TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
MOLIYA FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI
KURS ISHI
Mavzu: Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o’zgarishlari
Ilmiy rahbar: _________________________
Talaba: Shoymardonov B.
2022-2023 o`quv yili
Mavzu: Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o’zgarishlari
I. KIRISH
II. ASOSISIY QISM
1.Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi
2.Valyuta tizimlarining asosiy ishtirokchilari
3.Xalqaro valyuta munosabatlari va tizimlari,ularning o’zgarishlari, jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi.
Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy, olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.Soʼnggi yillarda xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik yoʼqoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi; mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib, oʼrnini almashtirdi; rezerv valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani kuzatildi. Har bir davlat oʼz valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun yuqori likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga, zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga aralashishlariga toʼgʼri keldi.
Shu kabi holatlar xalqaro valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etadi. Hozirgi kunda, jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini oʼrganish maqsadida oʼnlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |