Bakteriostit ta‘sirga ega bo‘lgan antibiotiklarni qo‘shgan holda, dorivor vositalarni
mikrob bilan ifloslanishini aniqlash.
Antibiotik eritmasini tayyorlangan zahotiyoq 4 ta membranali fil‘trdan o‘tkaziladi. Har bir
fil‘trdan 250 ml eritma fil‘tratsiya qilib bo‘lgandan keyin fil‘trlarni 100 ml li 5 portsiya eritma
bilan antibiotikdan tozalaniladi. Petri chashkasiga quyidagi muhitlarga joylashtiriladi.
a.
Mikroorganizmlarni umumiy sonini hisoblash uchun MPA ga inaktivator qo‘shiladi.
Ekmani 3 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi.
b.
Saburo muhitida mog‘or, achitqi zamburug‘larni umumiy sonini hisoblash uchun
5 sutka davomida 24 C da inkubatsiya qilinadi.
v. Ichak gruppasining mikroorganizmini aniqlash uchun Endo muhitiga MPA ga o‘xshash
inaktivator qo‘shiladi. 3 sutka davomida 37 C da inkubatsiya qilinadi.
d. Stofilokokklarni aniqlash uchun qon agariga inaktivator qo‘shiladi. 3 sutka davomida
37 C da inkubatsiya qilinadi.
Qonli agarda stafilokokklari koloniya atrofida beradi. Antibiotik tabletkalaridan
0.2 ml suspenziya shpatel bilan agarizovanniy muhitning ustki qismiga, 3 ta petri chashkasini
parallel ishlash bilan lesi ekiladi.
Inekstiya uchun ishlatiladigan, ko‘z tomchilari va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun
ishlatiladigan dorivor preparatlar steril holatda bo‘lishi kerak.
Dorivor moddalarni sterilligini- sanitariya sharoitlariga va sterilizatsiyaga rioya qilish
bilan erishiladi.
Ba‘zi bir steril preparatlar pirogen hususiyatga ega bo‘lgan mikrob hujayralarining
mahsulotlarini o‘z tarkibida saqlashi mumkin. Pirogenlar- tarkibida protein, lipid, polisaharid
146
saqlovchi, orgonizmda kompleks o‘zgarishlar(tana temperaturasining ko‘tarilishi) chaqiruvch
bakterial endotaksinlar hisoblanadi.
Pirogen bakterialar fil‘trdan o‘tadi, tempiraturaga chidamlidir.
Sterillangan dorivor moddalarni tayyorlashdagi asosiy talablar.
1.
In‘ekstiya uchun tayyorlangan eritmalarda, sterilizatsiya qilishdan oldin 1 ml da mikrob
hujayrasi 30 tadan ko‘p bo‘lishi kerak emas.
2.
Ularni tayyorlashdan sterilizatsiya qilinguncha ketadigan vaqti 1.5 soatdan oshmasligi
kerak.
3.
Steril moddani tayyorlash uchun ishlatiladigan distillangan suvning tarkibida E.coli
bo‘lishi kerak emas. Mikroorganizmlarning umumiy soni 1 ml.da 10-15 ta hujayradan
oshmasligi kerak.
Dorivor moddalarni tekshirish aseptika qoidalariga qat‘iy tayangan holda bokslarda olib
boriladi.
Bokslarda ishlashda aseptikaning asosiy talablari.
1.
Boks xonasini dizenfekstiyalovchi moddalar bilan qayta ishlash kerak.
2.
Ish boshlashdan 2 soat oldin bakteriostid lampalarni yoqib qo‘yish kerak.
3.
Mikrob bilan zararlanganini tekshirib turish kerak. Go‘sht-peptonli bul‘onda 5 ta
kolloniyadan ortiqcha bo‘lishi kerak emas.
4.
Mog‘or va achitqi zamburug‘lari bo‘lishi kerak emas.
5.
Boksda sterillangan holat va topochkalarda ishlash kerak. Ularni 120 C temperaturada 30
min davomida avtorlavda sterilizatsiya qilinadi.
Inekstion preparatlarning sterilligini aniqlash.
Antibiotiklarning har bir seriyasidan 10.000 ampuladan 3 ta ampula, qo‘shimcha 1 tadan
ampula 10.000 ampuladan olinadi. Poliglyutin va ferroglyulitinni sterilligini aniqlash uchun
avtoklatga joylashgan preparatlardan 6 ta flakondan olinadi va
1.
MPA- 0.5 gr glyukozali muhitga ekiladi 37 C da 5 sutka .
2.
Kitta-Terotsi muhiti- 37 C da 5 sutka.
3.
Saburo suyuq muhitda- 24 C da 5 sutka.
Antibiotiklarni sterilligini aniqlash.
Antibiotiklar sterillagan suvda eritiladi.
a.
MPB- glyukozali 15 ta probirkaga ekiladi.
b.
2 ml dan Saburo muhitli 5 ta probirkaga ekiladi.
Bunda antibiotiklarning konsentratsiyada 25.000 ga teng bo‘lishi kerak.
MPB li 10 ta probirka 37 C da 5 sutka.
MPB li 5 ta probirka 24 C da 5 sutka.
Saburo muhitli 5 ta probirka 24 C da 5 sutka.
Antibiotiklarning inaktivligini tekshirish uchun MPG li probirkaga 18 soatli 1 ml da 250 ta
mikrob hujayrasi to‘g‘ri keladigan Test- kulturaga ekiladi. 37 C da 5 sutka turadi. Bu
prabirka hira bo‘lishi kerak. Faqat bitta o‘sma o‘sib chiqsa ham preparat sterillangan
hisoblanmaydi va qaytadan ekiladi.
Bakteriostatik ta‘sirga ega bo‘lgan dorivor priparatlarning sterilligini aniqlash.
Buning uchun priparat:
1.
MPB- glyukozali 5 ta probirkaga 0.5 ml dan solinadi.
2.
MPA li 3 ta probirkaga 0.2 ml dan
3.
Kitta-Terotsi muhitli 3 probirkada 0.5 ml.
4.
Saburo muhitli 3 probirkaga 0.5 ml dan solinadi.
Kitta-Terotsi muhiti 37 C da, MPB- glyukozali muhit 24 C, Saburo muhitini 24 C da 7 sutka
turadi. Agar o‘smalar o‘sib chiqsa preparat sterillanmagan hisoblanadi.
147
Nazorat savollari.
1. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari.
2. Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari.
3. Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari.
4. Sterillangan dorivor moddalarni ishlab chiqarishdagi asosiy talablar.
5. Pirogenlar, ularning dorivor moddalarga tushib qolish xavfi.
6. Dorivor moddalarning sterilligini aniqlashning metodlari.
Mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.
Mashg‘ulot maqsadi : Inson tana normal mikroflorasi tashqi muhit mikroflorasi xaqida
tushuncha berish
Laboratornya shshshi bajarish uchun topshiriq
1. Quyidagi tajribalar natijasiga asosan havo, suv, tuproqning sanitar bakteriodogik
holatini baholash;
a) havodagi mikroblar sonini sedimentasiya usulida aniqlash;
b) vodrprovod suvi va ochiq suv havzalaridagi suvning umumiy mikroblar sonnni
aniqlash;
v) suvning koli -titri va koli-indeksini xisoblab topish:
g) tuproqning koli-titri va perfringens-titri, mikrob sonini xisoblab topish.
Mikroorganizmlarning ekologiyasi – mikroorganizmlarning o‘zaro va tashqiy muhit bilan
aloqalarini, munosabatlarini o‘rganuvchi fan xisoblanadi. Tibbiyot mikrobiologiyasini
o‘rganish o‘bekti bo‘lib mikroorganizm bilan inson organizimi o‘rtasidagi kompleks
munosabatlar xisoblanadi.
