Toshkent – 2023 mundareja kirish sun’iy intellekt o’zi nima? Sun’iy intellekt foydalimi yoki zararli? Sun’iy intellekt tibbiyotda foydalanilgan adabiyotlar kirish
MUHAMMAD AL – XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA MENEJMENT FAKULTETI AKADEMIK YOZUV ---- GURUH TALABASI ---------- “SUN’IY INTELLEKT” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN DOKLADI
TOSHKENT – 2023 MUNDAREJA
KIRISH……………………………………………………...3
SUN’IY INTELLEKT O’ZI NIMA?......................................3
SUN’IY INTELLEKT FOYDALIMI YOKI ZARARLI?......4
SUN’IY INTELLEKT TIBBIYOTDA……………………...5
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….7
KIRISH
Sunʼiy ong, sunʼiy intellekt yoki sunʼiy idrok (inglizcha: Artificial intelligence; odatda, AI sifatida ham qisqartiriladi) — insonlar yoki hayvonlar tomonidan koʻrsatiladigan tabiiy ongdan farqli oʻlaroq, mashinalar tomonidan koʻrsatiladigan ongdir. Yetakchi sunʼiy ong darslik kitoblari bu sohani „ongli agentlar“ni oʻrganish deya taʼriflaydi: oʻz muhitini fahmlaydigan va maqsadlariga muvaffaqiyatli erishish imkoniyatini maksimal darajada oshiradigan amallarni amalga oshiruvchi har qanday sistema. Xalq orasida „sunʼiy ong“ atamasi koʻpincha „oʻrganish“ va „muammolarni yechish“ kabi inson idroki bilan bogʻlaydigan „kognitiv“ funksiyalarni taqlid qiladigan mashinalarni tasvirlashda ishlatiladi, biroq bu taʼrifni koʻpchilik sunʼiy ong tadqiqotchilari rad etishadi.
Odatda, robotlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga insonlardek gaplasha oladigan, ularning o‘rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi. Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar: google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli dasturdan foydalanasiz.