O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI “IQTISODIYOT VA KO’CHMAS MULKNI BOSHQARISH” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
K U R S I S H I
MAVZU: ISTE’MOLCHI TALABI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
BAJARDI: 47-21 GURUH TALABASI
DALER ABDUSALIMOV
TEKSHIRDI: ____________________ Mundarija
Kirish
I BOB
ISTE’MOLCHI TALABI NAZARIY ASOSLARI
1.1
Talab tushunchasi, uning mohiyati. Talab qonuni
1.2
Iste’molchi talabi, uning o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar
TALABNI DAROMADGA BOG’LIKLARI, BARTARAF ETISH YO’NALISHLARI
2.1
Iste’molchi daromadi va talab o’ratasidagi o’zaro bog’liqlik
2.2
O’zbekistonda isteʼmolchi talabini qondirish va unga ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish yo’nalishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor iqtisodiyotini tanladi va bu butun tizimning o’zgarishiga olib keldi. Ma’muriy – buyruqbozlik tizimidan farqli o’laroq, endi bozor, talab va taklif birinchi o’ringa chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tovarlarning doimiy tarzdagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bozordagi talabni kuzatib borishlariga to’g’ri kelishini anglab yetdilar. Shunga ko’ra, iste’molchilarning qaysi vaqtda qanday tovar va xizmatlarga ehtiyoj sezishi endilikda muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Tovar yoki xizmatlarning narxi yoki sifati o’zgarganda bozordagi talabning qay tarzda o’zgarishini anglab olish tadbirkorlarga muvaffaqiyat olib kelishi iqtisodchilarga va ishlab chiqaruvchilarga ma’lum. Ulardan tashqari iste’molchilarning daromadlari o’zgarganda tovar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishi ham daromadga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki iste’mol uchun muhim tovarlar (un, guruch, yog’, sabzavot mahsulotlari va shu kabilar) iste’molchilar qanday daromad olgan taqdirda ham sotib olinadi. Daromadning ortishi ularning miqdorini ko’paytirishi yoki sifatliroq mahsulot turlariga almashtirishi mumkin, lekin daromad kamaygani bilan talab yo’qolib qolmaydi. Zeb – ziynat buyumlari, oliy sifatli qimmatbaho tovarlarni sotib olish uchun daromadning ma’lum darajaga yetishi talab qilinadi. Manashu kabi ko’plab masalalar iste’mochining talabi, uning daromadlari va unga ta’sir etuvchi omillarni o’rganishga undaydi. Bularning barchasi amaliyotda faqatgina bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlaydi. Shu sababli ham mamlakatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev “Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo’lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo’lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo’lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o’tishimiz shart. Yagona yo’limiz shu. Bu – Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo’l yo’q. Biz boshlagan islohotlarimizni qatʼiy davom ettiramiz va ular albatta o’zining ijobiy natijasini beradi” deya e’tirof etganlar1.
Bozor iqtisodiyotining amal qilishida nafaqat talab va taklif qonunlari, balkim iste’molchi talabi hamda unga ta’sir etuvchi omillar ham muhim o’rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida avvalo talab va taklifning har qaysisiga narx ta’sirini alohida-alohida qarab chiqish lozim. Shuningdek, talab va taklif ta’sirida muvozanatli narxning o’rnatilishini o’rganish. Bunuda talab va taklif qonunlari, iste’molchi talabi, ularning miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, ular o’rtasidagi mutanosiblikni o’rganishga alohida e’tibor berish zarur.
Yuqorida bildirilgan fikrlar va qarashlar ushbu kurs ishining amaliy ahamiyatini yoritib beradi.