Ilm maskanimiz hayotidan



Yüklə 293,97 Kb.
səhifə1/5
tarix28.03.2023
ölçüsü293,97 Kb.
#90819
  1   2   3   4   5
ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN

ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN

  • Ilm nima?
  • Ilmga ta’rif berishdan oldin uni hosil qilish haqida fikr yuritsak. Odamzod ilmni o’rganish orqaligina hosil qiladi. O’rganish esa kishining tafakkuri narsa va hodisotlarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishidir. Ilmni Odam bolasi yaratilgandan boshlab to’xtovsiz ravishda o’rganadi. Hatto o’lim ham insonni o’rganishdan to’xtatib qo’ya olmaydi. Jannat va do’zax hayotida ham o’rganish jarayoni to’xtovsiz va abadiy davom etadi. Ilmni qisqacha biz o’rgangan narsa yoki narsalarning majmuyi desak bo’laveradi. Oyoq kiyimni to’g’ri kiyishdan to quyoshning radiusini bilishgacha bo’lgan barcha narsa (undan uyog’i ham) ILMdir.
  • Biz o’rgangan ilm qanchalik to’g’ri?
  • Bizga yoshligimizda o’rgatilgan yoki o’zimiz ixlos qo’ygan ustozlarimiz aytgan juda ko’p narsalarni ishonch bilan to’g’ri va haq deb bilamiz. Aslida esa har doim ham bunday bo’lmasligi mumkin. Gapimni isboti o’laroq so’nggi 20 yilda tabiiy fanlar sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni misol qilib keltirishim mumkin. Shu kunlargacha insoniyat bu sohalarda anchagina yanglish tushunchalar bilan yashab kelayotgani aniqlandi va hozirda ham fanda kamchiliklar yo’q emas. Shuningdek olimlar o’z tajribalari orqali ilmiy isbotlab bergan narsalarni qonuniyat tarzida qa’bul qilib biz o’zimizdagi ilmni boyitib boramiz.

“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q , va hechqachon bo‘lmagay”

  • Inson kim ekanini bilamizmi? Inson Alloh taolo yaratgan maxluqotlari orasida eng oliysi bo‘lib, aql bilan siylangandir. Yer yuzidagi barcha narsalar unga xizmat qilish uchun buysundirib qo‘yilgan va u barcha narsalardan afzal etilgan va butun zamin, obod etsin deb, insonning qo‘liga topshirilgan. Qur'oni karimda shunday deyiladi:
  • “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga (ot-ulov va kemalarga) mindirib qo‘ydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O‘zimiz yaratgan ko‘p jonzotlardan afzal qilib qo‘ydik”.
  • Insonning borlig‘i jism va ruhdan tashkil topgan. Kishi ushbu ikki unsur uchun berilgan ne'matlar ichida yashaydi. Jismoniy ne'matlar sihat-salomatlik, yaxshi taom, chiroyli libos, farovon turmush kabilardan iborat bo‘lib, bu ne'matlar barcha bandalarga barobar berilaveradigan narsalardir.Ruhoniy yoki ma'naviy ne'matlar imon, axloq, insofu-tavfiq kabi ijobiy sifatlardan iborat bo‘lib, bu ne'matlar faqat Alloh taoloning inoyatiga musharraf bo‘lgan bandalarigagina nasib bo‘ladi. Bu inoyatga bizni eltuvchi yagona vosita esa haqiqiy asosga tayangan ilmdir.

Yüklə 293,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin