Toshkent moliya instituti mustaqil ish



Yüklə 18,11 Kb.
səhifə1/4
tarix16.02.2023
ölçüsü18,11 Kb.
#84535
  1   2   3   4
Byudjet hisobi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



MUSTAQIL ISH
Byudjet hisobi fanidan


Mavzu: Byudjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etish.

Bajardi: Byudjet hisobi va G’aznachilik fakulteti, MM-59-2 guruh talabasi Namazov Murod Shamsidinovich.

Toshkent 2023


Reja:

  • Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari

  • Asosiy vositalar kirimi hisobi

  • Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi

  • Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va ularni hisobda aks ettirish



1. Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir.

Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar, mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar, transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari, hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari, magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).

Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo’yiladi:


  • Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar tarkibida aks ettirish;

  • Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan- joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish;

  • Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;

  • Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;

  • Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;

  • Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;

  • Asosiy vositalar bo’yicha o’zvaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.

Yüklə 18,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin