Tuproq eroziyasi I. Kirish II



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü1,65 Mb.
#37569
  1   2   3   4   5
Azamov Alimardon kurs ishi


Tuproq eroziyasi

I. Kirish

II.1. Tuproq eroziyasining sabablari.

2. Tuproq eroziyasining turlari.

3. Tuproq eroziyasifa qarshi kurash.

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish

TUPROQ — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (q. Tuproq unumdorligi). T. ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklarva hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.

Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt utishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimita va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz mikdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi(gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak katlam — T. paydo boʻladi. Iklim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning Tuproq hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos Tuproq tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol Tuproq, dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T. lar va b (q. Tuproq zonasi).

Odamning xoʻjalik faoliyati qam Tuproq hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va b. bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda Tuproq hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.

Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli Tuproq lardagina emas, balki bir Tuproq tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. Tuproq qattiq qismini mineral moddalar tashkil kiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar Tuproq massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliklarning umumiy yigʻindisi Tuproq gʻovakligi deyiladi. Tuproq gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli Tuproqning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostrukturaelementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. Tuproqning mineral qismidagi govakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik Tuproqning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda Tuproqning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — pguproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda Tuproqning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. Tuproq tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosferayogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va b. bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. Tuproq dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqsori deyarli teng.

Tuproqning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, Tuproq tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.

Tuproqning solishtirma massasi maʼlum hajmli Tuproq qattiq qismi ogʻirligining 4° da olingan xuddi shunday hajmdagi suv ogʻirligiga boʻlgan nisbati bilan belgilanadi. Tuproq mineral qismlarining solishtirma massasi mineralogik tarkib va undagi organik moddalar tarkibiga bogʻliq (2,50 — 2,80 g/sm3 gacha boʻladi). Krvushmasi buzilmagan Tuproq zichligi deb tabiiy holatdagi 1 sm3 Tuproq ogʻirligining gramm hisobidagi vazniga aytiladi va Tuproqning gʻovakligi va qattiq fazaning oʻrtacha zichligi bilan belgilanadi. Unumdorlik darajasini belgilovchi tuproqning kimyoviy tarkibi, fizikkimyoviy, fizikmexanik va b. xususiyatlari maʼlum darajada undagi singdiruvchi kompleks tabiati va tarkibiga bogʻliq. Tuproqning ana shu singdiruvchi kompleksi xususiyatlariga qarab yerlarni yaxshilash tadbirlari belgilanadi.

Tuproqning tirik tarkibiy kismi tuproq mikroorganizmlari(q. Mikroflora), umurtqasiz hayvonlarning koʻpgina guruhlari — eng sodda hayvonlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, hasharotlar vakillaridan hamda yerni oʻyuvchi umurtqalilar (yumronqoziq, sichqon, kalamush) va h. k. dan tashkil topgan.

Moddalarning tabiatda aylanishi hamda qayta joylanishi asosida Tuproq morfologiyasi, tarkibi va xususiyatlari profil boʻylab yuqoridan pastga tomon maʼlum qonuniyatga binoan oʻzgarib boradi va tuproq gorizontlarining navbat bilan almashinishida namoyonboʻladi. Shuning uchun bu jarayonlarni bilmay turib insonning hayot kechirish muhitini tashkil etuvchi omillardan biri boʻlgan Tuproq qoplamidan notoʻgʻri foydalanish tuprok eroziyasiga, uning shoʻrlanishi va botqoqlanishiga olib keladi. Tuproqning ifloslanishini kamaytirish uchun qishloq xoʻjaligi. da pestitsidlardan foydalanish qoidalari joriy qilingan. Tuproqshunoslik qishloq xo‘jalik fanlarning negizi bo‘lib, tuganmas boylik va kerakli xom ashyo yetishtiradigan manba-tuproq haqidagi fandir.Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi-yer, tuproq bioqatlamining barqarorligi va ekologik holatini saqlab turishda ham kata rol o‘ynaydi. Bo‘lajak agronom-tuproqshunos va agrokimyo mutaxassisligi uchun ishlayotgan xo‘jalik tuproqlarini batafsil o‘rganishi va unumdorligini oshirish tadbirlarini yaxshi bilishi kerak.Tuproqshunoslik-tuproq haqidagi Fan bo‘lib tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi va geografik tarqalishi qonunlari o‘rganadi.Tuproq va uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar qadimgi davrlardan boshlab, dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Bu Fan XIX asr oxirlarida rus olimlaridan V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, N.N.Sibirsev, V.P.Vilyams g‘oyalari tufayli shakllandi va rivojlandi. V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo bo‘lish omillari to‘g‘risidagi ilmiy nazariyani yaratdi va tuproq tushunchasiga ta’rif berib, tuproq deganda, suv, havo hamda tirik va o‘lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda tog‘ jinslarining yuzasining tashqi gorizontlariga aytiladi.Tuproq o‘zining kelib chiqishi bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. V.V.Dokuchayev ko‘rsatilishicha, yer yuzidagi barcha tuproqlar mahalliy ilm o‘simlik va hayvonot organizmlari, ona tog‘ jinslarining tarkibi va tuzilishi maydonning relef iva biologik yoshi kabilarning murakkab ta’siri natijasida paydo bo‘lgan. Tuproqshunoslik fanining asoschilaridan biri N.M.Sibirsev, V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi g‘oyalarini rivojlantirib tuproq haqidagi tushunchaga o‘zining ayrim fikrlarini kiritdi. Uning tuproqqa bergan ta’siri «Tabiiy tuproqlar deganda, qit’alarning yuza qismi hosillari yoki tog‘ jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi ekodinamik hodisalar, shu qatlamgacha kirib borpayotgan organizmlarning ta’siri yoki biosferaning tarkibiy qismlaridan yuzaga kelgan jarayonlarning o‘zaro birgalikdagi ta’siri tufayli kechadi. P.A.Kostyachev tuproqning hosil bo‘lishida biologik omillar, ayniqsa

o‘simliklar olami roliga alohida e’tibor beradi va «Tuproq deb, o‘simliklarning ildizlari chuqur kirib boradigan yer yuzasining ustki qatlamini tushunish kerak». Tuproqshunoslik Fani tabiiy ilmiy Fan sifatida geologiya, mineralogiya, fizika, Kime, mikrobiologiya kabi fanlar Bilan bog‘liq holda tuproqni o‘rganadi va rivojlanadi. Tuproqning qattiq fazasi mineral va organik moddalardan tashkil topgan. Tuproqning mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 % ni tashkil etib, torfli tuproqlarda esa 1-10 % dan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘ladi.Litosferadagi yerning qattiq qobig‘i – magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinslardan tashkil topgan. Litosferadagi erigan magma chuqur qatlamlarda yuqori bosim natijasida intruziv (granitlar, silvinitlar, dioritlar va boshqa) jinslarga hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida effuziv (bazaltlar, porfiritlar, tuflar) kabi jinslarni tashkil qiladi.

Tuproq millionlab tirik organizmlar uchun «yashash makoni» va «ishxonasi»dir. Ma`lumotlarga ko`ra bir gramm tuproqda 1,5 milliongacha oddiy mikroorganizmlar yashar ekan. Bir gektar maydondagi tuproqda mayda umurtqasiz hayvonlar soni 12,5 milliondan 2 milliardgacha etar ekan. Bunday xilma–xil va juda ko`p miqdordagi organizmlar tuproqda nafaqat yashaydilar, balki organik moddalarni mineral moddalarga aylantiradilar, tuproqning donadorligi, g’ovakligi, namlikning harakat qilishi tuproq energiyasining yuzaga kelishida xizmat qiladi.

- Tuproq sanitar vazifasini o`tovchi «do`xtirxona»dir. Chunki u yuzasiga tushgan yoki tarkibiga kirgan shox-shabba, barg, o`t-o`lan, o`lgan jonzodlar, ya`ni organik moddalarning atrof-muhitga zararli hid va kasal tarqatishining oldini oladi. Tuproq o`z «oshqozon»ida ularni tezda mineral moddalarga va gumus (chirindi)ga aylantirib yuboradi.

- Tuproq o`simliklarning «oshxona»sidir. Chunki tuprqdagi tirik organizmlar ularga «emishlik» sifatida organik moddalarni parchalab, mineral moddalar (azot, fosfor, kaliy, magniy, kalsiy, va boshqalar), gumus kislotalari, tuzlar, oqsillar va boshqa element va birikmalar bilan ta`minlaydi. Tuproq suvning kichik va katta aylanishini bir me`yorda ta`minlaydi. Chunki tuproq g’ovaklgi, chirindiga boyligi Bilan sug’orma suvlarni yoki atmosferadan tushgan yog’inlarni to`playdi va uzoq muddat ushlab turadi. Bug’simon (par) suvlarni kondensatsiyalab (to`yintirib) oddiy suvga aylantirib beradi. Tuproq, tog’ jinslaridan farqli, hech qachon o`zida me`yoridan ortiq suvni ushlab turmaydi. Ortig’ini esa pastga o`tkazib yoki bug’-lantirib yuboradi. Agarda o`zida nam kam bo`lsa, rastki qatlamdan kappilyar naylar orqali tepaga tortadi.

Tuproq havosi atmosfera havosini mo`tadillashtirib turadi. Qorbonat angidridning birikishi va atmosferaga qaytishi, azot, kislorod va vodorodning to`planishi, oksidlanishi va denitrifikatsiya kabi jarayonlarni amalga oshiradi.

Tuproq «konditsioner» dir. Chunki u quyosh energiyasini yutadi va issiqlikni bir tekisda pastga tomon taqsimlaydi. Mo`tadil temperaturani qishda ham, yozda ham ushlab turushni ta`minlaydi. Tuproq qancha unumdor bo`lsa, unda issiqlik rejimi bir me`yorda ushlab turiladi.

O’zbekiston Yer kurrasidagi eng qadimiy va obod o’lkalardan biri bo’lib, ming yillar muqaddam uning o’rnida buyuk davlatlar, gavjum shaharlar, mustahkam qal’alar, bog`lar, ilm-fan maskanlari bo’lgan.

2013-yil Obod turmush yili deb nomlanishi yoshlarning jismoniy va ma’naviy sog`lom o’sishi, oilani muqaddas bilishi, qadrlashi ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg`un rivojlangan insonlar bo’lib yetishi yo’lida barchamizdan aniq maqsadga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni talab etadi.

Xullas, o’lkamiz har jihatdan ham kishilarni hayratga soladi, ularni maftun etadi. Unyng tabiati, boyliklari, ko’rkam vodiylari, kamyob o’simliklariyu hayvonlari ko’pchilikni qiziqtiradi.

O’zbekiston — baland tog`lar va so’lim bog`lar o’lkasidir. Uning sharqiy qismi Tyanshan va Oloy tog` tizmalari bilan o’ralgan. Bu tog`lar respublika territoriyasida g`arb va janub tomonga pasaya borib, tekislikka tutashadi.

Mazkur tog`lar O’rta Osiyoni egallab yotgan qadimgi dengizlar o’rnida bundan taxminan 280—300 million yillar ilgari paydo bo’lgan deb taqmin qilinadi.

Tyanshan tog` tizmasidagi Qorjontog`, Piskom, Chotqol va Qurama tog`lari O’zbekiston territoriyasida bamisoli yelpig`ichdek taralib ketadi.

Farg`ona vodiysining atrofida esa Farg`ona, Oloy va Turkiston tizma tog`lari joylashgan.

Turkiston, Zarafshon va Hisor tog`larining g`arbiy qismi ham O’zbekiston territoriyasida davom etadi. Respublikamizdagi eng baland nuqta Hisor tizmasidagi cho’qqi, u okean sathidan 4,643 metr balanddir.

Tog` oraliqlaridagi vodiylarning barpo bo’lishi ham qiziq. Ular yer po’stining cho’kishi va daryolarning yer ustki qatlamini yuvib ketishi natijasida vujudga kelgan. Chirchiq, Ohangaron, Farg`ona, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarining go’zal jamoli bir-biridan qolishmaydi. Ta’riflashda tengi yo’q shirinshakar mevalarini yegan, orombaxsh bog`lariga kirgan kishi bu o’lkaning bir umr maftuni bo’lib qoladi. U yerlarda so’lim bog`lar, daraxtzorlar va o’tloqlar yal-yal yonadi.

O’zbekiston hududining katta qismi — g`arbiy va shimoli-g`arbiy tomoni tekislikdan iborat. Bular Turon pasttekisligining bir qismi bo’lib, o’tmishda sayoz dengizdan iborat edi. Mazkur pasttekislikda botiqlar ham mavjud. Ana shular orasida Mingbuloq botig`i xarakterli bo’lib, u okean sathidan 12 metr pastdadir. Respublikaning tekislik qismi cho’ldan iborat. Ularning eng yirigi Qizilqumdir. Uning sharqi va janubida esa Mirzacho’l, Dalvarzin, Qarnob, Qarshi, Qoraqalpoq va Yozyovon cho’llari joylashgan. O’zbekistonning shimoli-g`arbiy chekkasida bepoyon Ustyurt platosi yastangan. Unda atrofdagi tekisliklardan ko’tarilib turadigan tik jarliklar mavjud. 
Ishning maqsadi ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi Tabiatda o’simliklar qoplamining taqsimlanishida va osimliklar hayotida tuproqning ahamiyati, hamda tuproqlarning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berishdir.

O’quvchilarda atrof-muhitga bo’lgan munosabatni paydo qilishda ta’limning o’rni beqiyosligini nazarga olib qaraganda o`quvchilarga Tabiatshunoslikka oid fanlarning o’qitilishi, o’qitishning samarador shakllarini qo’llash va ular yangi pedagogik texnologiyalar asosida bo’lishi kerak.




Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin