Total commander qobiq dasturi Reja: Qobiq dasturlar. Total Commander panellarini boshqarish



Yüklə 23,43 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü23,43 Kb.
#39943
  1   2   3   4   5
Total commander qobiq dasturi Reja Qobiq dasturlar. Total Comma


Total commander qobiq dasturi

Reja:

1. Qobiq dasturlar.

2. Total Commander panellarini boshqarish.

3. Total Commander matn muharriri.

4. Total Commander funksional tugmachalardan foydalanish.

Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‘maklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq-dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi va juda tez ommalashib ketdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o‘zida saqlab qolgan.

Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko‘rgazmali tarzdako‘rsatib turadi. Ma’lumki, matnli interfeysda operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko‘p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o‘nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan xalos etdi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri – u operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.

Norton Commanderdan foydalanuvchi qobiq-dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to‘g‘ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug‘i yoki amaliy dastur bajarib bo‘lingandan so‘ng yana Norton Commanderga qaytiladi.

Qobiq-dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi:

• diskdan kataloglar ro‘yxatini ekranga to‘liq chiqarish;

• fayllardan nusxa ko‘chirish;

• fayllarni qayta nomlash;

• fayllarni o‘chirish;

• kataloglarning pog‘onalik tuzilmasini ko‘rish;

• bir katalogdan boshqa kataloglarga o‘tish;

kataloglar hosil qilish;

• katalogni qayta nomlash va o‘chirish;

• matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.

Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni qidirish, nusxa olish, qayta nomlash, o`chirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqolroq bajaradi.

Total Commander turli funksiyalarni bajaradi, xususan:

-diskdagi kataloglar ro`yxatini yaqqol ko`rsatadi.

-diskdagi kataloglar daraxtini ko`rsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, o`chirish imkoniyatlariga ega.

- fayllar ustida nusxa ko`chirish, qayta nomlash, joyni o`zgartirish va o`chirish komandalarini qulayroq bajaradi.

-turli matnli fayllar, hujjatlar, arxiv fayllar, ma`lumotlar bazasimatnlarini ko`rish, matnli fayllarni tahrir qilish imkoniga ega.

Total Commander (Windows Commander) dasturi WINDOWS operatsion tizimi bilan ishlash uchun eng ommaviy dastur-qobiqlardan biridir, u Windows tizimida foydalanuvchi disklarni va disklardagi ma`lumotlarni, papkalarni (kataloglarni) ko`radi, fayllarni o`chiradi, nusxa oladi, qayta nomlaydi, dasturni ishga tushiradi va hokazo.

Total Commander ekranda buyruqni yoki faylning nomini tanlash yetarli, Enter tugmasini, funksional tugmasini yoki sichqonchani shiqirlatish kerak va kerakli jarayon bajariladi.

Total Commander bilan birgalikda matnli fayllarni va boshqa hujjatlarni tahrir qilish va ko`rib chiqish uchun dasturlar yetkazib beriladi.

Total Commander dasturini yuklash uchun “Пуск” menyusidan “Программ” –Total Commander dasturi tanlanadi.

Total Commander dasturi ishga tushirilgandan keyin oynaning yuqori qismida menyular qatori, disklarni tanlash tugmalari, ikkita ramka bilan chegaralangan to`g`ri to`rtburchakli oyna paydo bo`ladi.

Ekranning pastki satrlarida buyruqli satr va F3-F8, Alt+F4 boshqarish tugmalari joylashgan:

F3 o`qish (View)- kursor bilan tanlangan faylni ko`rib chiqish.

F4 to`g`rilash (Edit)- kursor bilan tanlangan faylni tahrir qilish.

F5 nusxa(Soru)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni nusxalash.

F6 nom(RenMov)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni qayta nomlash yoki siljitish(siljitish boshqa panelda ochilgan papkada amalga oshiriladi).

F7 katalog - yangi papka (katalog) yaratish.

F8 o`chirish(Delete)- kursor bilan tanlangan faylni (bo`sh katalogni) o`chirish.

Alt+F4 chiqish(Quit)- Total Commander dasturidan chiqish.

Fayllar to’g’risidagi ma’lumotlarni chiqarishning 4 shakli mavjud: to’liq, qisqa, izoh va andoza. To’liq shaklda o’ng tarafda fayl o’lchami baytlarda, faylni yaratish yoki oxirgi o’zgartirilgan sanasi va vaqti chiqariladi. Qisqa shaklda faqat fayl nomi chiqariladi.

«Загаловки табулятор» paneli bo’yicha papka (katalog) va fayllar nomlarini sozlashda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

-nomlarni alifbo tartibida;


-kengaytmalarni alfavit tartibida;

-fayllar o’lchanining kamayishi tartibida.

-faylning yaratilish sanasi va vaqtining kamayishi tartibda.


Yüklə 23,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin