Qiyosiy-tarixiy metod
Tillar oilalari va katta guruhlari orasidagi qarindoshlik, o`xshashlik, farqlarning kelib chiqish sabablarini o`rganishga ixtisoslashgan tadqiq usullari majmuasi bo`lib, tillarning qiyosiy-chog`shtirma usul asosida qo`lga kiritilgan tavsiflardan yangi maqsad va vazifalarda foydalanishni ko`zlaydi. Tilshunoslikda F. Gegel obyektiv idealizmi, biologiya taraqqiyoti va Charlz Darvin ta`limoti, Yevropada bozor iqtisodiyoti rivoji bilan uzviy bog`liq bo`lgan naturalizm va psixologizm ta`sirida XIX asrning boshlarida shakllangan. Buyuk namoyandalari Frans Bopp, Rasmus Rask, Yakob Grimmdir. R. Raskning ilk tadqiqototidan (1814 yil) XX asrning boshlarigacha bu metoddan asosiy tahlil usuli sifatida foydalangan tilshunoslik kamida uch taraqqiyot bosqichini bosib o`tdi va o`ziga xos yo’nalishlarni berdi. Bular:
1) ilk komparativistik (F. Bopp, Y. Grimm , Xristofor Vostokov v. b.),
2) naturalistik (August Shleyher, Morits Rapp, Maks Muller v. b. ),
3) yosh grammatik -individual psixologik (Hermann Osthof, Karl Brugmann Hermann Payl, Aleksandr Potebnya, Vassiliy Radlov v. b. ).
Bu bosqichlarning har biri o`z oldiga alohida maqsadlarni qo`yishi, xususiy tadqiq usullariga hamda tayanch falsafiy-metodologik asoslarga ega bo`lishiga qaramay 98, ko`pgina jihatlardan - m e t o d nuqtayi nazaridan o`xshashdir va fanimizda odatda qiyosiy-tarixiy tilshunosliknung ichki yo`nalishlari sifatida baholanadi.
Bu metodning asosiy tamoyillari:
- tilni tabiiy-ryhiy hodisa deb tushunish,
- tillar orasida oilaviy munosabatlarga o`xshash qarindoshlik aloqalari mavjud bo`lib, tillararo o`xashashlik shu qarindoshlik natijasidir;
- o`zaro qarindosh tillar, asosan, bir umumiy tilning (bobo tilning, Ona tilning /prayazikning/) bo`linishi asosida shakllangan. Shuning uchun tillar Ona til (bobo til) va farzand tillar (bola tillar)ga bo`linadi; bola tillar mustaqil taraqqiyot natijasida va boshqa tillar ta`siriga uchrab, bobo tildan va boshqa bola tillardan uzoqlashadi, mustaqillik kashf etadi;
- o`zaro qarindosh tillar orasida tovush mos kelish qat`iy qonunlari mavjud bolib, bu qonundan har bir mustasno, albatta, sharhlashi lozim;
- tillarning o`zaro qarindoshligi mana shu tovush mos kelish qonunlari va tillararo umumiy qadimiy o`zaklar asosida belgilanadi;
- qarindosh tillar morfologik tipologiya jihatdan o`xshash bo`ladi va tillarning flektiv, agglutinativ, amorf, polisintetik kabi morfologik tiplari ajratiladi;
- til biologik organizm sifatida tushuniladi va biologik organizm qonuniyatlari asosida yashaydi, rivojlanadi deb yondashiladi;
- o`lik va jonli tillar farqlanib, tilshunoslar diqqati, asosan, o`lik tillar tadqiqiga qaratiladi; fanning oliy maqsadi bobo til tazimini tiklash sanaladi. Shuning uchun bu tilshunoslik maxsus rekonstruksiya (hech bir yodgorlikda qayd etilmagan shakl, so`z va qurilmalarni tiklash) qonuniyatlarini ishlab chiqqan va shu asosda bobo til shakllari va so`zlarini tiklagan. Shu bilan bog`liq ravishda bu tilshunoslik so`z va qo`simchalarning kelib chiqishi (etimologiyasi) tadqiqiga juda ko`p e`tibor bergan;
- tadqiq jarayonida tillarning faktik materiallari hamisha qiyoslab o`rganiladi;
- bu usul bilan uzviy bog`liqlikda tilning har bir fonetik, morflogik, leksik birligi tarixi va o`zgarishlari alohida-alohida o`rganiladi.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning metodologik asosi , asosan, idrokiy-dialektik-ruhoniydir.
Odatda yosh grammatiklar (Leypsig tilshunoslik maktabi namoyandalari - turkiyshunoslikda Vasiliy Radlov maktabi)ning ta`limoti ham qiyosiy-tarixiy metodga tayanganligi sababli shu tilshunoslik doirasida ko`riladi. Lekin yosh grammatiklarda bu metod tamoyillari ilk komparativist va naturalistlardan tamoman farq qiladi. Jumladan, yosh grammatiklar tilga individual-psixik (shaxsiy-ruhiy) hodisa deb qaraydilar va uning rivojlanishida analogiya (o`xshashlik, ergashish) va tejam, qulaylikni hal quluvchi omil deb sanaydilar. Ular jonli so`zlashuv tiliga ko`proq e`tibor berish, tahlil jarayonida xayoliy rekonstruksiyalarga emas, jonli til hodisalariga tayanish lozimligi, tillararo o`xshashlik faqat qarindoshlik asosidagina emas, o`zaro ta`sir zaminida ham yuzaga kela olishi, tillarning nafaqat bo`linish, balki qo`shilish natijasida ham vujudga kelishi kabi g`oyalarni ilgari surishgan.
Yevropa fanida Yevropada haqiqiy ilmiy tilshoslik shu metodning shakllanish va rivojlanishi bilan bog`liq deb sanaladi.Bu bejiz emas - tilshunoslikning barcha zamonaviy yo`nalishlari shu metodning u yoki bu ko`rinishda o`zgartirish asosida shakllangan va rivojlangan Jumladan,stukturalizm asoschilari deb sanaladigan Ferdinad de Sossur va Ivan Boduen de Kurtene shu yo`nalishning yosh gramatiklar tarmog`dan yetishib chiqqanlar.Filipp Fortunatov nomi bilan bog`liq bo`lgan formal tahlil yo`nalishi ham o`z mansaini shu tilshunoslik namoyandalaridan oladi.Turkiyshunoslikda V.V.Radlov maktabi nomini olgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bu metodning yosh grammatiklar yo`nalishi tamoyillari bilan ish ko`rgan.O`zbek tilshunosligida XX asrda ommalashgan sinxronik formal tavsif usuli yosh grammatiklar tavsif usulining qiyosiy-tarixiylikdan sinxronik tavsifiy zaminga o`tkaish natijasida shakllangan.
Dostları ilə paylaş: |