Glottoxronologik metod
Til doimo o‘sishda, rivojlanishida bo‘lgan dinamik hodisadir. Ana shunday o‘zgarishlar davrlar o‘tishi bilan yig‘ilib, miqdor o‘zgarishi sifat o‘zgarishiga olib keladi. Farqli elementlar ko‘payib, bir til bag‘ridan ikkinchisi ajralib chiqadi. Ana shunday ajralish davrini tarixiy materiallar bilan tasdiqlash mumkin bo‘lmagan vaqtda boshqa metodlarga ehtiyoj seziladi. Lingvistik vositalar yordamida tilning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyot davrlarini belgilash leksikostatistik yoki glottoxronologik metod sanaladi. Mazkur metod Amerika olimi Moris Svodesh tomonidan qo‘llanilgan. U biologiya fanlaridagi radiouglerod yordamida yoshni belgilash metodini tilshunoslikka olib kirdi. Har qanday jonli organizmda (hayvonlarda, o‘simliklarda va boshq.) maʼlum miqdorda radioaktiv uglerod mavjud. Bu modda organizm o‘lishi bilan asta-sekin muayyan tezlikda tarqala boshlaydi. O‘lik organizmdagi uglerod miqdorini o‘lchash orqali uning o‘lganiga qancha vaqt bo‘lganini aniqlash mumkin. Ana shu yo‘l bilan arxeologik yodgorliklar yoshi aniqlanadi.
Substansial (formal-funksional) tahlilmetodi
Struktural tadqiq metodining Praga lingvistik to`garagi (funksional lingvistika,Praga strukturalizmi) tamoyollariga ongli va izchil dialektik tahlil va talqin usulini tatbiqi, ilmiy tushunchalarini dialektik mantiqning ilmiy tuchunchalarga qo`yadigan talablari asosida shakllanturuvchi bu metod
Tipologik umumiylik (lingvistik universaliy)lar tahlil usuli
Bir-biri bilan yaqin (qarindosh) yoki uzoq, o`zaro aloqalarda bo`lgan va bo`lmagan tillarning qurilishi, u yoki bu turdagi ma`no va vazifalarni ifodalashdagi umumiylik (o`xshashlik) va farqlarni (xususiyliklarni) qiyoslab o`rganish usuli bo`lib, o`z ildizlari bilan qiyosiy-chog`ishtirma, mantqiy grammatika, qiyosiy-tarixiy usul va glossematika tushuchalari bilan aloqadordir. Eng asosiy tushunchalari t i l u s t i l i k (metatil, metayazik) va lingvistik u m u m i y l i k lardir. Lingvistik u m u m i y l i k lar boshqa yo`nalishlarning ong (tafakkur) kategoriyalariga qisman to`g`ri keladi. Tilustilik (metatil) deganda tabiiy tildan yuqori turgan va nutq ijtimoiy faoliyatida ifodalanishi zarur bo`lgan tushuncha, aloda-munosabat va vazifalar majmuasi tushuniladi. Bu tushuncha, aloqa-munosabat va vazifalarnig har biri alohida olinganda lingvistik umumiylik sanaladi.
Tipologik tadqiqotlarda qiyoslanadigan haqqoniy (real) til (obyekt-til) larda shu umumiylikning ifodalanish vosita, usul, shakl, ko`rinishi va vazifalari qiyoslanib, har bir qiyoslanayotgan tilning qurilish xususiyatlari haqida tegishli xulosalar chiqariladi.
Bu tahlil usuli bilan tilshunosligimizda Abduzuhur Abduazizov, Jamoliddin Bo`ronov, Ne`mat Turniyozov, Shahriyor Safarov, Sano Saidov, Mohira Saidova, Muhammadjon Fayzullayev kabi, asosan, rus va G`arbiy Yevropa tillari bo`yacha mutaxassislar shug`ullanishgan.
Biz yuqorida o`zbek tilshunosligida ancha keng amalda va ma`ruzachiga tanish bo`lgan atigi 6 nisbatan alohida lingvistik tadqiq yo`l va usullari bilan tanishib chiqdik.Fanimiz amaliyotida bo`lgan deskriptiv, glossematik, psixologik, antropolingvistik, sof semsntik, semiotik lingvistika kabi an`anaviy, kompyuter lingvistikasi va mashina tarjimasi kabi hozirgi kunda yangi fan - kibernetika tarkibiga kirib ketgan sohalar haqida hech narsa demadik, chunki bular to`g`risida fikr yuritish - hatto oddiy tavsif berish m a x s u s tayyorgarlikni talab etadi.
Bu yetakchi metodlar tilshunoslikning alohida maлtab va yo`nalishlarini belgilaydigan, nisbatan mustaqil tahlil usullaridir. Shular bilan birga fanimizda juda ko`p amaliy (operatsion) tahlil usullari borki, ular fanda mustaqil yonalish va maktablarni (tilshunosliklarn) shakllantirmaydi, balki tilshunoslik yo`nalishlari ichida ma`lum bir maqsadlarga erishish, ma`lum bir turdagi ma`lumotlarni qo`lga kiritish uchun xususiy sohalarda qo`llaniladii.Odatda bunday x u s u s i y tahlil usullari ham metod deb ataladi.Lekin bu metodlarni biz yuqorida sanab o`tgan va fanning alohida yo`nalishlarini shakllantiradigan M E T O Dlar bilan tenglashtirish mumkin emas. Shunday qo`shimcha (operatsion) tahlil usullaridan ayrimlari bilan tanishib o`tamiz:
Dostları ilə paylaş: |