TOLALI OPTIK ALOQA LINIYALARI
Abrorjon Ismoilov Hasanboy o‘g‘li
Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) yo‘nalishi
1 – bosqich magistri
Insoniyat taraqqiyotida aloqaning, xususan, optik aloqaning roli katta bo‘lgan, bunga sabab uning tarqalish tezligining juda kattaligi, to‘g‘ri chiziqli bo‘ylab tarqalishi va boshqa xususiyatlariga bog‘liqligidir. Hozirgi davrda tolali aloqa tizimlari bo‘ylab ma‘lumotlarni uzatishda axborotning zichlashtirilishi, uzatish chastotasining oshirilishi, aloqa kanallarini zichlashtirish kabi muammolar, qator talablar yuzaga kelmoqda. Shuning uchun ham dunyo mutaxassislari birinchi navbatda optik diapazonga qayta-qayta e’tibor bera boshladilar. Shuningdek, dunyodagi mis konlari borgan sari kamayib borayotganligi vaholanki, texnika soxasida juda kerak bo‘lgan bu metallning deyarli yarmi kabellar uchun ishlatiladi. Olimlarning taxmini bo‘yicha mis ishlab chiqarish XXI asrda keskin ravishda kamayadi. Demak, biror chora topilmasa, mis kabellarni ishlab chiqarish tizimi to‘xtab qolishi turgan gap. Shuning uchun ham mis simlardan voz kechib, axborotni shaffof shisha tolalar orqali nur yordamida uzatishga katta e‘tibor berilyapti. Demak, shisha tolalarni ishlatish ikki ijobiy yutuqqa — axborot uzatish tezligini keskin oshirib, qimmat hisoblangan misni katta miqdorda iqtisod qilishga imkon beradi.
Optik tola bo‘ylab lazer nurining harakatlanishi yorug‘lik nurining bir muxitdan ikkinchi muxitga o‘tayotgan holatda to‘la ichki qaytish hodisasi yuz berishiga asoslangan. Bunda, to‘la o‘zagining sindirish ko‘rsatkichi n1, tola qobig‘ining sindirish ko‘rsatkichi n2 dan katta bo‘lishi kerak. Va biz tola o‘zagiga lazer nurini o‘zakka o‘tkazilgan perpendikulyarga nisbatan shunday α1 burchak ostida tushiraylikki, natijada lazer nurining sinish burchagi kamida α2 = 90⁰ yoki, undan katta bo‘lsin. Shunda lazer nuri o‘zak bo‘ylab tarqalishiga va o‘zakdan tashqariga chiqib ketmasligiga erishamiz. Biz lazer nuri tushish burchagi α1 ni kichraytirib borganimiz sayin sinish burchagi α2 kattalashib boradi. Mazkur qonuniyat Snellius qonuniga asosan amalga oshiriladi (1 - rasm).
1 – rasm. Tolali optik aloqa liniyalarida to‘la ichki qaytish hodisasi
Optik tola o‘zagida aynan to‘la ichki qaytish hodisasi yuzaga kelishi uchun biz lazer nurini optik tolaga qanday burchak ostida tushirishimiz ham ahamiyatlidir. Bu burchak optik tolada to‘la ichki qaytish hodisasini yuzaga keltiruvchi apertura burchagi ( θ ) deyiladi. Biz apertura burchagi qiymatini lazer nuri, o‘zakka nisbatan perpendikulyar va parallel to‘g‘ri chiziqlar hosil qilgan to‘g‘ri burchakli uchburchakdan foydalangan holda aniqlashimiz mumkin bo‘ladi, o‘zak ichidagi to‘la ichki qaytish hodisasini hosil bo‘lishi uchun lazer nuri hamda o‘zakka o‘tkazilgan perpendikulyar orasidagi α1 burchak, o‘zak sindirish ko‘rsatkichi n1, tola qobig‘i sindirish ko‘rsatkichi n2 ga bog‘liq ravishda apertura burchagi qiymatini aniqlashimiz mumkin (2 - rasm)
2 – rasm. Tola o‘zagida to‘la ichki qaytish hodisasini hosil qiluvchi
θ apertura burchagi.
Xulosa:
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, hozirgi kunda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishda yuzaga keluvchi ko‘plab muammolarni hal qilishda telekommunikatsiya tarmoqlarini shisha tolali optik tolalar yordamida qurish hozirgi davrdagi eng opimal yechimdir. Biz aloqa tarmoqlarini shisha tolali optik kabellardan qurish orqali ma‘lumotlarni uzatishda yuqori xavfsizlikka, yuqori tezlikda yuqori hajmdagi ma‘lumotlarni uzata olish imkoniyatlariga erishishimiz mumkin bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbaalari:
N. Jo‘rayev, B. Turg‘unov “ Keng polosali tarmoqlar ”
O. S. Rayimjonova, G. F. Jo‘rayev, Sh. U. Ergashev, D. A. Abdusamatov
“ Elektronika va sxemalar ”
A. M. Eshmurodov, A. J. Abdujalilov “ Internet tarmoqlari va xizmatlari ”
https://Ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |