Toshkent moliya insituti. Iqtisodiyot fakulteti IBI 71-guruh talabasi Abdurashidov Alijon
FAN:Makro va mikro Iqtisodiyot
O’qtuvchi:Ro’ziyeva.M
Mikroiqtisodiyotning asosiy kategoriyalari.Talab va taklif
REJA:
1.Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni.
2.Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni.
3.Talab va taklif funksiyasi.
1. Talab tushunchasi va uning miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar. Talab qonuni
Talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
Ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farqlanadi:
Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi.
Bir qancha (ko‘pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
TALAB QONUNI – mahsulot narxi bilan sotib olinayotgan tovar miqdori o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlikning mavjudligi. Talab qonuni orqali talabni tovarlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlari aniqlanadi. Baho bilan talab o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud ekanini ifodalaydi. Tovarlarning va ko’rsatilayotgan xizmatlarning baholari bilan talab hajmi o’rtasida bog’liqlikbo’ladi. Ana shu bog’liqlikka talab qonuni deyiladi.