Tur osiyo (TO’qay) chigirtkasi – Losusta migrotoria L



Yüklə 11,4 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü11,4 Kb.
#210986
Tur






Tur - OSIYO (TO’QAY) CHIGIRTKASI – Losusta migrotoria L.
oila - chigirtkalar - Asrididae
turkum - to’g’ri qanotlilar - Orthortera
Chigirtkalar shuningdek to’qay chigirtkasi to’liqsiz o’zgaruvchan hasharotlar jumlasiga mansub bo’lib, tuxum, lichinka va imago bosqichlarida rivojlanadi. Lichinka va imagolik bosqichida turli oilaga mansub qishloq xo’jaligi ekinlarini kemirib oziqlanadi.
To’qay chigirtkasining erkagi 6-7 sm, urg’ochisi 7-7,5 sm uzunlikda bo’ladi. Gala yashaydiganlari ko’kish qo’ng’ir yoki sarg’ish, yakka yashaydiganlari yashil rangda bo’ladi.
To’qay chigirtkasi tuxumlik davrida daryo va ko’l yoqasidagi qamishzor hamda g’allasimon o’tpoyalarni tuprog’ida qishlaydi.
Lichinkalari O’rta Osiyoda aprelning ikkinchi o’n kunligida tuxumdan chiqa boshlaydi. Gala bo’lib yashaydiganlari bir yilda bir marta, yakka holda yashaydiganlari esa ikki marta avlod beradi.




Tur - MAROKASH CHIGIRTKASI - Dosiostavrus marossanus.
oila - chigirtkalar - Asrididae
turkum - to’g’ri qanotlilar - Orthortera.
Erkak chigirtkalarning uzunligi 2-3,5 sm, urg’ochilariniki 2,5- 4,2 sm keladi. Marokash chigirtkasi jigar rangda bo’lib, ko’kragining old qismida X harfiga o’xshash oqish hoshiyasi bor. Ko’zachasi 2,5-5 sm keladi.
Marokash chigirtkasi tuxumlik davrida ko’zacha ichida cho’l va tog’ oldidagi yerlarda qishlaydi. Lichinkalari tuxumdan aprelning birinchi yarimida chiqa boshlaydi. Bir yilda bir marta avlod beradi. Lichinka va imago bosqichida qishloq xo’jalik ekinlarini kemirib zarar yetkazadi.




Tur – DALA CHIRILDOG’I – Asreta deserta Pall.
oila – chirildoqlar – Tettigoniidae
turkum – to’g’riqanotlilar – Orthortera
Dala chirildog’i erkagining uzunligi 10-16 mm, urg’ochisiniki 12-20 mm keladi: tanasi qora rangda bo’lib, kulrang tukchalar bilan qoplangan. Uchinchi juft oyoqlari chigirtka va boshqa chirildoqlarga o’xshab sakrashga moslashgan.
Qanot ustligi qorinchasining, uchiga yetib, qanotlari esa ikkita o’siqcha shaklida qanot ustligining tagidan chiqib turadi. Qanot o’simtalaridagi tomirlar urg’ochilarida to’g’ri to’qilgan to’r, erkaklarida esa qanot uchlarining asosiy yarmida egri bugri to’r hosil qiladi. Urg’ochilarida ingichka tuxum qo’ygichi aniq qo’rinib turadi, tuxumi oq yaltiroq tusda, uzunligi 3,5 mm, eni 1 mm keladi.




Tur – Turkiston chertmakchisi Agriotes metisulosus Sond
oilasi – chertmakchilar(simqurtlar)Elateridae
turkum – qattiqqanotlilar – Soleortera
Qarsildoq qo’ng’izlarning tanasi cho’zinchoq, yassiroq, ko’kragining oldingi qismi o’siqchalar shaklida cho’zilib turadi. Bu qo’ng’iz chalqanchasiga ag’darilib qolsa, to’g’rilab olish uchun ko’kragining oldingi o’siqchasini yerga urib yuqoriga sakraydi va shu paytda qarsillagan ovoz chiqadi.
Qarsildoq qo’ng’iz lichinkalari (simqurtlar)ning tanasi uzunchoq bo’lib, sariq rangli tanasi qattiq xitin bilan qoplangan. Bosh qismi yassi, uch juft bir xildagi oyoqlari mavjud.
Qarsildoq qo’ng’izlari hammaxo’r bo’lib, simqurtlari ekilgan urug’larni, yosh o’simlik ildizchalarining, poyaning yer osti qismlarini shikastlaydi. Qarsildoq qo’ng’izlarning ba’zi turlari imago va lichinka bosqichida, ba’zi turlari esa lichinka bosqichida tuproqda qishlaydi.
Yüklə 11,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin