Uzun tumanidagi «Yangiyo`l» mahallasida «Obod mahalla», «Obod ko‘cha» va «Obod xonadon» dasturi asosida boshlangan ishlar haqida tayyorlangan lavha ssenariysi
Uzun tumanidagi «Yangiyo`l » mahallasida «Obod mahalla», «Obod ko‘cha» va «Obod xonadon» dasturi asosida boshlangan ishlar haqida tayyorlangan lavha SSENARIYSI BOSHLOVCHI: Aholini farovon, tinch va osoyishta yashash maskani mahallalarning obod manzilga aylanishi uchun bugun har kungidanda ko`ra ko`proq e`tibor qaratilmoqda . Ushbu vazifalar davomi sifatida esa Respublikamiz bo`ylab og‘ir toif aga kiruvchi hudud sifatida tanlab olingan mahallar infratuzilmasini yaxshilash, aholi farovonligini oshirish maqsadida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalga oshirilmoqda.
Yaqinginada Oltinsoy tumanidagi “Obshir” mahallasida keng ko`lamdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan bo`lsa . Bugun viloyatimizning to`rtta tumanida xuddi shunday xayrli ishlar boshlab yuborildi. Mavzuni muxbirimiz Uzun tumanidagi Yangiyo`l mahallasida boshlangan obodonlashtirish ishlari haqidagi lavha bilan davom ettiradi.
MUXBIR TASVIR ORTIDA: Uzun tumanidagi «Yangiyo`l » mahallasida «Obod mahalla», «Obod ko‘cha» va «Obod xonadon» mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlar erta tongdan qizg‘in boshlandi.
Shu maqsadda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni namunali tashkil etish maqsadida shtab yig‘ilishi tashkil etildi. Unda belgilangan vazifalarni bajarilishini o`rganish maqsadida Preziden Adminstratsiyasi mas`ul xodimi , guruh rahbari Qahramon Sariyev mazkur mahallada bo`ldi.
Ishchi guruh rahbari tomonidan viloyat va tumandagi korxona, tashkilotlar rahbarlariga va mahallada obodonchilik ishlari bo‘yicha mas’ullarga namunaviy “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni sifatli bajarish bo‘yicha aniq va ravshan topshiriqlar berildi va ularni hal etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
Qolaversa, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi. Dastur asosida ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirib, qishloq aholisi uchun qulayliklar yaratish topshirildi.
TASVIRDA INTERVYU: MUXBIR TASVIR PRTIDA: Shtab yig‘ilishida berilgan topshiriqqa binoan ,yosh-u keksa bir bo‘lib, mahalla va ko‘chalarni obod qilish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishga kirishib ketdilar.
Obodonlashtirish doirasida elektr tarmoqlari o`tkazish uchun beton ustinlar o`rnatish, aholi xonadonlari devorlarini suvash, bo`yoqlash, ishlari olib borilmoqda.
Шунингдек, бугун Обод маҳалла, обод кўча, обод хонадон мезонлари доирасида оила ва хотин-қизлар бўлими, nuroniy hamda oqsoqollar boshchiligidagi mahalla faollari hamkorligida obodonlashtirish hasher ishlariga o`z hissalarini qo`shib , xonadon ma-xonadon yurishib , targ`ibot ishlarini olib bormoqda.
Ushbu olib borilayotgan ishlarga mahalla fuqarolari ham o`z turar joylarning ko`rinishiga befarq bo`lmagan holda uy oldilarini, ariqlarni va tomorqa yerlarini tozlalab o`z hissalarini qo`shishga jalb qilindi.
Mutasaddilar bilan aholi xonadonlarida olib borilayotgan targ`ibotlar, o`rganishlar jarayonida Ishchi guruh “Yangi o` MFY B.Omonov ko`chasida joylashgan xonadonlarning birida bo`ldi va mazkur oila vakillari bilan suhbatlashib, muammo va kamchiliklarini o`rgandi. Shuningdеk mas'ullarga ushbu xonadonni ta'mirlash va 1 xonasini bolalar uchun darsxonaqilib bеrish topshirig`ini bеrdi. Amaliy ishlar shu zahotiyoq jadal suratlarda boshlab yuborildi. Loyiha doirasida boshlangan say-harakatlar shu zaylda davom etaversa qisqa muddatda Yangi yo`l mahallasi eng zamonaviy va ko`rkam ko`rinishga ega manzil sifatida namoyon bo`ladi.
Muallif: Asadullo Hasanov , Odiljon Tursunov Tasvirchi: Baxtovar Tursunov. UZUN TUMANIDAGI “YANGIYO`L” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA. ИШ ЧИ ГУРУҲ АҲОЛИ ХОНАДОНЛАРИДА БЎЛДИ