Mikroorganizmlarning tabiatda tarqalganligi. Mikroorganizimlar tabiatdagi hamma (suv,
havo, tuproq) muhitlard uchraydi. Ularning bunchalik keng tarqalishiga asosiy sabab ularning
oziqlanish mexanizimlarining turli ko‘rinishda bo‘lishidir.
Mikroorganizimlar tabiatdagi tashqiy muhit omillariga tez moslashadi, shuning uchun boshqa
organizimlar yashashi mumkin bo‘lmagan sharoitlarda va muhitlarda ham ular hayot
kechirishadi. Mikroorganizimlarning bunchalik tabiatda keng tarqalishiga yana bir sabab,
ularning o‘lchamini o‘ta kichikligi va havo oqimlari suv bilan uzoq masofalarga tez
tarqalishidir.
Mikroorganizmlar ma‘lum yashash mintaqalarda biosenozni ( yunon. bios- hayot, + koinos-
birga yashash) shakillantiradi. Har bir mikroblar biosenozi o‘zining aniq mikroorganizimlar
tarkibiga ega bo‘lib, shu muhitning autoxton ( yunon. autos- o‘ziniki + chthon- joy, mamlakat)
mikroorganizimlari deb yuritiladi, ya‘ni bu mikroorganizimlar shu yashash muhitida doim
uchraydi. Bu mikroblarni yashash muhitiga boshqa alloxton ( yunon. allos - begona, + chthon-
joy, mamlakat) bakteriyalar, parazit mikroorganizimlar tushib qolishi mumkin. Tabbiyi
biosenozlarda (tuproq, suv, havo) mikroorganizimlarning yashashi tashqiy muhit faktorlarini
ta‘siriga bog‘liq bo‘lib, agar tashqiy faktorlar ularning yashashiga ijobiy ta‘sir qilishi yoki
faktorlarning ta‘sirisalbiy tamonga o‘zgarsa, bu biosenozdagi mikroblarning yashashi,
ko‘payishi to‘xtab qolishi mumkin.
Biosenozdagi
mikroorganizimlarning
o‘zaro
munosabatlarini
tiplari.
Mikroorganizimlar bir-birlari bilan o‘ta kuchli raqobatda yashaydi. Mikroorganizimlarning
biosenozda o‘zaro yashash munosabatlari simbioz ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Simbioz ( yunon. symbiosis- birga yashamoq) mikroorganizimlarning uzoq yillar ma‘lum
muhitlarda birga hayot kechirishi bo‘lib, xo‘jayin hujayrasidan tashqarida yashasa ektosimbioz:
hujayra ichida hayot kechirsa endosimbioz deb ataladi. Ektosimbiozni tipik vakillariga ichak
bakteriyalari ( E. Coli, Bacteroides va bosh.)misol bo‘la oladi. Endosimbioz vakillariga esa
plazmiidlar, proviruslar, profaglar kiradi. Tabiyi sharoitda simbiozni bir qancha formalari
uchraydi.
148
Mutalizm – (lot. mutuus, o‘zaro) simbiozda yashovchi mikroorganizimlar o‘zaro foyda
keltirib yashashlari mumkin. Masalan ichakni normal mikroflorasi, odam uchun foyda keltiradi
(modalar almashuvinida, vitaminlar sintezlarida va bosh.), shu bilan bir qatorda bu
mikroorganizimlarni doimo muhitning noqulay sharoitlaridan (qurib qolishdan, ekstremal
temperaturadan) ximoyalanib va oziqli muhitlar yetarli bo‘lishini organizim ta‘minlab turadi.
Kommensalizim –simbioz formasi bo‘lib, muhitda yashovchi mikroorganizmlardan biri
foyda ko‘radi, lekin ikkinchi gurux bakteriyalarga ziyon keltirmaydi.Tipik kommensal
mikroblarga ichak tayoqchasi, laktobakteriyalarni kiritish mumkin. Lekin ko‘pchilik
kommensal bakteriyalar shartli patogenlar ham bo‘lishi mumkin, ya‘niy ma‘lum xolatlarda
kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
Parazitizm- antagonistik simbioz formasi bo‘lib, bir gurux bakteriyalar boshqa
organizimlar hisobiga yashab (tekinho‘r), unga ziyon yetkazishi (yunon. para, oldida,+
sitos,ovqat) tushiniladi. Parazit bakteriyalar ho‘jayin organizimiga kirib kasallik keltirib
chiqarishi mumkin, shuning uchun bularni patogen mikroorganizimlar ham deb ataladi.
Parazitlarni hujayra ichida yashovchi (viruslar, xlomidiyalar, rikketsiyalar) va hujayradan
tashqarida yashovchi ( kshpchilik bakteriya, zamburug‘lar) formalari bo‘lishi mumkin. Ba‘zi
bakteriyalar yashash sharoitiga qarab parazit tipida yoki saprofit bo‘lib yashashi kuzatiladi.
Bunday bakteriyalarni fakultativ parazitlar ham deb ataladi. Agar bakteriyalar o‘zlari uchun
kerakli metobalitlarni boshqa organizimlar xisogbiga to‘liq o‘zlashtirishsa bunday
mikroorganizimlarni obligat parazitlar deb yuritiladi.
Satellizm- ba‘zi bir mikroorganizimlar ishlab chiqargan metobalitlari boshqa
bakteriyalarni ko‘payishini stimullashi mumkin. Masalan sarsinlar va stafilokokklar o‘sganda
o‘sish faktori ishlab chiqarishadi va Haemophilus avlodi bakteriyalarini o‘sishini stimullaydi.
Tipik satillitlarga gepatit V virusini ham kiritish mumkin, gepatit delta virusi gepatit V virusi
ishtirokida ko‘payyadi.
Tuproq mikroflorasi. Tuproq mikroorganizmlar uchun asosiy tabbiyi yashash muhiti
xisoblanib, tabiatning shakillanishida, tozalanishida va moddalar almashinuvida (azot,uglerod,
oltingugurt, temir) aktiv qatnashadi. Tuproq mikroflorasining tarkibi tuproqning turiga, ishlov
berilishiga, geografik zonasiga, namlik, teperatura va organik moddalar bilan qanchalik
ifloslanishlariga va boshqa. xususiyalarga bog‘liq.. Tuproqning mikroflorasi juda ham ko‘p va
turli bakteriyalar vakillari bo‘lishi mumkin.Tuproqning autoxton mikrobiosenoziga quyidagi
bakteriyalar kiradi: mikobakteriyalar, psevdomonandlar, sporaxosilqilovchi, azotbiriktiruvchi,
bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug‘lar. Bu mikroorganizimlar har doim o‘simliklar va bir –
birlari bilan simbioz ko‘rinishlarida yashaydi.
Tuproqning allohton mikroflorasiga asosan odam va xayvonlarning normal va patogen
mikroflorasi kirishi mumkin, lekin bu mikroorganizimlar tuproqda ko‘paymaydi va ma‘lum
davirgacha saqlanib turishi mumkink. Shuning uchun tuproqning yuqumli kasallikni manbasi
bo‘lishini e‘tirof etgan holda, patogen bakteriyalarni tuproqda qancha vaqtgacha saqlanishini
bilish va tuproqni epidemiologik nuqtai nazardan xafsiz ekanligini aniqlashda muhim praktik
ahamiyatga ega.
Suv mikroflorasi. Suv ham mikroorganizimlaning tabbiyi yashash muhitlaidan biri
xisoblanadi. Suvning mikroflorasining tarkibi sho‘r dengiz, okian suvlari va chuchuk suv
havzalariga bog‘liq. Suvda mikroorganizimlarning toksonomik grppalarining qariyib hamma
vakillari uchraydi. Suv mikrofloralari majmuasini mikroblar planktoni deb yuritiladi.
Suvning autoxton mikroflorasiga suvda doimo yashovchi mikroblar majmuasi kiradi va
ko‘roq turoq mikroflorasiga o‘xshab ketadi, chunki suv va tuproq o‘rtasida doimo tabiyi
munosobatlar ro‘y berib turadi (qor, yomg‘ir). Suvning maxsus mikroflorasiga kiradi:
Micrococcus candicanis, M. roseus, Sarcina lutea, Bacteriumaquatilis communis, Pseudomonas,
Leptospira, Proteus anaeroblardan Clostridiumb Chromobacterium violaceum. Alloxton
florasini esa asosan suvga tasodifan tashqiy muhitdan tushgan mikroorganizimlar yig‘indisi
tashkil qiladi va ular suvda nisbatan uzoq saqlanib turmaydi.
149
Ochiq suv havzalarining mikroflorasi miqdoriy ko‘rsatkichlari doim o‘zgarib turadi, uning
o‘zgarib turishi asosan suv havzasini tipiga, uning ifloslanish darajasiga, meterologik xolatga va
yil fasllariga bog‘liq bo‘ladi.
Suvning bakteriyalar bilan ifloslanishi asosan unga ishlatilgan chiqindi suvlarni
tozalanmasdan tushishi oqibatida ro‘y beradi. Suvga bu iflos suvlar bilan odam va
hayvonlarning normal mikroflorasidan tashqari shartli patogenlar va patogen mikroorganizimlar
ham tushishi ( ichak yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari, tulyaremiya, iersiniozlar,
leptospirozlar, viruslar poliomielit, gepatit A va bosh.) mumkin. Bundan tashqari odamlar va
hayvonlarning cho‘milishi oqibatida ham suvga alloxton mikroorganizimlar tushadi. Suv
patogen bakteriyalarning ko‘payishi uchun noqulay muhit xisoblanadi. Suv tabiyi sharoitda
doimo tozalanib turadi, chunki suvning avtoxton mikroflorasi kuchli antogonistik xususiyatga
ega, shu bilan birgalikda bu mikrofloralar suvga tushgan organik modalarni tez o‘zlashtirib
olishadi va bu o‘z navbatida suvni odam va hayvonlar chiqindilaridan tozalanishiga olib keladi.
Lekin suv biosenozida mikroorganizimlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bir xil
ko‘rinishda bo‘lmaydi va turli faktorlar ta‘sirida doimo o‘zgarib turadi, ya‘niy saproblik
xolatiga bog‘liqdir. Saproblik (sapronost) termini suv havzasidagi umumiy xususiyatlar va
shular bilan birga suvdagi mikroblar tarkibi, miqdori va suvdagi ma‘lum organik, neorganik
moddalarning konsentrasiyasini belgilaydi. Suvning doimo tozalanib turishi oqibatida suvning
bioseozi
o‘zgarib turadi. Ifloslanish darajasiga qarab suv havzalarida polisaprob, mezosaprob,
oligosaprob zonalar qabul qilingan.
Polisaprob zonada (o‘ta ifloslangan) katta miqdorda yengil parchalanuvchi organik
moddalar saqlanadi, kislorod konsentrasiyasi minimal darajada va 1 ml suvda milliondan ko‘p
mikroblar uchraydi.
Mezosaprob zonada esa oksidlanish va nitrifikasiyalanish jarayonlari ustin turadi, suv
tozalanib boradi 1 ml suvda 100 ming atrofida mikroblar bo‘lishi mumkin.
Oligosaprob zonada suvning o‘z-o‘zidan tozalanishi nihoyasiga yetgan, organik moddalar
suv tarkibida diyarli bo‘lmaydi va 1 ml suvda 10 dan 1000 mikrob bo‘lishi mumkin.
Patogen bakteriyalar polisaprob zonada juda ko‘p uchraydi, sekin asta o‘lib, tozalanib
mezosaprob zonada kamroq va olgasaprob zonada esa diyarli uchramaydi.
Havo mikroflorasi
Cuv va tuproqdan farqliroq, havoda mikroblar faqat hayot qobiliyatini vaqtincha saqlab
turadi, so‘ngra nam yetishmasligi, quyosh nurlarining ta‘siri, harorat o‘zgarishi, oziq moddalar
yo‘qligi kabi noqulay faktorlar ta‘sirida o‘lib ketadi. Mikroblarni havoda saqlanib turishini
ma‘lum darajada muollaq turovchi suv, chang zarralari taminlab turadi. Uy, turar joy xonalari
havo mikroflorasi tarkibi va miqdori jihatdan atmosfera florasidan tubdan farq qiladi.
Bakteriyalar va ularning patogen formalari uy, turar joy xonalarida uchrashi birmuncha
atmosfera havo mikroflorasidan ko‘p uchraydi, chunki bu muhitlarga kasal odam va hayvonlar,
bakteriya tashib yuruvchilardan tushishi mumkin.
Havo mikroflorasi ham shartli doimo (rezident) topiluvchi (Micrococcus roseus, M.
flavus, M. candicanis, Sarcina . flava, S. alba, Bacillus subtilis, Actinomyces va Penicllium,
Aspergillus, Mucor zamburug‘lar va sporadik doimo topilmaydigon (suv va chang zarralari
bilan tushovchi ) mikroorganizimlarga bo‘linadi.
Patogen mikroorganizimlar og‘iz bo‘shlig‘i yoki nafas yo‘llari kasallanganda atrofdagi
havoga patogen mikroorganizimlar: stafilokokk, streptokokk, bo‘g‘ma, ko‘k yo‘tal, sil
qo‘zg‘atuvchilari, viruslardan gripp, qizomiq qo‘zg‘atuvchilari tarqaladi. Bu mikroorganizimlar
havoda aerozol tarkibida uchraydi. Aerozol- bu kolloid sistema bo‘lib, asosiy tarkibi havo,
suyuqlik yoki qattiq moddalar, zarralaridan iborat bo‘ladi. Ayrozol o‘lchami 10 dan 2000 nm
teng bo‘lishi mumkin. Odam aksirganda 40 000 dan ortiq aerozollar hosil bo‘ladi. Aerozollar
o‘lchami,elektirik zaryadi, havodagi harakat tezligi bo‘yicha tomchi, changli va tomchi yadroli
fazalarga bo‘linadi. Biz uchun eng muhimi tomchi yadroli aerozol bo‘lib uning o‘lchami 100
nm atrofida bo‘ladi, aerozolni bu fazasi uzoq vaqt havoda saqlanishi tarkibida ma‘lum
150
miqdorda namlik bo‘lganligi uchun chidamli aerodispers sistemani havoda shakillantiradi.
Ulardagi namlik bakteriyalarni havoda uzoq vaqt saqlanishini taminlaydi. Masalan, yadroli
aerozolda bo‘g‘ma qo‘zg‘atuvchisi 1 sutkagacha, gemolitik streptokokk 2 kungacha, sil
qo‘zg‘atuvchisi 18 kungacha hayot faoliyatini saqlab qolishi mumkin. Bu esa odatda yopiq
binolarda yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini havo-tomchi yo‘li bilan tarqalishi uchun
qulay sharoit yaratiladi, chunki hona havosida patogen bakteriyalar miqdori ko‘p bo‘lishi
mumkin.
Atrof muhit ob‘ektlarini sanitariya-bakteriologiya
jihatdan baholash
Atorf - muhitdagi turli ob‘ektlar: suv, tuproq, havo va oziq-ovqat mahsulotlarining
sanitariya-gigiena holatini baholash uchun sanitariya-bakteriologik tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Tekshiruv o‘tkazishdan maqsad ko‘rsatilgan ob‘ektlarning epidemiologiya jihatidan havfsiz
ekanligini aniqlash. Ulardan patogen mikroorganizmlarni ajratib olish, epidemiologik nuqtai
nazardan havfli ekanligini ko‘rsatadi. Bu mikroorganizmlar ob‘ektlarda kam miqdorda bo‘lib,
ular havo, suv va tuproqda ko‘paymaydi, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratib olish ham juda qiyin.
Shu boisdan, sanitariya-mikrobiologiya amaliyotida tashqiy muhitning patogen mikroblar bilan
ifloslanish ehtimolini bilvosita ko‘rsatkichlar- sanitariya-ko‘rsatkich mikroorganizimlarini
topilishi asosida aniqlanadi.
Ob‘ektning mikroblar bilan zararlanganligini umumiy mikroblar soni, (UMS) bo‘yicha
aniqlash mumkin. Ya‘ni, tekshirilayotgan ob‘ektlarning ma‘lum hajmi yoki massasidagi (1 ml
suvda, 1 g tuproqda, 1 m
3
havoda) mikroorganizmning umumiy soni aniqlanadi.Tuproq va
suvdagi mezofil aerob va fakultativ bakteriyalarning umumiy miqdori bo‘lib, agarli muhitda 37º
S va 24 soatda 2 marotiba katalashtirilganda ko‘zga ko‘rinovchi koloniyalar hosil qilishi
Sanitariya ko‘rsatkichli bakteriyalarning borligi ikkita ko‘rsatkich — (t i t r va i n d ye k s)
orqali baholanadi. Bitta sanitar ko‘rsatkich bakteriyasi topilgan suv va tuproqning eng kam
miqdoriga titr va 1 l suyuqlikda;. 1 g tuproqda yoki zich moddada, 1 m
3
havoda topilgan
sanitariya-ko‘rsatkichli bakteriyalar soniga — indeks deyiladi.
Sanitariya-ko‘rsatkichli bakteriyalarga odam va hayvon organizmidagi doimiy
mikrofloraning vakillari kiradn. Ular ichak yoki nafas yo‘llarida yashaydi. Ular quyidagi
xususiyatlarga ega:
1) mikroorganizimlar doimiy ravishda odam va xayvonlar organizimida yashashi va
tashqiy muhitga , ko‘p miqdorda najas yoki nafas yo‘llaridan shilimshiq tomchilar bilan
ajralishi;
2) mikroblar tashqi muhitda ko‘payya olmasligi (oziq ovqatlardan tashqari) yoki uning
ko‘payishi juda qisqa bo‘lishi;
3) atrof-muhitda, ichak yoki nafas yo‘lida parazitlik qiluvchi patogen bakteriyalar
qancha vaqt yashasa, ular ham shuncha vaqt mobaynida yoki ulardan ko‘proq yashash
qobiliyatiga ega bo‘lishi;
4) tashqi muhitga ularning chidamligi o‘zlari singari yashash muhitlariga ega bo‘lgan
patogen bakteriyalarga o‘xshash bo‘lishi yoki ulardan ustun turishi va o‘z xususiyatini
o‘zgartirmasligi;
5) tashqi muhitda ularga yashash xususiyatlari yaqin bo‘lgan, o‘xshash bakteriyalarning
bo‘lmasligi;
6) ularni aniqlash, ajratib olish va identifikasiya usullari oson va ekonamik jihatdan qulay
bo‘lishi;
Keltirilgan xususiyatlar bir qator bakteriyalarga xos bo‘lib, atrof-muhitdagi turli
ob‘ektlar uchun sanitariya-
ko‘rsatkichi deb qabul qilingan
Tuproq na‘munasini olish. Sanitar bakteriologik tekshirish uchun tuproq na‘munasi
qo‘yilgan maqsad asosida tekshirilayotgan uchastkani ma‘lum kvadratlaridan ( 5 x 5 m. kam
bo‘lmaslik kerak) ―konvert‖ usulida ( 4 ta na‘muna diagonal bo‘yicha va 1 ta markazdan)
olinadi. Na‘munalar tuproqni 20-30 sm. chuqurlig‘idan 200 g, tuproqni bakteriologik
151
ifloslanganini aniqlash uchun esa 20 sm chuqurlig‘idan olinadi. Olingan na‘munalar maxsus
steril idishlarga solinib laboratoriyaga jo‘natiladi. Tuproq na‘munalari zarur sharoit kelib
chiqqanda 24 soat muzlatkichlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.
Dostları ilə paylaş: |