Chiqindi idishlari atrof muhitga zararli bo’lgan chiqindilarni to’plash va aholining maishiy axlatlarini o’zida saqlab turish vazifasini bajaradi. Shuningdek u chiqindi yig’uvchi xizmatiga ham bir muncha qulayliklar yaratadi.
Urbanizatsiya va aholi soni oshishi hisobiga iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyoj keskin ko’tarilib ketdi. Bu esa o’z navbatida chiqindilarning ko’payib ketishiga olib keldi. Eng murakkabi esa qayta ishlatib bo’lmaydigan va ekologiyaga jiddiy xavf tug’diruvchi axlatlarning ko’payishidir. Ayniqsa jamoat joylarida bu chiqindilarning to’planib qolishi odamlar salomatligiga jiddiy xavf tug’diradi.
Jamoat joylarida ayniqsa odamlar to’planadigan bekatlarda chiqindi idishlarini ko’proq va kattaroq bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Sababi odamlar agar yaqin atroflarida chiqindi idishlarini topa olmasalar yerni o’ziga axlatlarini tashlab ketaveradilar. Bu esa ekologik muhitga zarar keltiradi. Gigiyenik tarafdan ham juda kata muammolarni yuzaga keltiradi.
Chiqindilarni yeg’ish tizimi
Chiqindi idishlarining dizayni uslubi ko’cha muhiti bilan hamohang bo’lishi kerak.