Ilm maskanimiz hayotidan


YOZMA NUTQ OG’ZAKI NUTQDAN QUYIDAGI XUSUSIYATLARI BILAN AJRALIB TURADI



Yüklə 293,97 Kb.
səhifə3/5
tarix28.03.2023
ölçüsü293,97 Kb.
#90819
1   2   3   4   5
ILM MASKANIMIZ HAYOTIDAN

YOZMA NUTQ OG’ZAKI NUTQDAN QUYIDAGI XUSUSIYATLARI BILAN AJRALIB TURADI

  • Nutqni yozayotgan muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladi
  • U o’z nutq qismlarini va butun nutqni qaytaqayta tahlil qilish, fikr uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini ko’paytirishi mumkin.
  • Shuning uchun ham yozma nutq og’zaki nutqdan ravondir.
  • Adabiy tilda sintaqtik qurilish jihatidan ham ikki shaklga xos xususiyatlarni ko‘rish mumkin. Ko‘pincha sodda gaplarni, ayniqsa to‘liqsiz gaplarning qisman bog‘langan qo‘shma gaplarni ishlatish adabiy tilning og‘zaki shakli uchun xos bo‘ladi. Bu vaqtda ohang, to‘xtam, imo-ishora, nutq vaziyati kabi vositalar muhnm rol o‘ynaydi. Yozma adabiy tilning sintaktik qurilishi esa o‘zining ancha murakkabligi bilan ajralib turadi. Unda ergash gapli qo‘shma gaplar, kirish so‘z va iboralar, murakkab qurilishli sodda gaplar, ajratilgan va uyushiq bo‘laklar, murakkab qo‘shma gaplar ancha keng ishlatiladi.

XULOSA

  • Adabiy tilning og‘zaki shakli ma’ruza va suhbatlarda, yozma shakli esa fan, texnika va adabiyot asarlarida, rasmiy ish hujjatlari, nashriyot va matbuot sohalarida ishlatiladi. Lekin bular o‘zaro uzviy ravishda bog‘langan bo‘ladi. Ma’ruzalar, har xil chiqishlar o‘z xususiyati bilan yozma adabiy tilga yaqin turadi. Shuningdek, yozma adabiy tilda, ayniqsa, badyiy asarlarda so‘zlashuv nutqiga xos so‘z va iboralar ham qo‘llanadi. Shuni qayd qylish keraki, «og‘zaki», «so‘zlashuv», atamalari adabiy tilning shakllaridan birini (adabiy tilning og‘zaki yoki yozma shakllarini) ifodalash uchun hamda milliy tilning funksional turlaridan birini (adabiy til yoki joyli so‘zlashuv tilini) ifodalashga xizmat qiladi.

Lugʻat

  • Lugʻat — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalarsoʻz birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob. Lugʻatlar maʼnaviy madaniy sohada muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtiradi; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi. Lugʻatlar juda qadim davrlarda paydo boʻlgan (qarang Leksikografiya); hozirgi davrda maʼlumot-axborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega

Yüklə 293,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin