakkirlari F.Shleyermaxer va V.Diltey asarlari orqali shakllandi. Bu yo‘nalish XX asrda nemis olimi G.G.Gadamer va fransuz olimi P.Rikyor tomonidan rivojlantirildi. G.G.Shpet mazkur taʼlimotning ko‘p asrlik tarixini tadqiq etgan bo‘lsa, M.M.Baxtin o‘zining «Gumanitar fanlarning falsafiy asoslariga doir”, «Adabiyotshunoslik metodologiyasiga doir”, «Gumanitar fanlar metodologiyasiga doir” kitoblari orqali uni ommalashtirdi.Germenivtikaning markaziy tushunchasi tushunishdir. Shleyermaxer o‘zi kashf etgan germenevtik doirani talqin qilishning asosiy tamoyili hisoblaydi. Bunga muvofiq, butunlik (masalan, matn)ga xos ruh uning alohida qismlarida ham o‘z taʼsirini qoldiradi. Bo‘laklar butunlik asosi,
butunlik esa bo‘laklarning ichki uyg‘unligi sifatida tushunilishi lozim.2Gadamer fikricha, tushunish, eng avvalo, nutq orqali amalga oshadi. Demak, tushunish shaxslararo munosabatda voqelanadi. So‘zlovchi yoki adibning matn orqali nima demoqchiligini tinglovchi tomonidan to‘g‘ri tushunish germenevtikaning vazifasi sanaladi. Nutq gaplarning, gap esa so‘zlarning sintagmatik munosabatidan tashkil topadi. Demak, har qanday nutq butun va bo‘lakning shajaraviy munosabatidan tashkil topadi. Bunda butunga xos umumiy mazmun bilan bo‘lakka xos xususiy mazmun ishtirok etadi. Gadamerning taʼkidlashicha, bir butun matnni tushunish, uning tarkibidagi so‘zlar yig‘indisi asosida tushunish emas, u aytilgan axborot yaxlitligidan kelib chiqadigan hodisadir. Har qanday nutq shakl va mazmun o‘rtasidagi munosabatdan tashkil topgan butunlik bo‘lib, uning har ikki tomoni o‘ziga xos ichki tuzilishga ega. Mazkur ikki tomonning ichki tuzilishi ko‘p hollarda bir-biriga muvofiq kelmaydi. Masalan, Eshigingizga qulchilikka keldik gapining sintaktik tuzilishi bilan mazmuniy tuzilishi bir-biriga mos kelmaydi. O‘zbeklarning nutq odobi, urf-odatini bilmaydigan o‘zbek tilini o‘rganayotgan shaxs gap tarkibidagi so‘zlarning alohida-alohida maʼnolaridan butunga xos umumiy maʼnoni chiqarolmaydi.Bir qator gaplarda yuza maʼno ostiga tag maʼno yashiringan bo‘ladi. Ayniqsa, ana shunday sharoitda tinglovchiga tilni tushunish ko‘nikmasi kerak bo‘ladi. Agar mazkur ko‘nikmaga ega bo‘lmasa, matnni to‘g‘ri
tushunolmaydi. Shu bilan birga, alohida nutq parchasini butundan uzib olinganda ham, bu nutq parchasidan so‘zlovchining maqsadini to‘g‘ri tushunib bo‘lmaydi. Shuning uchun matnni butun va bo‘lak munosabatini eʼtiborga olgan holda o‘rganish bo‘lak mazmunini to‘g‘ri tushunishga yordam beradi.Ko‘rinadiki, germenevtika hozirgi davrda rivojlanib borayotgan lingvistik pragmatika uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin