Toshkent viloyati Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab bo'limiga qarashli 17-umumta’lim khy psixologi



Yüklə 259 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü259 Kb.
#133432
II yarim yillik xisobot Narenova Munira


Toshkent viloyati Olmaliq shahar
Maktabgacha va maktab bo'limiga qarashli
17-umumta’lim KHY psixologi
Narenova Muniraning ikkinchi yarim yillik davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan
YARIM YILLIK HISOBOTI





____________2023


“Tasdiqlayman”
Maktab direktori: M.M.Miraxmetova
Olmaliq shahar 17-umumta’lim maktabi KHY psixologi Narenova Muniraning ikkinchi yarimyillik davomida oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan ikkinchi yarimyillik hisoboti
Yanvar oyida maktan KHY psixologi tomonidan 6-sinf o'quvchilari bilan “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida diktant yozish bo'yicha tanlov tashkil etildi.
Natijalarga ko‘ra, maktab bosqichi g‘oliblari quyidagilar:
I- o‘rin 6-“B” sinf o‘quvchisi Qarshiboyeva Umida 84 ball
II- o‘rin 6-“A” sinf o‘quvchisi Begimqulova Dilshoda83 ball
III- o‘rin 6-“V” sinf o‘quvchisi Ro‘ziqulova Pokiza 80 ball
Maktab ma'muriyati va maktab KHY psixologi bilan hamkorligida tanlovda g'olib bo'lgan o'quvchilarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Yanvar oyi davomida maktabning 7-8-o'quvchilari bilan maktabning psixologi hamkorligi ostida Ishlab chiqarish korxonalari, hunarmandchilik markazlari va boshqa tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil etildi.Joriy yilning 31-yanvar kuni 7-8-sinf o'quvchilarini avtomobilsozlik sanoati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ular bilan ochiq muloqot suhbatlari tashkil etildi.
7-sinf o'quvchilari “Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi.
.Test natijalariga ko'ra yuqori darajadagi tashkilotchilik qobiliyati 67nafar, o'rta darajadagi 51nafar, past darajadagi 38nafar o'quvchilarda aniqlandi. Natijalar psixolog tomonidan tahlil etildi.Saytdan yuklab olingan natijalar jadvali hisobotga ilova etiladi.8-sinf o'quvchilari bilan “Muloqatchanlik darajasini aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi..
Test natijalariga ko'ra yuqori darajadagi muloqotchanlik darajasi 47 nafar, o'rta darajadagi 56 nafar, past darajadagi 31nafar o'quvchilarda aniqlandi. Natijalar psixolog tomonidan tahlil etildi
Saytdan yuklab olingan natijalar jadvali hisobotga ilova etiladi. 7-9-sinf o'quvchilari bilan Kasblar mamlakatiga sayohat-o‘yin trening mashg‘ulotini o‘tildi.. 8- sinf o'quvchilari bilan Ota-onalarga farzandlarini qiziqish va qobiliyatlariga qarab kasbga yo’naltirish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.
10- sinf o'quvchilari bilan O‘quvchilarning kasbiy tanlovlarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash trening dasturidan 5-6 mavzularni o‘tkazildi Ta'limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb o‘rganish uchun o‘quvchilar va ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish yuzasidan ota-onalarga maslahatlar berildi.9-10-11- sinf o'quvchilari o'rtasida «Men tanlagan kasb» mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi. 1,2,3- o‘rinlar berildi hamda g‘oliblar maktab ma’muriyati tomonidan e'lon qilindi. Olmaliq shahrida 9-b-sinf o‘quvchisi To‘xtamurodova SHirin G‘ayratovna shahar miqiyosida 2-o‘rinni egalladi.
Maktab ma'muriyati va maktab KHY psixologi bilan hamkorligida tanlovda g'olib bo'lgan o'quvchilarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg'alari topshirildi. Prezidentimizning 20- yanvardagida kasb vatil o'rgatish yuzasidan bergan topshiriqlarini ijrosini ta'minlash maqsadida 64 xil kasb va til bo'yicha so'rovnomalar o'tkazildi.Fayega 64 xil kasblar bo'yicha stent bezatildi.
Fevral oyi davomida 5-11-sinf o'quvchilari bilan Kommunal xizmatlar sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”ni o‘tkazish. Maktab psixologi tomonidan fevral oyi ,, Kommunal xizmatlar sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi‘‘ga doir stend tayyorlandi va ushbu oyga tegishli bo‘lgan kasblar haqida to‘liq ma’lumot berish maqsadida maktabning 5-11-sinf o‘quvchilariga sinflar kesimida targ‘bot ishlari olib borildi.5-sinf o'quvchilari bilan“Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida insholar tanlovini o'tkazildi. 8-sinf o'quvchilari bilan Kasblar mamlakatiga sayohat-o‘yin trening mashg‘ulotini o‘tildi.5-7- sinf o'quvchilari bilan “O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator uz platforma orqali o‘tkazildi.8-sinf o'quvchilari bilan O‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlarni aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi. 11-sinf o‘quvchilarini TDTU Olmaliq filialiga maktab psixologi hamkorligida ekskursiya tashkil etildi. 9-10-11- sinf o'quvchilari bilan “Qiziqishlar xaritasi” psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi. Maktab bitiruvchilari uchun shahardagi xalq deputatlari bilan uchrashuv uyushtirildi. Olmaliq shahar deputati D. D. Karimov mehmon bo‘ldi. Suhbat so‘nggida savol javoblarda faol ishtiroketgano‘quvchilarga esdalik uchun kitoblar sovg‘aqildi. 9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish ishlari olib borish yuzasidan yig’ilish tashkil etildi.7-sinf o'quvchilari bilan Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”ni o‘tkazildi. Mart oyligi doirasida qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi kasblar oyligi bilan o'quvchilarni tanishtirish maqsadida stent tashkil etildi. 17-maktab muassasida oʻquvchilar bilan «Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi» munosabati bilan oʻquvchilarga tushuntirishlar olib borildi. 7-sinf o'quvchilari bilan «Tashkilotchilik qobiliyatini aniqlash» psixologik-pedagogik diagnostik testini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi.O'quvchilardagi tashkilotchilik,yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish9-sinf o'quvchilari bilan “Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik metodikasini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi.10-sinf o'quvchilari “O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” psixologik-pedagogik diagnostik metodikasini profnavigator.uz platforma orqali o‘tkazildi.11-sinf o'quvchilari bilan “O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarni aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik testini platforma orqali o‘tkazildi.Maktab psixologi tomonidan o'quvchilarning test natijalari o'rganilib diagnostika qilindi. Kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi o'rganildi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratildi. Hisobotga shuningdek,saytdan yuklab olingan natijalar ilova qilinadi 8- sinf o'quvchilari bilan Yo‘l xaritasi” mashqi trening mashg’ulotlari o’tkazildi. 9-10-11- sinf o'quvchilari “Navro‘z” bayrami munosabati bilan “Ustoz-shogird” an’anasiga jalb etilgan o‘quvchilarning mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etildi va maktabda “Navro‘z” bayrami munosabati bilan “Ustoz-shogird” an’anasiga jalb etilgan yuqori sinf o‘quvchilarning mahsulotlar ko‘rgazmasi yarmarkasi tashkil etildi. Ular o'zlarining «Ustoz-shogirt» an'analari asosida o'rganayotgan kasblari bo'yicha qo'l mehnatlari bilan ishtirok etdilar. 9-11- sinf o'quvchi qizlari ishtirokida O'quvchi qizlar o'rtasida «Qiz bolaning kasbi-uning baxti» mavzusida tanlov tashkil etildi. Unda o‘quvchilarimiz milliy taom sumalak tayyorlashdi. O‘quvchi qizlar o‘zlarining pazandalik, mehmon kutish mahoratini namoyish etishdi. Olmaliq shahar prokuraturasiga shu sohaga qiziqqan o‘quvchilar uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etilib o‘quvchilar prokuratura hayoti bilan yaqindan tanishishdi.
10- sinf o'quvchilari bilan O‘quvchilarning kasbiy tanlovlarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash trening dasturidan 7-mavzularni o‘tkazildi. Aprel oyida Fan va ta’lim sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”ni o‘tkazildi.Maktab fayesiga stendgazeta yasatildi.7-8-9-10-11-sinflar ishtirokida fan va ta’lim sohasiga oid kasblar yuzasidan davra suhbatlari treninglar tashkil etildi. Oylik doirasida o’quvchilar o’zlari egallamoqchi bo’lgan kasblar haqida keng ma’lumotlarga ega bo’ldilar.Fan va ta’lim sohasidagi kasblar haqida tajriba almashishdi. 9-o‘quvchilari tomonidan o‘z izlanishlari asosida fan va ta'lim sohasiga oid kasblarni aks ettiruvchi fotakollajlar tayyorlandi. Shu jumladan ushbu oyda o‘quvchi yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun shuningdek ularning har tamonlama yetuk malakali mutaxassis bo‘lib yetishlariga ko‘maklashish o‘z kasbini ustasi bo‘lib ulg‘ayishlari uchun kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda,ya’ni o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish,ularning qiziqish va qobiliyati layoqati va moyilliklarini inobatga olib presidentimizning kasb va til o'rgatish yuzasidan qabul qilgan qarorlar doirasida 64-xil kasblar orasidan eng talabgor bo'lgan,hamda so'rovnomalar natijasida aniqlangan ___ nafar kasblar bo'yicha to'garaklar tashkil etildi. Bitiruvchi o‘quvchilar uchun Olmaliq kon metallurgiya kolleji o‘quvchilari ishtirokida ochiq muloqot suhbatlari o‘tkazildi. 6-7-sinf o'quvchilari bilan “Kasb tiplarini aniqlash” psixologik-pedagogik diagnostik metodikasini profnavigator uz platforma orqali o‘tkazildi.10-11-sinf o'quvchilari.Fan va ta’lim sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”ni o‘tkazish doirasida ustoz-shogirt an'analari yuzasidan uchrashuvlar tashkil etish.Maktabda 10-11-sinf o'quvchilarini kasb hunarga yo'naltirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida «Ustoz-shogirt» an'analari yo'lga qo'yilgan.“Ustoz-shogird” an’anasini tashkil etishda o‘g‘il bolalar uchun “Yigit kishiga qirq hunar oz”, qiz bolalar uchun “Tanlagan kasbim-kelajak baxtim” shiori ostida o‘quvchilarga kasblar va hunarlar haqida to‘liq ma’lumot berildi. 11-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda Olmaliq shahar arxitektura qurilish texnikumiga ekskursiya tashkil etildi. Maktabning 10-11-sinf rahbarlari o‘quvchilarining ota-ar bazasini shakllantirib kasbga yo’naltiruvchi psixologga topshirdi. Maktabda kasblar festivali bo‘lib o‘tdi. 9-10-11-sinf o'quvchilari bilan «Kasb va yoshlar» ochiqonalarini hayotda egallagan kasbi va hunari haqida ma’lumotl muloqot oyligini tashkil etildi. Maktabda 9-10-11- sinf o'quvchilari bilan “Kasb va yoshlar” mavzusida o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot oyligi bo‘lib o‘tdi.9-11- sinf o'quvchilari O‘quvchilarning kasbiy tanlovlarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash trening dasturidan 8-9-mavzularni o‘tildi.“Kasb tanlash va bolaning qiziqishlari va moyiliklari” mavzusida ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish yuzasidan yig'ilish o’tkazildi. “Kasb tanlashda tipik xatoliklar” mavzusida ota-onalarga tavsiyalar berish va yo‘naltirish yuzasidan o’tkazilgan aprel oyidagi yig’ilish o'tkazildi.
May oyida 7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari bilan Radiotexnika va elektronika sohasiga oid kasblar asosida “Kasbiy bilim va maslahat oyligi”ni o‘tkazildi.Maktab fayesiga stendgazeta yasatildi.7-8-9-10-11-sinflar ishtirokida radiotexnika va elektronika sohasiga oid kasblar yuzasidan davra suhbatlari treninglar tashkil etildi. Oylik doirasida o’quvchilar o’zlari egallamoqchi bo’lgan kasblar haqida keng ma’lumotlarga ega bo’ldilar. 9--11-sinf o'quvchilari bilan «Kasb va yoshlar» ochiq muloqot oyligini tashkil etildi.May oyi davomida ham mktabda 9-11- sinf o'quvchilari bilan “Kasb va yoshlar” mavzusida o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot oyligi davom etdi. 9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi yoki kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o‘quvchilarni o‘quv yili davomida muayyan kasbga yo‘naltirish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Maktab KHY psixologi tomonidan 9-11-sinf o'quvchilari bilan tòğri tanlangan kasb-bu muvaffaqiyatlar va porloq kelajak sari yo‘l mavzusida sinf soatlari tashkil etildi.Mashg'ulotlar davomida bitiruvchilarning qiziqishlari va orzulari haqida o'rtoqlashildi. O'quvchilarning o'zlariga nisbatan ishonch tuyg'usi shakllantirildi.Orzu va maqsadlani tog'ri qo'yish va unga erishish tuyg'usi shakllantirildi.Kasb hunarni to'g'ri tanlay olish ko'nikmalari shakllantirildi.9-11- sinf o'quvchilari bilan Yo‘l xaritasi” mashqi tashkil etildi. 9-11- sinf o'quvchilari O‘quvchilarning keyingi ta’lim bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirildi.
Maktab psixologi tomonidan kasbga yo'naltirish ishlari doimiy va sifatli tashkil etib kelinmoqda.Bundan tashqari davlatimiz rahbarining kasb hunar bo'yicha chiqargan qaror va farmonlari bilan doimiy va sifatli tanishib kelinmoqda,va bu boradagi ishlar amaliyotga joriy etib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PQ-5140-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PQ-241-son qarori;O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son qarori. Ushbu qarorlar psixolog tomonidan o'rganilib, o'quvchilarni ham tanishtirib o'tilib keng tushunchalar berildi.Maktab psixologi tomonidan may oyi davomida ham metod kunlarda faol ishtirok etib kelindi,o'z ustida ishlash yuzasidan tajribalar almashildi

Maktabning KHY psixologi Narenova Munira tomonidan 2022-2023 o'quv yili uchun ish hujjatlari to'liq yo'lga qo'yilgan
Maktab KHY psixologi: Narenova Munira
Yüklə 259 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin