Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya



Yüklə 19,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/32
tarix23.02.2017
ölçüsü19,01 Kb.
#9388
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32


 
O‗ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM 
VAZIRLIGI 
SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
 
EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA 
KAFEDRASI 
 
 
 
KIMYOVIY MIKROBIOLOGIYA  FANI 
BO`YICHA  
 
O‗ Q U V –U S L U B I Y    
 M A J M U A 
 
 
 
Toshkent -2016 y.
 
 


 
Mazkur  o‗quv-uslubiy  majmua  Oliy  va  o‗rta  maxsus  ta‘lim  vazirligining  2016  yil  6  aprelidagi 
137-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan o‗quv reja va dastur asosida tayyorlandi. 
 
 
 
 
Tuzuvchi: 
Fayzullaeva Z.R.  
 
 
– 
 Ekologiya va mikrobiologiya 
kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
Qodirova D.E.  
 
 
– 
Ekologiya va mikrobiologiya 
kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
 
 
Taqrizchi: 
Saidov S.A.   
 
 
– 
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi  
mudiri 
Maxkamova D.E. 
 
 
– 
ToshPMI Bolalar yuqumli kasalliklari  va  
mikrobiologiya,virusologiya,immunologiya  
kafedrasi  dotsent i 
 
 
 
 
 
 
O‘quv -uslubiy majmua  Bosh ilmiy-metodik markaz  Ilmiy-metodik  kengashining 2016  yil 
__________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa  tavsiya qilingan. 
 
 
 
 
 
 
Toshkent farmasevtika instituti  Markaziy  uslubiy  kengashi  tomonidan muhokama qilindi. 
2016 yil     _____________  dagi  __________sonli bayonnoma 
 
Toshkent farmasevtika instituti   Ilmiy kengashining             sonli bayoni asosida tastiqlangan. 
 
 


 
 
 
MUNDARIJA 
 
 
 
 
I. Ishchi dastur………………………………………………………..............................................4 
II. Sillabus......................................................................................................................................21 
III. Fanni  o‗qitishda foydalaniladigan interfaol ta‘lim metodlari.................................................24 
IV. Nazariy mashg`ulot materiallari…………………………...................…………………...…37 
V. Amaliy mashg‗ulot materiallari ………………………..…………………..………….…....116 
VI. Keyslar banki……………………………….........................................................................183 
VII. Mustaqil ta‘lim mavzulari ……………………………………………..….........................193 
VIII. Testlar …………………………………............................................................................194 
IX. Glossariy……………………………………………………..……………………………..219 
X. Adabiyotlar  ro‗yxati…………………………..…………………………………………….223 
 
 


 
Kirish 
Toshkent  Farmatsevtika  instituti  sanoat  farmatsiya  fakulteti  talabalari  kelajakda  injener 
biotexnolog  bo‗lib,  mamlakatimizning  sotsial  taraqqiyotida  asosiy  omillardan  biri  bo‗lgan 
ikkilamchi  metabolitlarni  (antibiologik,  vitaminlar,  polisaxaridlarni)  sintez  qilishni  tashkil 
etishlari lozim. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun talabalar kimyoviy mikrobiologiya fanini 
chuqur o‗rganishlari zarur. Bu maqsadga erishish va o‗quv jarayonini tuzishda ishchi dastur katta 
rol  o‗ynaydi.  2016-2017  o‗quv  yili  uchun  ishlab  chiqilgan  o‗quv  uslubiy  majmuada 
Microbiology  and  Immunology  /Faculty  of    Pharmacy.  General  Microbiology    Immunology 
.Edition  2015,  "Mikrobiolugiai  Laboraturiumi  Gyakorlatok  2013.  xorijiy  adabiyotning  bob 
ma‘lumotlaridan foydalanib mavzulari kiritildi. 
Fanning maqsad va vazifalari 
Mikrobiologiya,  biotexnologiya  negizlaridan  biri  bo‗lib,  mikroorganizmlar  hayot 
faoliyatining  molekulyar, genetik, o‗sish  mexanizmi, ko‗payishi, metabolizmi, sodda jonivorlar, 
zamburug‗lar,  viruslar to‗g‗risidagi zamonaviy  bilim asoslari  bilan ikkilamchi  metabolitlarning, 
antibiotiklar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintezi bilan tanishtiradi. 
Mikroorganizm  produtsentlarining  tuzilishi,  fiziologik  aktivligini  aniqlash  sanitar  – 
ko‗rsatkich  mikroorganizmlarning,  yuqumli  kasallik  qo‗zg‗atuvchilarining,  ularga  qarshi 
ishlatiladigan  kimyoterapevtik  moddalarning  ta‘sirini  immunologiya,  immunoximiya  asosida 
o‗rganadi. Mikrobiologiyada o‗rganilgan molekulyar genetika asoslari, biotexnologiya sanoatida 
original  bilim  manbai  hisoblanadi.  Ishchi  dasturda  kimyoviy  mikrobiologiya  fanining  asoslari 
zamon  talablari  asosida  o‗z  aksini  topgan.  Biotexnologlarni  tayyorlashda,  kimyoviy 
mikrobiologiya  fanini  o‗rganishdan  asosiy  maqsad  -  mikroorganizmlar  fiziologiyasining 
elementlari: 
oziqlanish, 
nafas  olish,  o‗sish,  ko‗payish,  mikroorganizmlar  kimyosi, 
mikroorganizmlarga  tashqi  muhitning  ta‘siri,  ularning  tabiatda  modda  almashinuvidagi 
ahamiyatini  o‗rganish.  Biotexnolog  professional  faoliyatida  aseptika,  antiseptika,  sterillizatsiya, 
tayyor  dorilar  va  xom-ashyosini  saqlash,  dorilarni  ekstemporal  tayyorlashda  kimyoviy 
mikrobiologiya fanining saboqlari muhim ahamiyatga egadir. 
O‗quv  jarayonida  talabalarga  mikrob  xujayralarini  o‗lchash,  molekulyar  tarkibi, 
mikrometriya usullari, bakterial massani o‗lchash, mikrob xujayrasini dezintegratsiyasi, ularning 
uglevod  tarkibini  o‗rganish,  DNKni  olinishi,  ammonifikatsiya,  denitrofikatsiya  reaksiyalari, 
bakteriofaglarning  olinishi  va  ishlatilishi,  vaksinalar,  immunoglobulinlar  olinishi  va  ishlatilishi 
haqida ma‘lumotlar beriladi. 
Fan bo‗yicha talabaning malakasiga qo‗yiladigan talablar 
Talabalar  o‗quv  jarayonida  kimyoviy  mikrobiologiya  fanidan  mikroorganizmlarning 
tasnifi,  prokariot va eukariot  xujayralarining tuzilishi, aktinomitsetlar,  spiroxetlar, rikketsiyalar, 
xlamidiya,  mikoplazma,  zamburug‗lar  va  sodda  jonivorlar  morfologiyasi,  mikroorganizmlar 
kimyosi, kichik molekulalar, katta molekulalar, viruslar morfologiyasi, bakteriofaglar, patogenlik 
va virulentlik, vaksinalar, immunoglobulinlar, anatoksinlar, ximioterapevtik preparatlar, ularning 
mikroorganizmlarga  ta‘sirini,  ularning  tabiatda  modda  almashinuvidagi  ahamiyatini  bilishi 
kerak. 
Talabalar, o‗qituvchining  nazorati ostida xavfsizlik texnik  qoidalariga rioya qilib, uslubiy 
ko‗rsatmalar yordamida quyidagi ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak. 
- surtma preparatlarini tayyorlash. 
- surtmalarni bo‗yash usullarini bilish. 
-  mikroorganizmlarni  morfologiyasini  o‗rganish  uchun  mikroskopiya  usullarini  qo‗llay 
olish. 
-  antibiotiklarning  mikroblarga  nisbatan  sezgirligini  seriyali  suyultirish,  disk  usullarida 
aniqlay olish. 
mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qila bilishlari kerak
- mikrob xujayralarini o‗lchash, bakterial massani o‗lchash. 
- mikrob xujayrasini dezintegratsiyalash, uning uglevod tarkibini o‗rganish. 
- DNKni olinishi, uning xususiyatlarini o‗rganish. 


 
-  aerob  va  anaerob  sharoitda  kletchatkani  parchalovchi  mikroblar,  ammonifikatsiya, 
denitrifikatsiya reaksiyalarini o‗rganish. 
Organizmni  himoyalanishi  immunitet  tushunchasini  chuqur  tahlil  qilish  va  uning 
mohiyatini  bilgan  holda  immun  patologik  xolatlarga  to‗g‗ri  baho  bera  bilishi  kerak.  YUqumli 
kasallik qo‗zg‗atuvchilarga bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik 
usullarda  tashxis  qo‗yish  asoslarini  chuqur  bilishi  kerak.  Yuqumli  kasalliklarni  oldini  olishda, 
davolashda  qo‗llaniladigan  vaksinalar,  anatoksinlar,  immun  zardob  va  biopreparatlarni  olish 
texnologiyasi malakalariga ega bo‗lishi kerak. 
O‗quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‗liqligi 
Kimyoviy  mikrobiologiya  bioximiya,  ekologiya,  genetika,  Kimyoviy  mikrobiologiya  , 
organik  kimyo  fanlari  bilan  chambarchas  bog‗langan.  Ekologiya  fanidan  tashqi  muhit 
faktorlarining  mikroorganizmlar  xayot  faoliyatiga  ta‘siri,  bu  jarayonlarning  hayvonot  olamiga, 
o‗simliklarga  ta‘sirini  o‗rganish,  yangi  dori  preparatlarini  tayyorlashda  muhim  rol  o‗ynaydi. 
Genetika  –  kimyoviy  faktorlarning  genetik  o‗zgarishlarga  ta‘sirini  o‗rganishda  foydalaniladi. 
Biokimyo  fanidan  mikroorganizmlarga  fermentlar,  vitaminlar,  polisaxaridlarning  biosintez 
ta‘sirini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lib, biofarmatsevtika sanoatidagi asosiy yo‗nalishlarni tashkil 
etishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Mikroorganizm  produk-sentlarining  strukturasi,  biologik 
faolligini o‗rganiladi. 
Mikroorganizmlarni  o‗stirish,  toza  kulturasini  ajratib  olish,  yangi  preparatlar  tayyorlash 
jarayonlari, Kimyoviy mikrobiologiya  qoidalariga rioya qilish bilan bog‗liq. Biotexnologiya fani 
kimyoviy  mikrobiologiyani  davomi  bo‗lib,  ishlab  chiqarailadigan  fermentlar,  ajratib  olinadigan 
dorilarni tarkibini bilishda katta yordam beradi. 
Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Kimyoviy  mikrobiologiya  fanini  o  zlashtirishlari  uchun  o‗qitishning  ilg‗or  va  zamonaviy 
usullardan  foydalanish,  yangi  informatsion  pedagogik  texnologiyalarni  tadbiq  qilish  muhim 
ahamiyatga  egadir.  Fanni  o‗zlashtirishda  darslik,  o‗quv  va  uslubiy  qo‗llanmalar,  ma‘ruza 
matnlari,  tarqatma  materiallar,  elektron  materiallardan  foydalaniladi.  Ma‘ruza  va  laboratoriya 
darslarida  mos  ravishdagi  ilg‗or  pedagogik  texnologiyalardan  (―Vertushka‖,  ―Aqliy  xujum‖  va 
―Bumerang‖ va hk.) keng foydalaniladi. 
O‘quv  jarayoni  bilan  bo‘liq  ta‘lim  sifatini  belgilovchi  holatlar  quyidagilar:  yuqori  ilmiy-
pedagogic  darajada  dars  berish,  muammoli  ma‘ruzalar  o‘qish,  darslarni  savol-javob  tarzida 
qiziqarli  tashkil  qilish,  ilg‘or  pedogogik  texnologiyalardan  va  multimediya  vositalridan 
foydalanish,  tinglovchilarni  undadigan,  o‘ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  qo‘yish, 
talabchanlik,  tinglovchilar  bilan  individual  ishlash,  erkin  muloqat  yuritishga,  ilmiy  izlanishga 
jalb qilish. 
―Kimyoviy  mikrobiologiya‖  kursini  loyihalashtirishda  quyidagi  asosiy  konseptual 
yondashuvlardan foydalaniladi: 
Shaxsga  yonaltirilgan  ta‘lim.  Bu  ta‘lim  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  ta‘lim  jarayoninig  barcha 
ishtirokchilarini 
tolaqonli 
rivojlantirishlarini 
ko‘zda 
tutadi. 
Bu 
esa 
ta‘limni 
loyhalashtirilayotganda,  albatta,  ma‘lum  bir  ta‘lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo 
kelgusidagi  mutaxasisslik  faoliyati  bilan  bog‘liq  o‘qish  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 
yondashilishni nazarda tutadi. 
Tizimli  yondashuv.  Ta‘lim  texnologiyasi  tizimining  barcha  belgilarini  o‘zida  mujassam 
etmog‘i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo‘g‘imlarini  o‘zaro  bog‘langanligi, 
yaxlitligi. 
Faoliyatga  yo‘naltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga 
ta‘lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha 
qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi. 
Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. 
uning  natijasida  shaxsning  o‘z-o‘zini  faollashtirishi  va  o‘z-o‘zini  ko‘rsata  olishi  kabi  ijodiy 
faoliyati kuchayadi. 


 
Hamkorlikdagi  ta‘limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta‘lim  beruvchi  va  ta‘lim 
oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 
ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurlugini bildiradi. 
Muammoli  ta‘lim.  Ta‘lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali  ta‘lim 
oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni  ob‘ektiv  qarama-
qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani  shakllantirish  va  rivojlantirishni, 
amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi. 
Axborotni  taqdim  qilishni  zamonaviy  vositalarini  va  usullarini  qo‘llash-  yangi 
kompuyter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. 
O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli 
ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar. 
O‘qitishni  tashkil  etish  shakllari:  diolog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va  o‘zaro 
o‘rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh. 
O‘qitish  vositalari:o‘qitishning  an‘anaviy  shakllari  (darslik  ma‘ruza  matni)  bilan  bir 
qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari. 
Kommunikatsiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan 
bevosita o‘zaro munosabatlar. 
Teskari  aloqa  usullari  va  vositalari:  kuzatish,  blits-  so‘rov,  oraliq  va  joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarni tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. 
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o‘quv  mashg‘uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi 
texnologik  karta  ko‘rinishidagi  oquv  mashg‘ulotlarini  rejalashtirish,  qo‘yilgan  maqsadga 
erishishda  o‘qituvchi  va tinglovchining  birgalikdagi  harakati,  nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, 
balki auditoriyadan tashqri mustaqil ishlarning nazorati. 
Monitoring va baholash:o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham oqitishning 
natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari 
yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. 
 
― Kimyoviy mikrobiologiya‖ fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha 
taqsimlanishi: 
 
t/r 
MAVZUNING NOMI 
Jami 
soat 
Ma‘-
ruza 
Amaliy 
mash-
g‘ulot 
Mus-
taqil 
ta‘lim 

Мikrobiologiyasi хaqida tushuncha va rivojlanish tarixi. 
Umumiy  bakteriologiya:  bakteriyalar  klassifikasiya 
morfologiyasi 
va 
tuzilishi.. 
Mikrobiologiya 
laboratoriyasining  tuzilishi  va  uning  jixozlari.  Surtma 
tayyorlash. 





Prokariotlar  va  eukariotlar.  Bakteriyalarning  struktura 
tuzilishi.    Xujayralarning  katta  kichik  molekulalari 
Mikroorganizmlarning 
morfologiyasi. 
Mikroorganizmlarni 
tirik 
va 
o‗ldirilgan 
holda 
tekshirish. Bo‗yash usullari. 





Xujayra  devori  va  bakteriyalarning  tuzilishi  farqlari 
Prokariot    va  eukariot  mikroorganizmlar.  Katta  kichik  
molekulalar.  Bakteriyalar  struktura  tuzilish  va  gram  
manfiy va gram musbat bakteriyalarni farqlash. 





Bakteriyaning  doimiy  bo‗lmagan  kiritmalari  va 
ularning 
bakteriyalardagi 
xususiyatlari. 
Bakteriyalarning  nafas  olishi.  Sterilitsaziya  va  uning 
usullari.  Aseptika,  antiseptika,  Dezinfeksiya  va  uning 
turlari. 
Ozuqa 
muhitlari 
klassifikatsiyasi, 
ularni 






 
tayyorlash usullari. 

Mikroorganizmlarning 
o‗sishi 
va 
ko‗payishi. 
Mikroorganizmlarni  sof  kulturasi,  ularni  ajratib  olish 
usullari va bosqichlari. 



 

Umumiy 
virusologiya: 
tuzilishi, 
klassifikasiyasi, 
reproduksiyasi. Bakterofaglar.  





Mikroorganizmlarning 
xayot 
faoliyatida 
ishlab 
chiqaradigan    moddalari.  (pigmentlar,  toksinlar, 
aromatik moddalar, yorug‗lik energiyasi). 





Dorivor  o‗simliklar  xom  ashyosining  mikroflorasi. 
O‗simliklarda kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlar.   



 

Mikroorganizmlar  ishlab  chiqaradigan  fermentlar. 
Fermentlarni 
biotexnologiyada 
foydalanilishi 
va 
biotexnologik xususiyatlari. 




10 
Tabiatda 
uglerod 
va 
azot 
aylanishida 
mikroorganizmlarning roli.  Aerob  va anaerob sharoitda 
kletchatkani parchalovchi mikroblar. 




11 
Mikroorganizmlar  ekologiyasi.    Inson  tana    normal 
mikroflorasi. 



 
12 
Biotexnologiya 
ob`ektlari.E 
coli,zamburug`larning 
umumiy xususiyatlari.  




13 
Infeksiya  haqida  ta‘limot.  Patogenlik  va  virulentlik. 
O‗rganish usullari. 



 
14 
Yuqumli 
kasalliklarda 
 
kimyo 
terapiyasining 
ishlatilishi.  Infeksiya  va  uning  turlari.  Yuqumli 
kasalliklarni davrlari, mikrobioloigik tekshirish  usul va 
bosqichlari. 



 
15 
Immunitet,  immunitet  turlar.Organizmning  infeksiyaga 
qarshi ximoya mexanizmi 




16 
Mikroorganizmlar genetikasi.  
Mikroorganizmdagi 
uzgaruvchanlik 
va 
ulardan 
tibbiyotda foydalanish 




17 
 Vaksinalar 
 
va 
zardoblar. 
Vaksinalar, 
immunoglobulinlar, anatoksinlar olinishi va ishlatilishi 



 
18 
Ximoterapevtik  preparatlar,  ularning  immun  sistemaga 
ta‘siri. 
Antibiotiklar 
olinishi 
va 
turlari. 
biotexnologiyada ishlatilishi. 




 
 
121  36 
36 
49 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
Kimyoviy  mikrobiologiya  fanini  o‗rganish  davrida  talabalar  ishlab  chiqarish  jarayonida 
kerakli  bo‗ladigan  kasb  va  profil  fanlar  uchun  bilimi,  mahorati  amaliy  faoliyati  shakllanadi. 
Talabalar  kimyoviy  mikrobiologiya  fanidan  olgan  bilimlari  bo‗yicha  dori  moddalarning 
sterilligini  aniqlash,  kasallikni  oldini  olish  uchun  ishlatiladigan  immunobiologik  preparatlarni 
ajratib  ishlata  bilish,  dorivor  o‗simliklarni  antimikrob  xossalarini  o‗rganib,  yangi  dori 
mahsulotlarini tayyorlashda olingan natijalarni qo‗llanilishi xaqida ma‘lumot oladilar. 
Ma‘ruza mashg‘ulotlari 
Мikrobiologiyasi  хaqida  tushuncha  va  rivojlanish  tarixi.  Umumiy  bakteriologiya: 
bakteriyalar  klassifikasiya  morfologiyasi  va  tuzilishi  Kimyoviy  mikrobiologiya  fanining  tarixi, 
taraqqiyoti,  davrlari  mikrobiologiya  fanining  sanoat  farmatsiya  faoliyatidagi  ahamiyati  bilan 
tanishtiriladi.  Kimyoviy  mikrobiologiya  fanining  boshqa  fanlar  bilan  o‗zaro  bog‗liqligi. 
Mikroorganizmlar  sistematikasi,  nomenklaturasi  tushuntirilib,  har  bir  turkumga  kiruvchi 


 
mikroorganizmlarning  morfologik  xossalariga  tasnif  beriladi.  Berdji  tasnifi  bo‗yicha 
mikroorganizmlarni farqlari tushuntiriladi 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta‘lim,  klaster,  aqliy 
xujum,  o‘z-o‘zini nazorat. 
Adabiyotlar:  (1. 1, 1. 2, 1. 3, 2. 4). 
Prokariotlar va eukariotlar. Bakteriyalarning struktura tuzilishi.  Xujayralarning katta 
kichik molekulalari. 
Mikroorganizmlar strukturasining asosiysi: sitoplazmatik membrana, hujayra devori, sporasi, 
kapsulasi,  sito-plazmasi  va  uning  asosiy  kiritmalariga  e‘tibor  qilinadi.  Har  birini  funksiyasiga 
tushuncha beriladi. 
Bakteriya  hujayrasi  azot,  uglerod,  kislorod  va  vodorodlardan  tashkil  topganligi,  ularni 
miqdori  to‗g‗risida  ma‘lumot  beriladi.  Suvni  miqdori,  uni  ahamiyati,  vazifasi,  quruq  qoldiq, 
lipidlar,  oqsillar,  fermentlar,  nuklein  kislota,  uglevodlar  va  polisaxaridlar  to‗g‗risida 
tushuntiriladi va misollar keltiriladi 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim texnologiyalari:  diologik yondashuv,  muammoli ta‘lim, klaster, aqliy 
xujum,  o‘z-o‘zini nazorat. 
Adabiyotlar:  (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 2). 
Xujayra devori va bakteriyalarning tuzilishi farqlari 
Mikrob  hujayra  tuzilish  bilan  farqlanmasdan  xujayra  devori  tuzilishi  bilan  ham  farqlanadi. 
Hujayra  devori  tarkibiy  qismi  oqsil,  uglevod  va  yog‗  miqdori  bakteriyaning  toksigenlik,  anilin 
bo‗yoqlariga  ta‘sir,  chidamlilik  faoliyatini  ta‘minlab  beradi  Qo‘llaniladigan  ta‘lim 
texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum,  o‘z-o‘zini nazorat. 
Adabiyotlar:  (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 4). 
Bakteriyaning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi 
xususiyatlari. Bakteriyalarning nafas olishi. 
Doimiy kiritmalarga bakteriya kapsulalari, xivchin (fimbriya) kiprikchalar va sporalar kiradi. 
Kiritmalar  bakteriya  xayotida  ma‘lum  vazifani  bajaradi.  Bakteriyalar  ko‗payish,  o‗sish 
jarayonida nafas oladi. Turlariga qarab aerob, anaerob, fakultativ, mikroaerofillarga bo‗linadi 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta‘lim,  klaster,  aqliy 
xujum,  o‘z-o‘zini nazorat. 
Adabiyotlar:  (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 2). 
Mikroorganizmlarning o‗sishi va ko‗payishi 
Prokariot  va  eukariot  mikroorganizmlarning  hujayralari  standart  zich  ozuqa  muxitlarida 
rivojlanishi stabil hamda spetsifikligi bilan ajralib turadi. YAngi hujayralar generatsiyasi vujudga 
kelishi  vaqtidan boshlab,  barchalari aniq bir o‗sish  jarayonidan o‗tadi.  Ko‗payish  bakteriyaning 
sonini oshishi bilan kuzatiladi 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta‘lim,  klaster,  aqliy 
xujum,  o‘z-o‘zini nazorat. 
Adabiyotlar:   (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 5). 
Viruslar umumiy xususiyati. Bakteriofaglar 
Viruslarning  o‗ziga  xos  xossalari,  ularning  rejasi,  reproduksiyasi  jarayonlari  haqida  ma‘lumot 
berilib  morfologik,  biologik  xossalari  bayon  etiladi.  Viruslar  genetikasida  rekombinatsiya 
jarayonlari  yoritiladi.  Viruslarning  integrativ  o‗zaro  ta‘siri  kulturalash  indikatsiyasi 
tushuntiriladi.    Bakteriofaglar,  ularning  xossalari,  bakteriya  xujayralari  bilan  o‗zaro  ta‘siri, 
faglarning amaliyotda  qo‗llanilishi bayon etiladi 
Qo‘llaniladigan  ta‘lim  texnologiyalari:  diologik  yondashuv,  muammoli  ta‘lim,  klaster,  aqliy 
xujum, blits, o‘z-o‘zini nazorat. 
Adabiyotlar: 1.1., 1.4., 1.5., 
 


 

Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin