Toʻqimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi farqlanadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/4
tarix30.12.2021
ölçüsü0,91 Mb.
#49161
  1   2   3   4
kuyish


Kuyish (tibbiyotda) — yuqori harorat, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, ogʻir metallarning tuzlari va boshqalar), elektr toki va radioaktiv nurlar taʼsirida toʻqimalarning shikastlanishi. Shunga koʻra, termik kuyish, kimyoviy moddalar va nurlar taʼsirida kuyish farq qilinadi. Turmush va ishlab chiqarishda yuqori temperatura taʼsirida kuyish, yaʼni termik kuyish koʻp uchraydi.

Toʻqimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi farqlanadi:


I darajadagi kuyish

Bu turdagi kuyish, 50-70 gradusda bo‘lgan jismlar va suyuqliklar bilan kontaktda bo‘lganda kuzatiladi. Bunda kuyish terining yuza qavatlarini qamrab oladi. Birinchi darajali kuyish unchalik ham xavfli emas. Bunday darajadagi kuyishda teri sohasi qizaradi, kuchli achishadi va og‘riydi. Birinchi navbatda kuygan sohani muzlatish va antiseptik vosita bilan qayta ishlash kerak. Ushbu holatda xalq tabobati vositalaridan ham foydalansa ham bo‘ladi. Odatda jatohat bir necha kundan keyin bitib ketadi, terida pigmentatsiyasi yo‘qolgan soha paydo bo‘ladi. Agar kuyish teri sohasining 25 %ini qamrab olsa, yuqorida keltirilgani kabi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi.





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin