- 3 -
TOVUSH:
Tovush bizning quloqlarimizga hech qachon bir ondayoq yetib kelmaydi. Biz
uni eshitgunimizcha, u o‘z manbasidan boshlab qandaydir masofada yo‘l bosib o‘tadi.
Tovush tezligi sharoitga qarab tez o‘zgarishi mumkin. Masalan haroratga bog‘liq
ravishda.
Barchamiz
olis-olislarda chaqnagan
chaqmoqning yarq etib butun osmonni yoritib
yuborganini ko‘p kuzatganmiz va
albatta
ko‘pchiligimiz uning o‘zini (yani yorug‘ligini)
shu zahotiyoq ko‘rganimiz, lekin gumburlagan
vahimali tovushini ancha kech eshitganimizga
allaqachon, bolalik chog‘larimizdayoq e’tibor
berganmiz.
1-rasm Masalan, chaqmoq bizdan 5 km narida chaqqan
deb tasavvur qilaylik. Bu holatda undan chaqnagan yorug‘lik tahminan 1/60000
soniyada ko‘zlarimizga
yetib keladi, deyarli shu zahotiyoq biz uni ko‘ramiz. Ammo
uning tovushi shu 5 km masofani 3 soniyada 1 km dan bosib o‘tib, tahminan 15
soniyadan keyin quloqlarimizga yetib keladi.
Kechikishni qisqa masofalarda ham sezish mumkin. Masalan, 100 metr narida
urilayotgan bolg‘a zarblarining tovushi zarbaning o‘zida
soniyaning uchdan biriga
kech qolib eshitiladi. Havodagi tovush tezligi harorat ortishi bilan tezlashadi. Quruq
havoda va 0 ºС haroratda tovush tezligi 331.5 metr/soniyani, 20 ºC
haroratda esa,
343,1 metr/soniyani tashkil qiladi. Balandlik ortishi bilan tovush tezligi kamayadi.
Chunki balandlik ortishi bilan atmosfera havosi zichligi tobora siyraklashib boradi.
Suyuqliklarda va qattiq jismlarda tovush yana ham tezroq tarqaladi. Dengiz
sharoitida uzoqdagi portlash ovozi ikki marotaba eshitiladi: birinchisi suvdan tarqalgan
tovush to‘lqinlari hisobiga, ikkinchisi esa havodan keladi.