Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit tahminlarga koʻra eski yil bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.
Kerkkoldi shahrining Fayf okrugida choʻqintirilgan,uning otasi bojxona hodimi boʻlib ishlagan.Adamning otasi uning tugʻilishiga 6 oy qolganda olamdan oʻtgan.4 yoshligida siganlar tomonidan oʻgʻirlanib ketilgan,lekin tezda togʻasi uni qidirib topib, onasiga qaytarib olib kelgan.Tahminlarga koʻra, Adam oilada yagona farzand boʻlgan, uning akalari yoki opalari haqida hech qanday yozma manbalar topilmagan. Adam Smith 14 yoshida Glazgo Universitetiga oʻqishga kirgan, Frensis Xatchenova rahbarligi ostida ikki yil falsafa faninining etik asoslarini oʻrganadi. 1746-yilda Oksforddagi Beylliol – Kollege ga oʻqishga kirgan va 1746 -yilda oʻqishni tamomlagan. Lord Keyms koʻmagi bilan Adam Smith 1748-yilda Edinburgda ma'ruza oʻqishni boshlagan.Uning ma'ruzalari ritorika, xat yozish san’atiga bagʻishlangan va keyinchalik “boylikka erishish” fani boʻyicha ham ma'ruzalar oʻqigan. Aynan ana shu fanda birinchi marta “tabiiy erkinlikning oson va yorqin ifodasi” iqtisodiy falsafasi mazmunini ochib bergan,bu esa oʻz navbatida uning taniqli asari “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari”da oʻz aksini topgan.
Smit nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Smit daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. Smit ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita bog'liq boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. Smit iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. U xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblagan