Toshkent Farmatseftika instituti Sanoat Farmatsiya fakulteti 103A guruh talabasi jabborova yulduz ning jismoniy tarbiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi bajardi: Jabborova Yulduz Tekshirdi: Qosimova Visola
Basketbolga o’xshab ketadigan o’yin to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi ilk qabilasiga mansub bo’lgan indeeslar “pok-to-pok” deb atalgan o’yinni qiziqib o’ynashgan. Ushbu o’yinning butun mohiyati o’yinchilarning to’pni halqa ichiga tushirishdan iborat bo’lgan “to’p” o’rnida kauchukdan tayyorlangan dumaloq shardan foydalanishgan, uni halqaga “tushurish” uchun faqat tirsaklar bilan yoki son bilan sharni urish lozim bo’lgan. Bunga

Bunga halqaning xiyla baland joyiga o’rnatilganligini va buning ustiga yerga nisbatan tik ya’ni perpendekulyar tarzda joylashtirilganligini qo’shadigan bo’lsak, u holda halqaga tushirilgan birgina “to’p” – shar butun o’yinning taqdirini hal qilgan bo’lsa kerak.

Oradan ancha vaqtlar o’tib, eramizning XVI asriga kelganda meksikalik “basketbolchilar” bu o’yinni takomillashtirdilar. O’yin ijodkorlari zilday og’ir kauchukdan tayyorlangan to’p-sharni devorga o’rnatilgan tosh halqa orqali o’tkazishni ko’zda tutgan edilar. Muvaffaqiyatli harakat qilib to’pni halqaga tushirgan o’yinchi tomoshabinlarning istalgan birining libosini o’ziga “sarupo” qilib olish huquqiga ega bo’lar edi. O’yinda yutkazgan jamoaning kapitani esa ko’pincha shafqatsiz jazoga mahkum etilar, uning boshini tanasidan judo qilar edilar.

1603 yilda Bryuis tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga o’xshagan o’yin aks ettirilgan, Vet esa “Sport ensiklopediyasi” (1818 y.) degan kitobda Floridada odamlar qiziqib o’ynaydigan o’yin bayon etilgan: kimki savatchaga ko’proq tushirsa o’sha yutgan hisoblangan, savatcha esa baland ustunning eng uchiga mahkam o’rnatib qo’yilgan.

Ancha keyinroq basketbolning hozirgi zamon o’yinini esalatadigan to’p bilan o’ynaladigan o’yin turi paydo bo’lgan.
Masalan, Spartada shunga o’xshagan “episkirus” deb atalgan o’yin, Qadimgi Rimda – “xarpastum” deb atalgan o’yin, Italiyada – “halqaga tushirish” o’yinlari o’ynalgan.

Qadim-qadim zamonlardan beri to’p bilan o’ynaladigan ko’hna o’yinlar yer sharidagi juda ko’p xalqlar hayotida alohida o’rin egallab turgan.
Ilk jamoa tizimi paydo bo’lgan dastlabki davrlarda o’yinlar zamonning og’ir turmush sharoitiga chidash uchun odamlarni jismoniy chiniqishiga yaxshi yordam bergan, ularning mehnat faoliyatida ham va maishiy turmushida ham bunday o’yinlar muhim ahamiyat kasb etgan.