Toshkent amaliy fanlar universiteti



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə1/2
tarix08.06.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#127059
  1   2
Eshbekov Hondamir


TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
Iqtisodiyot yo`nalishi 2201 gruh talabasi Eshbekov Xondamirning Dinamik qatorlarini qayta ishlashning statistik usullari
MAVZUSI BOʻYICHA TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
Toshkent 2022-2023 o`quv yillari
Reja:
1-Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari va turlari
2-Dinamika qatorlarining ko’rinishlari.
3-Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari
Dinamika qatorlari, ularning tarkibiy unsurlari va turlari
Dinamika - o‘sish,
rivojlanish demakdir.
Dinamika so‘zi
grekcha “dynamikos”
so‘zidan olingan bo‘lib, kuchga tegishli, kuchli degan lug‘aviy mazmunga ega. Bu atama harakat holatini, o‘sish yoki rivojlanishni anglatadi.
Hodisalarning vaqt ichida o‘zgarishi statistikada dinamika deb, shu jarayonni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar qatori esa dinamika qatorlari deb yuritiladi
Hodisalarning vaqt davomida o‘zgarishini ta’riflovchi statistik ko‘rsatkichlar qatori dinamika qatori deb yuritiladi
Dinamika qatorlari ikki unsurdan tarkib topadi: biri vaqt momentlari yoki davrlar xatnomasi, ikkinchisi - ularga tegishli ko‘rsatkichlar
1
    • O‘rganilayotgan rivojlanish vaqtining umumiy uzunligini oraliqlarga bo‘lib qarasak, har bir kesilish nuqtasi moment (muayyan on, payt, fursat) deb ataladi, bir momentdan ikkinchisigacha o‘tgan vaqt oralig‘i (yil, kvartal, oy, kun va h.k.) esa davr deb yuritiladi

2
    • Zaxira yoki resurs - hodisaning muayyan ondagi holati (soni), oqim - ma’lum vaqt davomida ro‘y bergan jarayon, hodisaning bu davr ichidagi miqdori

3
    • Hodisa me’yorini muayyan momentga nisbatan belgilasak, u holda uning zaxirasi, ya’ni shu on holatiga bo‘lgan miqdori aniqlanadi. Agar hodisa me’yorini ma’lum davr uchun o‘lchasak, u holda uning muayyan vaqt oralig‘idagi oqimi, ya’ni ushbu davr davomidagi umumiy miqdori aniqlanadi

O‘rganilayotgan hodisaning vaqt momentlariga yoki davrlarga tegishli ko‘rsatkichlari qator darajalari deb ataladi va “y” orqali belgilanadi.
Dinamika qatorlari uzoq muddatli tendensiya, ayrim davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar, kundalik tebranishlar va mavsumiy o‘zgarishlarni o‘zida mujassamlashtirishi mumkin. Har bir dinamika qatori boshlang‘ich y0 , oxirgi yn , muayyan oraliq yi va o‘rta
y darajalarga ega.
Dinamika qatori quyidagilar bilan xarakterlanadi
uzoq muddatli harakat yo‘nalishi, ya’ni umumiy asriy tendensiya
qisqaroq davrlarga xos siklik yoki lokal o‘zgarishlar
ayrim yillarga tegishli tebranishlar
mavsumiy to‘lqinlar
konyunkturaviy tebranishlar
Statistikada dinamika ma’lumotlarini tarkibiy qismlarga (komponentlarga) ajratish va o‘lchash usullari hamda ularni hisobga olib kelajakda kutiladigan rivojlanish istiqbollarini baholash yo‘llari ishlab chiqilgan. Dinamika qatorining ko‘rsatkichlari taqqoslama bo‘lishi kerak
Dastavval ko‘rsatkichlarning taqqoslamaligini ta’minlash kerak. Buning uchun ular nafaqat bir xil o‘lchov birliklarida va aniqlik darajasida ifodalanishi, balki shu bilan birga zamon va makon (joy) jihatidan taqqoslama bo‘lishi kerak
Zamon jihatidan taqqoslamalik deganda ko‘rsatkichlar tegishli vaqt uzunliklari teng bo‘lishi bilan birga davrlar, ayniqsa, boshlang‘ich va oxirgi davr bir-biridan tasodifan farq qilmasligi, masalan, favqulodda voqealarga ega bo‘lmasligi nazarda tutiladi.
Dinamika qatorlarining ko’rinishlari
Momentli dinamika qatori - bu ma’lum oraliqli momentlarga hisoblangan ko‘rsatkichlar qatoridir. Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi.


Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin