TOVAR, MAHSULOT, XIZMATLARGA BOʻLGAN TALAB FUNKSIYASINI QURISH Vazifa: Faraz qilaylik orzu qilib yurgan biznesingiz uchun yetarlicha mablag‘iz bor. Har bir talaba orzularidagi virtual zavod, fabrika qurib isteʼmolchilarni qiziqtiradigan mahsulot ishlab chiqarish, yoki biror bir xizmat turi taklif qilish vazifasi qoʻyiladi. Quyidagi savollarga javob topilsin: Taklif qilinayotgan tovar, mahsulot yoki xizmat turiga bo‘lgan talab ijtimoiy tarmoqlarda (telegrammda, odnoklassniki sayti, meta (facebook) va hokazolar) potensial iste‘molchilardan so‘rovnoma o‘tqazib aniqlansin. So‘rovnoma skrinshotlari ilova qilinsin. -0.5 ball.
Ushbu mahsulot yoki xizmat turiga bo‘lgan talab aniqlansin – 1.0 ball.
Eng kichik kvadratlar usulida talab funksiyasi qurilsin. Determinatsiya koeffitsiyenti R2 hisoblansin – 1 ball.
Maksimal daromad aniqlansin – 0.5 ball.
Optimal ishlab chiqarishlar soni aniqlansin – 0.5 ball.
Olingan natijalar xulosasi keltirilsin – 0.5 ball.
MISOL Iqtisodiy darsliklarda talab funksiyasi haqida koʻp gapiriladi, lekin uni qanday olinganligi haqida gapirilmaydi. Shunday boʻlsada uni empirik maʼlumotlar boʻyicha baholash qiyin emas. Biznesni oltin qoidalaridan biri biror bir mahsulotga bo‘lgan talab bormi yo‘qligini bilish uchun buni iste’molchini o‘zidan so‘rash kerak. “Qandaydir tovar, mahsulot yoki xizmat turi uchun qancha mablagʻ bergan boʻlar ediz?” Aytaylik biror bir fan boʻyicha oʻquv darslik haqida gap ketsin. Soʻrovnoma oʻtqazilgan isteʼmolchilar maksimal berishlari mumkin boʻlgan mablagʻ miqdorlari quyidagicha boʻlsin: 40, 25, 30, 50, 35, 20, 50, 32, 15, 40, 20, 40, 45, 30, 50, 25, 35, 20, 35, 40 ming soʻm.
Olingan soʻrovnoma maʼlumotlari boʻyicha talabni bahoga nisbatan bogʻliqligi funksiyasini quramiz.
№ , i
Baho, pi
Ni
Talab, D(pi)
Foyda
Foyda
Foyda
1
2
3
4
5
6
7
1
15
1
20
100
0
-
2
20
3
19
190
95
-
3
25
2
16
240
160
0
4
30
2
14
280
210
70
5
32
1
12
264
204
84
6
35
3
11
275
220
110
7
40
4
8
240
200
120
8
45
1
4
140
120
80
9
50
3
3
120
105
75
Talabni bahoga nisbatan bogʻliqligi – bu 4-ustunni 2-ustunga bogʻliqligidir. Jadvalfagi bogʻliqlikni 9 ta nuqtasi boʻyicha talab egri chizigʻini eng kichik kvadratlar usulida yasaymiz.
Aytaylik bitta darslikni ishlab chiqarishdagi sarf-xarajat 10 ming soʻmni tashkil qilsin. Hozirgina talab funksiyasi topilgan bozorda ushbu darslikni qanday bahoda sotish lozim? Buning uchun har bir kitobdan olingan daromadni talab qilingan darsliklar soni ga koʻpaytiramiz. Natijada har bir darslik uchun baho 30 ming soʻm qilib belgilanganda
Chiziqli regressiya tenglamasi ni qurish uchun, noma’lum va parametrlar topish formulalari quyidagicha:
;
Juft chiziqli regressiyada determinatsiya koeffitsiyenti - juft chiziqli korryelyatsiya koeffitsiyenti kvadratiga teng.
Chiziqli juft korrelyatsiya koeffitsiyenti – y va x belgilar oʻrtasidagi chiziqli bogʻliqlik zichligi koʻrsatkichidir.
Bu yerda - faktorning oʻrtacha kvadratik chetlanishi,
- natijaning oʻrtacha kvadratik chetlanishi.
Maksimal daromadga erishilishi va u 280 ming soʻmni tashkil qilishini koʻramiz. Bunda 20 ta potensial isteʼmolchidan 14 tasi, yaʼni 70% kitob uchun pul toʻlash imkoniga ega boʻladi.
Turli xil sarf-xarajatlarda maksimal daromad optimal ishlab chiqarish, potensial isteʼmolchilar soni quyidagicha jadvalda keltirilgan.
Shuni taʼkidlash kerakki, ulgurji baho 10 ming soʻmga oshganda, chakana baho bor yoʻgʻi 5 ming soʻmga oʻzgarishi koʻproq daromad berar ekan.
Jadvaldan koʻrinib turibdiki sarf-xarajatlarning oshib borishi bilan optimal ishlab chiqarish kerak boʻlgan darsliklar soni kamayapti va har bir darslikning bahosi ortib borayapti. Sarf xarajatning 5 ming soʻmga oʻzgarishi, darslik bahosini oʻzgarishiga olib kelishi ham, olib kelmasligi ham mumkin. Talab funksiyasini mikrostrukturasi shunda namoyon boʻladiki – bahono unchalik katta boʻlmagan miqdorda oʻzgarishi, isteʼmolchilarning juda katta guruhlarini sotib olishdan voz kechishiga olib kelishi mumkin, bu esa foydaning kamayishiga olib keladi.
Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchi uchun soliqlarning oshirilishi natijasida tovar narxining oshirilishi, ishlab chiqaruvchi hamma yukni isteʼmolchiga tashlaydi deyish notoʻgʻri fikr. Ishlab chiqaruvchi ham talabni kamayishi, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini kamayishi hisobiga zarar koʻradi. Iqtisodiyot nazariyasiga qonunlariga koʻra soliq oshirilishi oqibatlarini ishlab chiqaruvchi ham, isteʼmolchilar ham boʻlib olishadi.
Shunday qilib sarf-xarajatlar inflyatsiyasi iqtisodiyotga taʼsiri aynan mana shunday. Shuni taʻkidlash lozimki bozor tuzilmalari barcha isteʼmolchilarni qondirish imkoniyatiga ega emaslar, chunki bu foydali emas. 20 ta soʻrov oʻtqazilgan isteʼmolchilardan faqat 14 tasi 70% gina minimal sarf-xarajatlar boʻlgandagina ushbu darslikni sotib olish imkoniyatiga ega boʻlar ekanlar. Agar jamiyat barcha fuqarolarni biror narsa bilan taʼminlashni xoxlasa, u holda uni tekinga tarqatish lozim, masalan maktablarda oʻquv darsliklari tekin tarqatilganidek.