Tovarlar va ularning xususiyatlari



Yüklə 17,52 Kb.
səhifə1/3
tarix05.06.2023
ölçüsü17,52 Kb.
#125118
  1   2   3
2 5204201379958101937


Tovarlar va ularning xususiyatlari
Reja
1. Tovar- nima ? va ular haqida umumiy tushuncha
2. Tovar sifati va qiymati
3. Iste’mol tovarlarining turkumlanishi va assortimenti

Tovar- nima ? va ular haqida umumiy tushuncha

Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning


xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga tarif berishda ham
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov
tarifiga kwra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida
ayirboshlashga mwljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».22
Bundan kwrinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.

V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «nemat» va


«tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy nematning
maxsus shakli bwlib hisoblanishi kwrsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash
uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy nemat».23 Bu va boshqa qator
olimlarning fikrlari asosida takidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va
qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki,
boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (istemol qiymatga) va almashuv
qiymatiga ega bwlgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki
xizmatlardir.
Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir
ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini
mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bwlib,
u istemol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.
Buyumning istemol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U
shaxsiy istemol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–
bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm
maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini
aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan, yani
hech kim bilan aloqasi bwlmagan wrmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir wzi
qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qwllaydilar. Xolbuki, tovar
ayirboshlash jamiyat azolari wrtasida, gavjum bozor qatnashchilari wrtasida sodir
bwladi. Ular naflilikning negizida obektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat
ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, twgrirogi naflilik aniq mehnat
bilan tabiat ashyosining xususiyatlari wzgartirilishi natijasida vujudga kelishini
wylab ham wtirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bwlgan yoki inson mehnati
bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bwlavermaydi. Masalan,
jamiyatga 100 dona soat zarur bwlgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi
uning 20 donasining nafsiz bwlishiga olib keladi. Yani, jamiyat uchun zarur bwlgan
100 dona soatgina naflilikka ega bwladi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha
ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka
aytiladi.
Har bir tovar malum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining wz
ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, yani
tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy
naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy
naflilikni, yani jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda
shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy
zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga
ayirboshlanish qobiliyatiga ega bwlganligi uchungina wzining yaratuvchisini
qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini
oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx kwrsatkichi almashuv qiymatini yaqqol
kwrsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan kwplab nematlar masalan, buloq
suvlari, yovvoyi daraxt mevalari malum naflilikka ega bwladi. Lekin ular har doim
ham tovar bwlavermaydi. Masalan, bu nematlar wsha joyning wzidan olinib,
istemolchi tomonidan istemol qilinsa tovar hisoblanmaydi.
Nematlar tovar bwlishi uchun, ular ayirboshlashga mwljallangan, malum mehnat
sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bwlishi zarur.
Shunga kwra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, wz istemoli uchun
emas, balki boshqalarning istemoli uchun bozorga sotish maqsadida
tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy
tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi
naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg
donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida
ularning almashuv qiymati ifodalanadi.
Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1
hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular
malum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy
xususiyatlaridan birortasi – ogirligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bwla
olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur
sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil
tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bwlib, ular miqdoriy wlchamga ega
emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy,
yagona biron-bir narsa bwlishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni
yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Bu wrinda swz mehnatning muayyan, aniq turlari twg`risida bormaydi
Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq istemol qiymatlarining
xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar wlchovdosh bwlishining boisi shuki,
bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, yani inson kuchi, miyasi,
mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson
mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va wlchovdoshdir. Tovarda
mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar
ayirboshlaganda kwrinadi, shuning uchun almashuv qiymati (yani istemol
qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bwlib, uning ichki mazmunini
tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini
tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib kwrsatilishida namoyon
bwladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (kwpincha qisqacha qilib
«ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir.
Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, wz
xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi
mumkin. Endi ularni boshqa kwrsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir
tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».24 Tovarning wzi esa ikki
tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu wrinda takidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi
tarif bazi hollarda iqtisodchilar tomonidan ywl qwyiladigan yanglish fikrlardan
ham holi emas. Yani, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan
ayniylashtirilishini u tomonidan ywl qwyilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab
chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bwlib, miqdor jihatidan undan kamdir.
Ishlab chiqarish xarajatlari twgrisida keyingi boblarda twxtalamiz).
Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan
hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish
sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi
wrtacha bwlgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bwlgan
ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va
murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi.
Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat kwpaytirilgan yoki darajaga
kwtarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi
murakkab mehnat kwp miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Tovarning ikki xil xususiyatga ega bwlishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi
mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi
aniq mehnatdir. Shuning uchun, istemol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat
deb nom olgan.


Yüklə 17,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin