Toshkent kimyo texnologiyasi institute “Menejment va kasb ta’limi ”



Yüklə 225,53 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü225,53 Kb.
#97459
ATTS Nazirillayeva m 22-67 (1)


Toshkent kimyo texnologiyasi institute Menejment va kasb ta’limi ”
fakul­teti tyutori M.Q.Nazirillayevaning 2022/2023-o‘quv yilining yigirma sakkizinchi haftasida o‘tkazilgan “Axborot va murabbiylik soati” bo‘yicha
HISOBOTI
_30_ mart 2023 y. Toshkent sh.
QATNASHDILAR: Guruh tyutori Nazirillayeva M va 22-67 guruh talabalari.


KUN TARTIBI:1.Hafta davomida Respublikamiz va institutda ro`y bergan voqealar tafsiloti va tahlili.
2. “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bo`ladigan o`zgarishlar va ularning mohiyati”.
3. Turli masalalar.


ESHITILDI:Tyutor M.Q. Nazirillayeva guruh talabalari o`rtasida Institutda “Rector kubogi-2023” musobaqalari o`tkazilishi, unda voleybol, futbol, kurash sport musobaqalari aprel oyida bo`lib o`tishi, o`rin olgan talabalarga pul mukofotlari berilishi, guruhdan shu musobaqada qatnashadigan talabalar ro`yhatini shakllantirish haqida so`zladi. Guruh davomati, formada kelishlari, to`lov kontrakt pullarini to`lamagan talabalar ro`yhatini o`qib eshittirdi va vaqtida to`lashlari haqida takidlab o`tdi.
“O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bo`ladigan o`zgarishlar va ularning mohiyati”. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya O`zbekiston jamiyatining evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo`lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g`oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo`lidagi ulkan qadamdir.
So`nggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so`z va e`tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta. kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani, qo`shnilarimiz bilan oramizdagi 25 yillik “muzlar erigani” va boshqa ijobiy harakatlar ortga qaytmasligining konstitusiyaviy himoyasini ta`minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitusiyada muhrlab qo`yish talab etilmoqda.
Konstitusiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya`ni, Asosiy qonunimiz matni qariyib 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi.
Konstitusiyaning asosiy yangiliklari. Konstitusiyada O`zbekiston –suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat`iy belgilab qo`yilmoqda.
Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g`amxo`rlik-davlat siyosatining muhim yo`nalishi bo`lib qoladi.
Tariximimizda ilk bora O`zbekiston-ijtimoiy davlat, deb belgilanmoqda. Ya`ni, insonga e`tibor hamda g`amxo`rlik-davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlanayapti.
Konstitusiyada kambag`allikni qisqartirish, bandlikni ta`minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo`yicha davlat o`ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilanmoqda.
Konstitusiyada har kimning uy-joyli bo`lish huquqi belgilanmoqda. Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumldan, yosh oilalarning o`z boshpanasiga ega bo`lishini ta`minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.
Aholi kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanishi ham loyihaga kiritilgan.
Ko`p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo`yicha birlamchi bo`g`indagi bepul analiz turlari-15 tadan 25 tagacha, tekshiruvlar-10 tadan 20 tagacha, dorilar-64 tadan 90 taga oshiriladi.
Davlat bebaho tabiiy boyliklarimizni ko`paytirish, asrab-avaylash va atrof-muhit musaffoligini saqlash choralarini ko`radi.
Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitusiyada atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha kompleks choralar belgilanmoqda.
Ta`lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o`qituvchilar konstitusiyaviy maqomga ega bo`ladi.
Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta`lim sohasiga oid ko`plab modda va normalarda ham o`z ifodasini topmoqda. Ta`lim va ilm-fanga oid normalar qariyib 2 barobarga oshmoqda.
Konstitusiya loyihasida O`zbekiston – huquqiy davlat, deb belgilanmoqda.
Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirilmoqda.
Xususan, O`zbekistonda o`lim jazosi taqiqlanmoqda. O`lim jazosini taqiqlashni konstitusiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.
Inson farovon yashashi, davlat barqaror rivojlanishi uchun samarali, ixcham va xalqchil davlat boshqaruvi joriy qilinadi, parlamentarizmni kuchaytirish sari dadil qadam qo`yiladi.
Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish institute bosqichma-bosqich bekor qilinadi.
Barcha masalalar yechimi chinakam xalq ovozi bo`lgan mahalla darajasiga tushiriladi.
Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol bo`lishi uchun keng imkoniyat va kuchli himoya taqdim etilmoqda.
Turli masalalr . Hozirgi kunda ko`payib borayotgan “kiberjinoyatchilik” haqida talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi va rasmiy ogohlantirishga imzo qoydirildi.







QAROR QILINDI:
1. Respublikamiz va institutda hafta davomida ro`y bergan voqealar tavsiloti va tahlili bilan ochiq suhbat o`tkazildi.
2. Guruh davomotini haftalik natijasini kuzatib borish guruh sardoriga yuklatilsin.
3. 30-aprel kuni bo`lib o`tadigan Referendumda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga guruh talabalari ovoz beradilar.
Tyutor: M.Q.Nazirillayeva
Guruh sardori: S. Muxiddinov
Yüklə 225,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin